O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulug`bek nomidagi o`zbekiston milliy universiteti



Download 39,65 Kb.
bet1/2
Sana17.07.2022
Hajmi39,65 Kb.
#818289
  1   2
Bog'liq
Kurs ishi Marjona


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
MIRZO ULUG`BEK NOMIDAGI
O`ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI
JURNALISTIKA FAKULTETI FILOLOGIYA VA
TILLARNI O`QITISH (O`ZBEK TILI) YO`NALISHI
3-BOSQICH 316-GURUH
YANGI DAVR O`ZBEK ADABIYOTI” fanidan
KURS ISHI


MAVZU: Behbudiyning “Padarkush” dramasi

Bajardi: Boymurodova Marjona
Tekshirdi: Ra'no Mullaxo`jayeva
TOSHKENT – 2021

Behbudiyning “Padarkush” dramasi

Mundarija



Kirish
I.BOB “PADARKUSH” DRAMASI: ILMSIZLIK FOJEASI
1.1. Teatr — ibrat uyi
1.2. Mahmudxo‘ja Behbudiyning "Padarkush" dramasi
II.Asosiy qism. «PADARKUSH» DRAMASI HAQIDA
2.1. Mahmudxo‘ja Behbudiyning "Padarkush" asarining adabiyotdagi o‘rni
2.2. Birinchi o‘zbek dramasi
2.3.Asardagi shaxslar va qahramonlar obrazi – qiyofalari talqinida badiiylik unsurlari.
2.4. “Padarkush” asarining badiiy xususiyatlari.
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar.

Kirish:


O‘tgan bir asr davomida yoshlarimizning ta’lim-tarbiyasiga ijobiy tomondan o‘tkaza oladigan, tarix zarvaraqlariga muhrlangan bir qancha pyesa, spektakllar yaratildi. Albatta, teatr — ibrat uyi. Mazkur san’atning jozibasi ham uning jonliligidadir, desak xato bo‘lmaydi. Behbudiy matbuotimiz tarixida maqolanavis sifatida alohida mavqega ega. Uning hozircha aniqlangan maqolalarining soni 300 ga yetadi. Ular xilma-xil mavzuda. Ilk maqolalaridayoq kommunistik mafkurani keskin rad etgan, „xayoliy“, „bu toifaga qoʻshulmoq biz, musulmonlar uchun nihoyatda zararlik“ deb yozgan edi („Xayrul umuri avsatuho“ — „Ishlarning yaxshisi oʻrtachasidir“, „Xurshid“ gazetasi 1906-yil, 6son). Oʻzlikni anglashni muhim biladi. "Qabilasini(ng) ismini va yetti otasining otini bilmaydurgonlarni "qulq „marquq“ derlar", deb yozadi („Sart soʻzi majhuldur“, „Oyna“ jurnali, 1914, № 23). 1917-yilning oxiri 1918-yilning boshlarida jadidlar qurgan ilk demokratik davlatchilik namunasi Turkiston muxtoriyatining taqdiri hal boʻlayotgan bir paytda oʻlka xalqlarini birlikka chaqiradi. Behbudiy 1914-yilda „Samarqand“ gazetasini chiqaradi. Gazeta oʻzbek va tojik tillarida, haftada 2 marta chop etildi. 45-soni chiqqach, moddiy tanqislik tufayli nashr toʻxtadi. Shu yil 20-avgustdan u „Oyna“ jurnali chiqara boshladi. Haftalik, suratli bu jurnal asosan oʻzbekcha boʻlib, sheʼr, maqola (forscha), eʼlonlar (ruscha) ham berib borildi. Jurnal Kavkaz, Tatariston, Eron, Afgʻoniston, Hindiston, Turkiyagacha tarqaldi. Behbudiy kitob nashrini ham yoʻlga qoʻyadi. Fitratning „Bayonoti sayyohi hindi“sini ruschaga tarjima qildirib bostirdi (1913).
Ana shu boqiy san’atning eng sara asarlaridan biri 1914 yilda Mahmudxo‘ja Behbudiy tomonidan yozilgan “Padarkush yoki o‘qimagan bolaning holi” dramasi hisoblanadi. Mahmudxo‘ja Behbudiy mazkur 3 parda, 4 manzarali sahna asarini 1911 yilda yozib tugatgan. O‘tgan bir asr davomida yoshlarimizning ta’lim-tarbiyasiga ijobiy tomondan ta’sir o‘tkaza oladigan, tarix zarvaraqlariga muhrlangan bir qancha pyesa, spektakllar yaratildi. Albatta, teatr — ibrat uyi. Mazkur san’atning jozibasi ham uning jonliligidadir, desak xato bo‘lmaydi. Ana shu boqiy san’atning eng sara asarlaridan biri 1914 yilda Mahmudxo‘ja Behbudiy tomonidan yozilgan “Padarkush yoki o‘qimagan bolaning holi” dramasi hisoblanadi. Oradan qirq kun o‘tib, ya’ni 1914 yilning 27 fevralida Toshkentdagi “Turon” truppasi ushbu asarni sahnaga olib chiqib, tomoshabinlarga taqdim etadi. Yana Miyon Buzrukning so‘zlariga ko‘ra, “Padarkush”ni sahnaga qo‘yish uchun hozirlik 1913 yilning dekabr oyidan boshlangan bo‘lib, bu yo‘lda jadid muallimlaridan Abdulla Avloniy, Muhammadjon qori, Nizom Xo‘jayev, Shokir Rahimiy va boshqalar jiddiy kirishadilar.
Gʻulom Zafariyning “Bu spektaklni o‘ynashda kavkazlik o‘rtoqlarimizdan Aliasqar Asqarovning katta yordami tegib, teatrni o‘ynamoq usullarini ko‘rsatib, rejissyorlik qildi”, deya ma’lumot bergani tarixiy manbalarda qayd etilgan.
Shunday qilib, 1914 yilning 27 fevral kuni o‘zbek teatr san’atining tug‘ilish sanasi sifatida tarixga muhrlandi. Shu kuni Toshkentning yangi shaharidagi “Kolizey” teatrining 2000 kishiga mo‘ljallangan tomoshaxonasi kech soat 19:00 da tomoshabinlar bilan limmo-lim to‘ldi. Spektakl boshlanishidan avval Munavvarqori Abdurashidxonov otashin nutq so‘zladi. Tarix sahifalarini varaqlar ekanmiz, “Padarkush” pyesasining Toshkent truppasi tomonidan sahnalashtirilishi kutilgandan ko‘ra a’loroq natija berganini bilib olishimiz mumkin. Bunday olamshumul voqea o‘sha davr matbuotida keng yoritildi. Unda bir boyning o‘qimagan bolasi buzuq yo‘llarga kirib, o‘z otasining o‘limiga sababchi bo‘lgani achchiq hikoya qilingan. “Padarkush” asari XX asr boshlarida Turkiston xalqlari hayotining eng dolzarb muammolari mavzuida yozilgan bo‘lib, u jadidchilik mafkurasining dasturi sifatida ma’rifatparvarlikning tub siyosiy va ijtimoiy maqsadini ifodalagan. Muallif bu pyesada jadidlarning Turkistondagi ijtimoiy tuzum, mustamlaka zulmiga bo‘lgan munosabatlarini boy va uning o‘qimagan o‘g‘li misolida tasvirlaydi.
Chindan ham Mahmudxo‘ja Behbudiyning “Padarkush” dramasida ma’rifatparvarlarning ijtimoiy-ma’rifiy g‘oyalari o‘z ifodasini topgan. Asarda boyning “boylik turganda ilm-ma’rifatning keragi yo‘q” qabilida ish tutib, o‘g‘li Toshmurodni takasaltang, noshud qilib o‘stirganligi haqida so‘z boradi. Boy ilmning afzalligi haqida gapirgan domla hamda taraqqiyparvar ziyolini jerkib tashlaydi. Voqealar rivoji Domla bilan Ziyoli fikrlarining naqadar to‘g‘riligini tasdiqlaydi. Pyesaning yakunida o‘g‘il sheriklari bilan o‘z otasini tunash uchun kelib, uning o‘limiga sababchi bo‘ladi.
Asar u qadar katta emas, syujeti ham sodda, biroq muallif unga teran ma’noni singdira olgan: ma’rifatdan, ilm nuridan yiroq boylar, ularning savodsiz jamiyatining yakuni shundaydir. Behbudiy millat bolalarining ilmsiz bo‘lib o‘sishlariga yo‘l qo‘ymaslik kerakligi, ularning ilmga intilishlarini qo‘llab-quvvatlash haqida jon kuydiradi. Dunyoviy ilmlarni diniy ilmlar bilan bir qatorda ko‘rishni ham farz, ham qarz deb biladi.
Pyesa ommaga shu qadar ta’sir qildiki, keyinchalik ko‘pchilik boylar ilm yo‘lida “usuli jadid” maktablarini ochishda mablag‘larini ham ayamadilar. Bu asar bir maktab, ibrat vazifasini o‘tadi: xalqni ogohlikka chaqirdi.
“Padarkush” 1911 yilda yozilib, 1913 yilda bosilib chiqqaniga qaramay, muntazam teatr guruhlari bo‘lmagani oqibatida ancha vaqtgacha sahna yuzini ko‘rmadi. Behbudiy kuyinib, bunday deb yozgan edi: “...o‘ynay turg‘on odam yo‘q, abaski, Turkistonda bekor odam yo‘qki, xalq uchun ishlasa. Va bekor kishi yo‘qki, teatr sahnasiga chiqib, masxarabozlik qilsa. (Chunki Turkistonda teatrni masxarabozlikdan ayirmadilar), qachonki masxarabozlik (artistlik) xizmatini zimmasiga oluvchi o‘n kishi topilsa o‘ynalur”.
Drama haqida ko‘pchilik o‘z fikrida yakdil e’tirof etgan narsa shu bo‘ldiki, bu sahna asari o‘zbek adabiyotida va teatr san’atida yangilik bo‘lib, u mazmuni baquvvat bo‘lgan, janr jihatidan birinchi yangi drama edi. Spektakl uch pardadan iborat bo‘lib, birinchi pardada Boy rolini Abdulla Avloniy, Domla rolini Ziyoboyev, Ziyoli rolini Asomiddin Xo‘jayev, Xayrullani Xoniy; ikkinchi pardada Davlatzo‘r rolini Xoniy, Nor Poshshoxo‘jayev, Tangriqul rolini Shoh Inoyatov, Boyvachchani Badriddin A’lamov, uchinchi pardada Boy xotinni Ziyoboyev, Domla rolini Husayniy janoblari, Pristav rolini Mirzaxonov ijro etganlari va ularning so‘zlari tomoshabinlarga kuchli ta’sir ko‘rsatib, xalq o‘rtasida ovoza bo‘lgani ham o‘sha davr matbuotida chop etiladi.
Birinchi ko‘rinish boyning (bu obrazni Abdulla Avloniy ijro etgan) serhasham xonada, bezatilgan dasturxondan tanovul qilib o‘tirgan holatda boshlanadi. Biroz o‘tib boynikiga Domla mehmon bo‘lib kirib keladi. Suhbat qurib o‘tirganlarida boyning o‘g‘li Toshmurod kirib kelib, otasidan sarf-xarajatlari uchun pul so‘raydi. Boy o‘g‘lining qo‘liga ko‘p miqdordagi pulni berib, til uchida: “Yomon joylarga bormanglar, uyga erta qaytgin”, deb nasihat qilgan bo‘ladi. Buning guvohi bo‘lgan Domla bu holatdan noroziligini ifoda qilib, buning o‘rniga bolani o‘qitish, bilim olishga undash lozimligini so‘zlaydi. Ilmning xosiyati va kelajak uchun foydali ekanini aytib, nasihat qiladi. Lekin boy o‘z mol-mulklarining behisobligini pesh qilib, davlatmand odamlarning bolalariga o‘qishga ehtiyoj yo‘q, degan javobni beradi. Xuddi shu suhbatga Yevropa rusumida kiyingan Ziyoli kirib keladi va munozaraga aralashadi. Aynan ana shu Ziyoli obrazi spektakl g‘oyasining ochilishida katta ahamiyat kasb etadi.
Oradan qirq kun o‘tib, ya’ni 1914 yilning 27 fevralida Toshkentdagi “Turon” truppasi ushbu asarni sahnaga olib chiqib, tomoshabinlarga taqdim etadi. Yana Miyon Buzrukning so‘zlariga ko‘ra, “Padarkush”ni sahnaga qo‘yish uchun hozirlik 1913 yilning dekabr oyidan boshlangan bo‘lib, bu yo‘lda jadid muallimlaridan Abdulla Avloniy, Muhammadjon qori, Nizom Xo‘jayev, Shokir Rahimiy va bosh qalar jiddiy kirishadilar.
Behbudiyning asar orqali ifoda etmoqchi bo‘lgan asosiy fikrlari, g‘oyalarini ochishda rejissyor aynan ana shu roldan foydalanadi. Spektakldagi mazkur obrazni Nizomiddin Xo‘jayev ijro etgan. Ziyoli N.Xo‘jayev boyga qarata: “Hozir yangi va boshqa bir zamondir. Bu zamonda ilm va hunarsiz xalqning boyligi ham qo‘ldan ketganidek, axloq va obro‘yi ham qo‘ldan chiqar, angladingizmi, boy?” deydi. Lekin boy uning so‘zlarini eshitgisi kelmagani sababli o‘zini uxlaganga soladi.
Spektaklning ikkinchi sahnasi ifoda vositalari yordamida o‘ta fojiali tarzda tasvirlangan. Bu sahnada boyning o‘g‘li Toshmurod otasining bergan pullari har qancha ko‘p bo‘lsa ham uning kayfu safosiga yetmagani sababli jinoyatchiga aylanishi hikoya qilinadi. Qahvaxonada ichkilik ichib, mast-alas, takasaltang o‘smirlar Toshmurodga o‘z otasining pulini o‘g‘irlashni maslahat beradilar.
Qahvaxona ko‘rinishidan so‘ng voqealar boyning hovlisiga ko‘chadi. Boy supada xurrak otib uxlab yotibdi. Bu holatni Abdulla Avloniy juda ishonarli ijro etadi. Toshmurod — Badriddin A’lamov uyga pusib kirib, Tangriqulga uy eshigini ochib beradi. Tangriqul rolini Shoh Inoyatov ijro etgan. U qo‘lida kalit, har ehtimolga qarshi temir asbob va pichoq bilan qurollangan. U asta yurib borib, sandiqni buza boshlaydi. Shu payt boy uyqudan uyg‘onib, dod sola boshlaydi. Qo‘liga tayoqni olib Tangriqulga tashlanadi. Voqeaning bunday tus olishini kutmagan Toshmurod bilan Tangriqul olishish jarayonida uni pichoqlab qo‘yadi. Ular pulni oladilar va Toshmurod otasini shu ahvolida tashlab, qahvaxonaga shoshiladi.
Ana shunday sahnani va kechayotgan voqealarni ko‘rgan tomoshabin farzandi tomonidan o‘ldirilgan boyning ahvoliga achinmaydi, balki bu voqeaning sababchisi uning o‘zi ekanini anglab etadi.
Sahna asarida bir to‘da boyvachchalar, qahvaxona xo‘jayini Artur va Lizaning o‘ta past, tuban kimsalar ekani yorqin ochib berilgan. Ana shunday jazavaga tushgan to‘da polisiya tomonidan qo‘lga olinadi.
Asar muallifi Mahmudxo‘ja Behbudiy va spektakl ijodkorlari o‘sha davrning bir qator katta muammolarini ko‘tarib chiqqanlar. Shulardan biri Turkistonni mustamlakaga aylantirganlar ta’sirida yomon illatlar ham kirib kelgani ko‘rsatib berilgan.
O‘sha davr matbuotiga asoslangan holda to‘la ishonch bilan aytamizki, spektakl juda katta muvaffaqiyat qozondi. “Oyina” jurnalining 1914 yil 22 mart sonida Fuzoil Joniboyevning “Toshkentda milliy teatr” nomli maqolasi e’lon qilinadi. Unda aktyorlar o‘z rollarini muvaffaqiyatli ijro etganlari, ayniqsa, A.Avloniy ijrosidagi boy obrazi to‘laqonli gavdalantirilgani ta’kidlab o‘tiladi. Shuningdek, “Turkiston viloyati gazetasi” ham spektaklga munosib baho beradi.
“Padarkush” asari hozirgi kunda ham nafaqat yoshlarimizning ta’lim-tarbiyasi va ma’naviy kamolotiga, balki kattalarning-da dunyoqarashiga ta’sir ko‘rsata oladigan drama sifatida o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan. Targ‘ibot-tashviqot ishlarida, turli tadbirlarda ushbu asar bilan bog‘liq muhokamalar va munozaralar o‘tkazilishi maqsadga muvofiqdir. Zero, o‘qimagan bolaning holi kelajakda qanday bo‘lishi “Padarkush”da to‘la namoyon bo‘lgan.
Pyesa ilk bor havaskorlar tomonidan 1914 yilning 15 yanvar kuni Samarqandning yangi shahar qismida namoyish etiladi. Adabiyotshunos olim Miyon Buzruk Solihovning yozishicha: “Ozarbayjonlik Aliasqar Asqarovning sahnani tartibga solishda ta’siri bo‘lgan. Hatto bu haqda uning rejissyorlik vazifasini bajarganini professor Abdulla Avloniy so‘zlagan edi”. Oradan qirq kun o‘tib, ya’ni 1914 yilning 27 fevralida Toshkentdagi “Turon” truppasi ushbu asarni sahnaga olib chiqib, tomoshabinlarga taqdim etadi. Yana Miyon Buzrukning so‘zlariga ko‘ra, “Padarkush”ni sahnaga qo‘yish uchun hozirlik 1913 yilning dekabr oyidan boshlangan bo‘lib, bu yo‘lda jadid muallimlaridan Abdulla Avloniy, Muhammadjon qori, Nizom Xo‘jayev, Shokir Rahimiy va boshqalar jiddiy kirishadilar.
Gʻulom Zafariyning “Bu spektaklni o‘ynashda kavkazlik o‘rtoqlarimizdan Aliasqar Asqarovning katta yordami tegib, teatrni o‘ynamoq usullarini ko‘rsatib, rejissyorlik qildi”, deya ma’lumot bergani tarixiy manbalarda qayd etilgan.Shunday qilib, 1914 yilning 27 fevral kuni o‘zbek teatr san’atining tug‘ilish sanasi sifatida tarixga muhrlandi. Shu kuni Toshkentning yangi shaharidagi “Kolizey” teatrining 2000 kishiga mo‘ljallangan tomoshaxonasi kech soat 19:00 da tomoshabinlar bilan limmo-lim to‘ldi. Spektakl boshlanishidan avval Munavvarqori Abdurashidxonov otashin nutq so‘zladi. Tarix sahifalarini varaqlar ekanmiz, “Padarkush” pyesasining Toshkent truppasi tomonidan sahnalashtirilishi kutilgandan ko‘ra a’loroq natija berganini bilib olishimiz mumkin. Bunday olamshumul voqea o‘sha davr matbuotida keng yoritildi. 1911 yildan dastlabki yozma milliy sahna asarlari yaratila boshlandi. Jumladan, Mahmudxo‘ja Behbudiyning “Padarkush yoki o‘qimagan bolaning holi”, A.Samadovning “Mahramlar”, Fitratning “Bir farangi bilan buxorolik bir mudarrisning qilgan munozaralari” fikrimizga dalildir.
Bular ichida Behbudiyning “Padarkush” dramasi g‘oyatda e’tiborli bo‘ldi. Asarning bosh g‘oyasi ma’rifatni targ‘ib etish bo‘lib, muallif o‘z asari janrini “fojia” deb atadi. Unda bir boyning o‘qimagan bolasi buzuq yo‘llarga kirib, o‘z otasining o‘limiga sababchi bo‘lgani achchiq hikoya qilingan. “Padarkush” asari XX asr boshlarida Turkiston xalqlari hayotining eng dolzarb muammolari mavzuida yozilgan bo‘lib, u jadidchilik mafkurasining dasturi sifatida ma’rifatparvarlikning tub siyosiy va ijtimoiy maqsadini ifodalagan. Muallif bu pyesada jadidlarning Turkistondagi ijtimoiy tuzum, mustamlaka zulmiga bo‘lgan munosabatlarini boy va uning o‘qimagan o‘g‘li misolida tasvirlaydi.
Chindan ham Mahmudxo‘ja Behbudiyning “Padarkush” dramasida ma’rifatparvarlarning ijtimoiy-ma’rifiy g‘oyalari o‘z ifodasini topgan. Asarda boyning “boylik turganda ilm-ma’rifatning keragi yo‘q” qabilida ish tutib, o‘g‘li Toshmurodni takasaltang, noshud qilib o‘stirganligi haqida so‘z boradi. Boy ilmning afzalligi haqida gapirgan domla hamda taraqqiyparvar ziyolini jerkib tashlaydi. Voqealar rivoji Domla bilan Ziyoli fikrlarining naqadar to‘g‘riligini tasdiqlaydi. Pyesaning yakunida o‘g‘il sheriklari bilan o‘z otasini tunash uchun kelib, uning o‘limiga sababchi bo‘ladi. Asar u qadar katta emas, syujeti ham sodda, biroq muallif unga teran ma’noni singdira olgan: ma’rifatdan, ilm nuridan yiroq boylar, ularning savodsiz jamiyatining yakuni shundaydir. Behbudiy millat bolalarining ilmsiz bo‘lib o‘sishlariga yo‘l qo‘ymaslik kerakligi, ularning ilmga intilishlarini qo‘llab-quvvatlash haqida jon kuydiradi. Dunyoviy ilmlarni diniy ilmlar bilan bir qatorda ko‘rishni ham farz, ham qarz deb biladi.
Pyesa ommaga shu qadar ta’sir qildiki, keyinchalik ko‘pchilik boylar ilm yo‘lida “usuli jadid” maktablarini ochishda mablag‘larini ham ayamadilar. Bu asar bir maktab, ibrat vazifasini o‘tadi: xalqni ogohlikka chaqirdi. “Padarkush” 1911 yilda yozilib, 1913 yilda bosilib chiqqaniga qaramay, muntazam teatr guruhlari bo‘lmagani oqibatida ancha vaqtgacha sahna yuzini ko‘rmadi. Behbudiy kuyinib, bunday deb yozgan edi: “...o‘ynay turg‘on odam yo‘q, abaski, Turkistonda bekor odam yo‘qki, xalq uchun ishlasa. Va bekor kishi yo‘qki, teatr sahnasiga chiqib, masxarabozlik qilsa. (Chunki Turkistonda teatrni masxarabozlikdan ayirmadilar), qachonki masxarabozlik (artistlik) xizmatini zimmasiga oluvchi o‘n kishi topilsa o‘ynalur”.
Drama haqida ko‘pchilik o‘z fikrida yakdil e’tirof etgan narsa shu bo‘ldiki, bu sahna asari o‘zbek adabiyotida va teatr san’atida yangilik bo‘lib, u mazmuni baquvvat bo‘lgan, janr jihatidan birinchi yangi drama edi. Spektakl uch pardadan iborat bo‘lib, birinchi pardada Boy rolini Abdulla Avloniy, Domla rolini Ziyoboyev, Ziyoli rolini Asomiddin Xo‘jayev, Xayrullani Xoniy; ikkinchi pardada Davlatzo‘r rolini Xoniy, Nor Poshshoxo‘jayev, Tangriqul rolini Shoh Inoyatov, Boyvachchani Badriddin A’lamov, uchinchi pardada Boy xotinni Ziyoboyev, Domla rolini Husayniy janoblari, Pristav rolini Mirzaxonov ijro etganlari va ularning so‘zlari tomoshabinlarga kuchli ta’sir ko‘rsatib, xalq o‘rtasida ovoza bo‘lgani ham o‘sha davr matbuotida chop etiladi.
Birinchi ko‘rinish boyning (bu obrazni Abdulla Avloniy ijro etgan) serhasham xonada, bezatilgan dasturxondan tanovul qilib o‘tirgan holatda boshlanadi. Biroz o‘tib boynikiga Domla mehmon bo‘lib kirib keladi. Suhbat qurib o‘tirganlarida boyning o‘g‘li Toshmurod kirib kelib, otasidan sarf-xarajatlari uchun pul so‘raydi. Boy o‘g‘lining qo‘liga ko‘p miqdordagi pulni berib, til uchida: “Yomon joylarga bormanglar, uyga erta qaytgin”, deb nasihat qilgan bo‘ladi. Buning guvohi bo‘lgan Domla bu holatdan noroziligini ifoda qilib, buning o‘rniga bolani o‘qitish, bilim olishga undash lozimligini so‘zlaydi. Ilmning xosiyati va kelajak uchun foydali ekanini aytib, nasihat qiladi. Lekin boy o‘z mol-mulklarining behisobligini pesh qilib, davlatmand odamlarning bolalariga o‘qishga ehtiyoj yo‘q, degan javobni beradi. Xuddi shu suhbatga Yevropa rusumida kiyingan Ziyoli kirib keladi va munozaraga aralashadi. Aynan ana shu Ziyoli obrazi spektakl g‘oyasining ochilishida katta ahamiyat kasb etadi.Oradan qirq kun o‘tib, ya’ni 1914 yilning 27 fevralida Toshkentdagi “Turon” truppasi ushbu asarni sahnaga olib chiqib, tomoshabinlarga taqdim etadi. Yana Miyon Buzrukning so‘zlariga ko‘ra, “Padarkush”ni sahnaga qo‘yish uchun hozirlik 1913 yilning dekabr oyidan boshlangan bo‘lib, bu yo‘lda jadid muallimlaridan Abdulla Avloniy, Muhammadjon qori, Nizom Xo‘jayev, Shokir Rahimiy va bosh qalar jiddiy kirishadilar.Behbudiyning asar orqali ifoda etmoqchi bo‘lgan asosiy fikrlari, g‘oyalarini ochishda rejissyor aynan ana shu roldan foydalanadi. Spektakldagi mazkur obrazni Nizomiddin Xo‘jayev ijro etgan. Ziyoli N.Xo‘jayev boyga qarata: “Hozir yangi va boshqa bir zamondir. Bu zamonda ilm va hunarsiz xalqning boyligi ham qo‘ldan ketganidek, axloq va obro‘yi ham qo‘ldan chiqar, angladingizmi, boy?” deydi. Lekin boy uning so‘zlarini eshitgisi kelmagani sababli o‘zini uxlaganga soladi.Spektaklning ikkinchi sahnasi ifoda vositalari yordamida o‘ta fojiali tarzda tasvirlangan.
Bu sahnada boyning o‘g‘li Toshmurod otasining bergan pullari har qancha ko‘p bo‘lsa ham uning kayfu safosiga yetmagani sababli jinoyatchiga aylanishi hikoya qilinadi. Qahvaxonada ichkilik ichib, mast-alas, takasaltang o‘smirlar Toshmurodga o‘z otasining pulini o‘g‘irlashni maslahat beradilar. Qahvaxona ko‘rinishidan so‘ng voqealar boyning hovlisiga ko‘chadi. Boy supada xurrak otib uxlab yotibdi. Bu holatni Abdulla Avloniy juda ishonarli ijro etadi. Toshmurod — Badriddin A’lamov uyga pusib kirib, Tangriqulga uy eshigini ochib beradi. Tangriqul rolini Shoh Inoyatov ijro etgan. U qo‘lida kalit, har ehtimolga qarshi temir asbob va pichoq bilan qurollangan. U asta yurib borib, sandiqni buza boshlaydi. Shu payt boy uyqudan uyg‘onib, dod sola boshlaydi.
Qo‘liga tayoqni olib Tangriqulga tashlanadi. Voqeaning bunday tus olishini kutmagan Toshmurod bilan Tangriqul olishish jarayonida uni pichoqlab qo‘yadi. Ular pulni oladilar va Toshmurod otasini shu ahvolida tashlab, qahvaxonaga shoshiladi. Ana shunday sahnani va kechayotgan voqealarni ko‘rgan tomoshabin farzandi tomonidan o‘ldirilgan boyning ahvoliga achinmaydi, balki bu voqeaning sababchisi uning o‘zi ekanini anglab etadi. Sahna asarida bir to‘da boyvachchalar, qahvaxona xo‘jayini Artur va Lizaning o‘ta past, tuban kimsalar ekani yorqin ochib berilgan. Ana shunday jazavaga tushgan to‘da polisiya tomonidan qo‘lga olinadi.
Asar muallifi Mahmudxo‘ja Behbudiy va spektakl ijodkorlari o‘sha davrning bir qator katta muammolarini ko‘tarib chiqqanlar. Shulardan biri Turkistonni mustamlakaga aylantirganlar ta’sirida yomon illatlar ham kirib kelgani ko‘rsatib berilgan. O‘sha davr matbuotiga asoslangan holda to‘la ishonch bilan aytamizki, spektakl juda katta muvaffaqiyat qozondi. “Oyina” jurnalining 1914 yil 22 mart sonida Fuzoil Joniboyevning “Toshkentda milliy teatr” nomli maqolasi e’lon qilinadi. Unda aktyorlar o‘z rollarini muvaffaqiyatli ijro etganlari, ayniqsa, A.Avloniy ijrosidagi boy obrazi to‘laqonli gavdalantirilgani ta’kidlab o‘tiladi. Shuningdek, “Turkiston viloyati gazetasi” ham spektaklga munosib baho beradi.
“Padarkush” asari hozirgi kunda ham nafaqat yoshlarimizning ta’lim-tarbiyasi va ma’naviy kamolotiga, balki kattalarning-da dunyoqarashiga ta’sir ko‘rsata oladigan drama sifatida o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan. Targ‘ibot-tashviqot ishlarida, turli tadbirlarda ushbu asar bilan bog‘liq muhokamalar va munozaralar o‘tkazilishi maqsadga muvofiqdir. Zero, o‘qimagan bolaning holi kelajakda qanday bo‘lishi “Padarkush”da to‘la namoyon etadi. Padarkush dramada yozilgan bo‘lib, oradan ikki yil o‘tgach, ya’ni 1913-yilda kitob ho lida nashr qilinadi. Behbudiy o‘zbek adabiyoti tarixida birinchilardan bo‘lib dramatik asar yozdi va u Turkiston-ning barcha shaharlarida namoyish etildi. Bu bilan Behbudiy o‘zbek teatrining tamal toshini qo‘ydi. Dramada jaholat, ilmsizlik, tarbiyasizlikka qarshi ma’rifat ulug‘lanadi. Muallif «o‘qimagan bolaning holi»ni, ayanchli oqibatlarini bayon etishni maqsad qilib oladi. Behbudiy yosh-lar ta’lim olishi va kamolga yetishida ijtimoiy va oilaviy muhit alohida o‘rin tutishini «Padarkush» dramasi negiziga joylashtiradi. Unda qahramonlardan birining tilidan o‘z g‘oya-sini: «Biz larni xonavayron... bevatan va bandi qilg‘on tarbiyasizlik va jaholatdir, bevatanlik, darbadarlik, asorat, faqirlik, zarurat va xorliqlar... hammasi ilmsizlik va betarbiyalikning mevasi va natijasidir...», degan yo‘sinda bayon qiladi. Eslab qoling: «padarkush» so‘zi lug‘aviy jihatdan «ota qotili» degan ma’noni anglatadi. Dramada Boy, uning o‘g‘li Toshmurod, yangi fikrli Domla, ruscha tahsil olgan Ziyoli, boyning mirzasi Xayrullo, boyning qotili bo‘lgan Tangriqul va boshqa obrazlar qatnashadi. Dramaturg ilgari surgan ma’rifatparvarlik g‘oyasi shu obrazlar-ning o‘zaro suhbatlari, bahs-munozaralari jarayonida namoyon bo‘ladi. Har bir obraz tabiatiga xos fazilat, xususiyat va qu-surlar ularning gap-so‘zlari, xatti-harakati, muallif tomonidan berilgan kichik izohlar yordamida ko‘rsatiladi.Muallif Boy obrazi orqali pul, mol-dunyoga ega bo‘lgan, ammo uni ilm yo‘li, farzand tarbiyasi uchun sarflashni o‘ylamagan kimsa qiyofasini beradi. Eng achinarlisi, Boy Dom-laning ham, Ziyolining ham nasihat va maslahatlariga qu-loq tutmaydi; savollariga qo‘pollik bilan, bepar vo va loqayd javob qaytaradi. Boy hamma narsani – inson qadrini ham, obro‘-e’tiborini ham boylik bilan o‘lchaydi; o‘z boyligi tufayli hamma-hamma ularni «izzat qilishadi» degan fikr bilan ya-shaydi.
Dramada boyning eng katta xatosi ziyo li kishilarning so‘zlariga quloq solmasdan, quloq solsa ham, noilojlikdan, mudrab, o‘z jigarbandining taqdiriga befarq qaraganidir. Bila-mizki, sharqona madaniyatimizda farzand, eng avvalo, otaga so‘zsiz itoat etishi lozim. Boy ham vaqtida insofga kelib bolasini yo‘lga solganida, bunday mudhish holat, balki yuz bermagan bo‘lar edi. Shu yerda dramaturg boyning tilidan bir narsani ta’kidlab o‘tadiki, «mani savodim yo‘q, bovujud, bu shahrimizning katta boylaridandurman va har ishni bilur-man» – bu o‘sha zamonga monand ayni haqiqat edi. Boyning gapida yana bir xato mavjud, u boylik topishdan o‘zga ishni bilmaydi. Inson faqatgina moddiy boylik bilan yashay olmay-di. Unda ma’naviy, jismoniy hamda ruhiy boylik ham bo‘lishi lozim. Muhtaram o‘quvchi, agar diqqat qilgan bo‘lsangiz, av-val Boy huzuriga Domla kirib boradi. Boyni ilm-ma’rifatga, o‘g‘lini o‘qi tish zarurligiga urg‘u beradi. O‘z zimmasidagi amri ma’ruf va nahyi munkar, ya’ni yaxshilikka chorlab, yo-monlikdan qaytarishdek bir vazifasini bajaradi. Shuning uchun ketar mahali «Boy, man sizga amri ma’ruf etdim va menga shariat bo‘yicha lozim bo‘lgan ishni bo‘ynimdan soqit qildim» degan gapni aytadi. Keyin Ziyoli Boy huzurida paydo bo‘ladi. Boy uni ham yoqtirmaydi. Shu bois «qordan qutulib, yomg‘irga uchraymiz» deb g‘udranadi. Domla aytgan fikr-mulohazaga yaqin gaplarni Ziyoli ham ta’kidlaydi. Muallif ishtirokchilar-ga ta’riflar ekan, Ziyoliga «millatchi musulmon» degan sifat beradi. Bu o‘rinda «millatchi» so‘zini «millatparvar» tarzida tushunish lozim. Chunki Ziyoli tabiatida musulmonchilik ham, millatparvarlik ham jamlangan. Behbudiy millatini sevib dinini esda tutadigan, ayni damda, dinini sevib millatini ham esdan chiqarmaydigan insonlarni shu obraz vositasida ko‘rsatmoq-chi bo‘ladi. Ziyoli «olimi diniy» – din bilimdoni va «olimi zamoniy» – zamon bilimdoni bo‘lish uchun qanday ilmlarni egallash zarurligini Boy bilan bo‘lgan suhbatida bir-bir sanab chiqadi. Dramada Domla bilan Ziyolining turmushdagi yo‘l-yo‘rig‘i bir-biriga yaqin. Ular asardagi Boy, Toshmurod, Tangri qul, Artun kabi obrazlarga qarama-qarshi turadi. Dramatik asar vo-qealarini oradagi shu ziddiyat harakatga keltiradi. Bu qarama- qarshilikka ijtimoiy ma’no berib, ma’rifatlilar bilan johillar, ilmlilar bilan ilmsizlar, ogohlar bilan loqaydlar o‘rtasidagi kurash tarzida tu shunish o‘rinli bo‘ladi. Toshmurod do‘st kim, dushman kim – farqiga bormaydi. Shu ning oqibatida Tangriqul bilan birga o‘z uyiga o‘g‘rilik-ka borishga rozi bo‘ladi. Otasining sandiqdagi mol-mulkini o‘marish yo‘llarini maishatparast sheriklari bilan rejalashtiradi. Ularni o‘z uyiga boshlab borganida otasi sezib qoladi; Boyni o‘ldirib, pulini olib ketishadi.
E’tibor bering, Boyning arzandasi, aynan sizning tengdoshi-ngiz Toshmurod o‘qimagani, ko‘cha changitib yurgani sababli ham o‘zidan yoshi kattaroq o‘g‘ri, muttahamlarga qo‘shilib qoladi. Mavzuga diqqat qilinsa, oradan bir asrdan ortiqroq vaqto‘tgan bo‘lsa-da, ayni zamonamizda ham o‘qimagani bois turli aldovlarga ishonib, yomon yo‘llarga kirib qolayotgan yosh-lar yo‘q emas. O‘g‘rilar ham Toshmurodning soddaligidan foydala nib, maho rat darslarining muqaddimasini aynan o‘zi-ning uyi da boshlab bermoqchi bo‘lishadi. Ya’ni yi gitchani o‘z uyiga o‘g‘rilikka boshlab, ustiga-ustak: «Barakalla! Ilgari ham o‘g‘irlik qilganga o‘xshaysiz», – deb tag‘in maqtab ham qo‘yishadi. Toshmu rodning atrofidagi shunday bema’ni, yo-mon odamlar bilanoshno tutinib, maishatga berilishi, buzuq yo‘llarga kirib, oxir-oqibatda ota qotili – padarkushga ayla-nishining asosiy sababi – bu o‘qimaganidir. Onasi Toshmurod-ni: «He, juvonmarg Toshmurod! Qon qus! Koshki chechakda ketsayding! Voy, padarkush! Toshmurod!» – deb qar g‘ashga majbur bo‘ladi. Toshmurodga otasi ta’lim-tarbiya bermadi; oqibatda ota ham, o‘g‘il ham «qurboni jaho lat» – jaholat qur-boniga aylandi. Drama oxirida Ziyoli muallif g‘oyasini «Ilm va tarbiyasiz bolalarni(ng) oqibati shuldir. Agarda bularni otasi o‘qutsa edi, bu jinoyat va padarkushlik alardan sodir bo‘lmas va bular ichkilikni bo‘yla ichmas... edi. Dunyoga taraqqiy qilgan xalq ilm vositasida taraqqiy qiladi» degan tarzda bayon etadi. Mulohaza qilib ko‘ring, muhtaram o‘quvchi! Ilm-fan ham-ma zamonlar uchun zarur va muhim bo‘lgan.
Olimlar jamiyat taraqqiyoti uchun ma’naviy tayanch vazifasini bajaradi. Shu jihatdan «Padarkush» dramasida aytilgan ilmga doir qarashlar, jaholatga qarshi ma’rifat yo‘lidan yurish zarurligi bugun ham ahamiyatli. Mahmudxo‘ja Behbudiyning ushbu dramasi XX asr bosh-larida yozilgan bo‘lsa-da, hozirgi kun bilan ham chambarchas bog‘liq. Chunki uning zamirida ma’naviy-ruhiy, tarbiyaviy ma’no yotadi. Tarbiya hech qachon eskirmaydigan hamda tu-gal yechimi topilishi mushkul bo‘lgan masalalardandir. Inson-ni yoshligidan tarbiyalash lozim. Odam farzandini ham navni-hol daraxtga mengzash mumkin. Uni qay tomonga yo‘naltirib tarbiyalansa, umrining oxirigacha ana shu yo‘ldan boradi. Mahmudxo‘ja Behbudiy juda qisqa sahna asari vositasida o‘z ma’naviy dunyosini, ilm-ma’rifatning qadr-qiymatini zo‘r mahorat bilan bayon qiladi. Aynan din ilmlaridan boxabar bo‘lgani uchun uning qahramonlari nutqida «Ilm olish barcha erkak va ayollar uchun ham farzdir», «Beshikdan mozorgacha ilm izlash lozim» yoki «Xitoyga borib bo‘lsa ham ilm talab qilinglar» kabi hadisi shariflarning mazmuni berib boriladi. Domla va Ziyoli nutqini muallif hikmatlar, ibratli gaplar-ga boy tarzda beradi. Ilmdan yiroq bo‘lgan obrazlar nutqida esa ancha kambag‘al va ko‘cha-ko‘yda qo‘llanadigan so‘zlar ishlatiladi.


Xulosa
Jadid adabiyotining asoschilaridan bo‘lgan Behbudiy Markaziy Osiyo ijodkorlari orasida birinchi milliy dramatik asar yaratdi. Ungacha mazkur xududda na turkiy, na forsiy tilda drama janrida birorta asar yaratilmagan edi. Bu Behbudiyning adabiyotga qo‘shgan eng kata hissasi bor XX asr boshlarida hayotdagi tub o‘zgarishlarga monand holda o‘zbek adabiyoti va san’atiga yangi janrlar muvaffaqiyatli ravishda kirib kela boshladi. Hayot va jamiyatda mavjud bo‘lgan muammolar haqida chuqur o‘ylaydigan, fikr yuritadigan yozuvchilar oldida mislsiz keng imkoniyatlar ochildi. Tashqi adabiy ta’sirlar mumtoz adabiy an’analarga tayanib kelgan mualliflar oldiga xarakter, shakl, uslub va tomoshabin (kitobxon) ga munosabat borasida yangi vazifalarni qo‘ya boshladi. Iste’dodli ijodorkorlarning samarali izlanishlarida novatorlik kurtaklari yuz ko‘rsatdi. XX asr boshlarida Markaziy Osiyodagi turkiy adabiyot aruz vazniga tayangan bo‘lsa, asr so‘ngida jahon adabiyotiga xos bo‘lgan yuksak adabiy shakllar, uslublar yangi o‘zbek adabiyotida ham tamoman o‘ziga milliy asar hosoblanadi. Mana shu an’ana (tamoyil)lar doirasida ijod etgan mahalliy adiblar yangi o‘zbek adabiyoti karvonining yetakchilariga aylandilar.
Jadid adabiyotining asoschilaridan bo‘lgan Behbudiy Markaziy Osiyo ijodkorlari orasida birinchi milliy dramatik asar yaratdi. Ungacha mazkur xududda na turkiy, na forsiy tilda drama janrida birorta asar yaratilmagan edi. Bu Behbudiyning adabiyotga qo‘shgan eng kata hissasi bo‘ldi. Bundan tashqari u o‘z vatandoshlariga til jihatidan ham, shakl jihatidan ham uncha murakkab bo‘lmagan, yangi sharoit va muhitga mos keladigan nasr namunalarini yaratdi. Behbudiy davri uchun bu katta hodisa edi.

“Padarkush” dramasi yaratilishiga qadar Behbudiyni san’atkor sifatida ko‘rsatadigan yirik asarlari ko‘p emas edi. O‘sha vaqtgacha u ko‘proq ma’rifatparvar adib, islom tarixi, geografiyasi hamda ijtimoiy hayot muammolarini yoritgan faol jurnalist va olim sifatida tanilgandi.


Behbudiy 1911 yilda yozib tugatgan “Padarkush” dramasi rus senzurasidan o‘tgandan keyin, 1913 yilda nashr qilindi. Drama bir yil mobaynida Samarqandning katta «Narodniy dom» rus teatrida namoyish etildi. Mazkur teatr binosiga odam sig‘may ketgan edi. Qizil Armiya tomonidan Sovet boshqaruvi o‘rnatilgunga qadar Behbudiyning ushbu asari Markaziy Osiyo bo‘ylab juda ko‘p shaharlarda namoyish etildi. Drama qisqa fursatda bir qancha yangi sahna asarlari yaratilishiga asos bo‘ldi. Shuningdek, u keyingi pyesalarning sahnalashtirilishi uchun bir tajriba namunasi bo‘lib ham xizmat qildi.
Zamonaviy drama adabiy janr sifatida yangi davr ma’rifatparvarlari nazdida o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lishi kerak edi. Ular ta’lim va ma’daniyatda yangi usul ( «usuli jadid») deb atalgan yetakchi guruh a’zolari edilar. Amalda jadidlar deb atalsa-da, aslida oddiy xalq bilan hamnafas bo‘lishga harakat qilardilar. Jamiyatni isloh qilish zarurligini yaxshi bilgan Behbudiy siyosiy harakatlari samara bermagach, madaniyat va san’at orqali xalq ongini uyg‘otish, uni ma’rifatga olib borish mumkin deb hisoblagan edi. Zamonaviy drama shu davrdagi barcha hayotiy muammolar va mumtoz adabiyot an’analaridan ancha uzoq bo‘lsa-da, u boshqa janrlarda yozilgan asarlardan farqli o‘laroq ijro etish, ko‘rsatish xususiyatiga ko‘ra mahalliy aholi ko‘ngliga birdek yo‘l topa oldi. Mana shu muhim jihatiga ko‘ra yosh o‘zbek dramasi jamiyatda jiddiy islohotlar zarur bo‘lib turgan bir paytda muhim ma’rifiy tarbiya vazifasini bajardi.
Qoloq konservativ ruhoniylar va mahalliy rahbarlar qarshiligiga qaramasdan XX asr boshlarida bir guruh ijodkorlar tomonidan drama janri islohotlarni amalga oshirishdagi muhim vosita sifatida tanlanishi mantiqan to‘g‘ri edi. Lekin, nazarimda, Markaziy Osiyodagi ilk drama bo‘lgan “Padarkush” uchun bunday murakkab mavzuning tanlanishi u darajada to‘g‘ri yo‘l emasdi. Avvallari ham xalq orasida ko‘rsatib kelingan ixcham milliy pyesalar, askiyalar, akrobatika kabi tomoshalar aslida hazil-mutoyibaga, yengil yumorga, majozga boy
bo‘lib, odamlarni xursand qilish, ko‘nglini olishga qaratilgan edi. Bunday hazillar, askiyalar orqali ko‘pgina din peshvolari tanqid qilinardi. Yangi dramaturglar esa ruhoniylarga jiddiy munosabatda bo‘lar, e’tiqodli din arboblarini tanqid qilishdan qochardilar. Shunga qaramasdan qoloq kishilar zamonaviy pyesalardagi tarbiyaviy-ma’rifiy ruh tufayli Behbudiy va uning hamfikrlariga qattiq qarshilik ko‘rsatishardi. Bunday munosabat nafaqat Turkistonda, balki O‘rta Sharq, shuningdek, Osiyo, Ozarbayjon, Arabiston, Turkiyada yaratilgan ilk sahna asarlariga va barcha ko‘rinishdagi komediyalarga nisbatan ham mavjud edi.
Behbudiyning o‘zi ixcham “milliy tragediya” deb ta’riflagan bu asar Turkistonda gunoh ishlarga yo‘l ochib, turli jinoyatlarga sababchi bo‘layotgan ayrim kishilar qismatiga ishora qiluvchi didaktik drama edi. O‘z xalqiga mansub farzandlarni o‘qitish, ma’rifatli qilish, jamiyatni yuksaltirishga har jihatdan qodir bo‘lishiga qaramay, bu ezgu amallarni bajarishdan bosh tortgan kishilarning qismati haqidagi bashorat edi bu asar. Muallif asar g‘oyasini keskin ziddiyatlar, to‘qnashuvlar, xarakterlar kurashi asosida ko‘rsatishdan ko‘ra dramaning ayrim qismlarida ta’lim-tarbiya orqali mamlakatni rivojlantirish mumkinligini ko‘p ta’kidlaydi va turkistonlik yoshlarning ilm olishdan bosh tortishlari yomon oqibatlarga olib kelishini ko‘rsatishga, ya’ni didaktik tasvirga ko‘p o‘rin beradi. Dramaturg asosiy e’tiborini jinoyatga, diniy urf-odatlarga xilof bo‘lgan, biri ikkinchisiga bog‘liq qator gunohlarga qaratadi. Ularning noxush, yomon oqibatlarini badiiy adabiyot xulosalari orqali yo‘qotib bo‘lmasligiga diqqatni qaratadi.
«Padarkush»ning sahna asari sifatidagi o‘ziga xos fazilati shuki, muallif zamonasining mudhish va jirkanch illatlarini ochiq namoyish etganligi bilan belgilanadi. Demak, Markaziy Osiyoda birinchi zamonaviy sahna asari «Padarkush» nomi bilan boshlandi va rivoj topdi. “Padarkush” mavzusiga mos birinchi pardaning dastlabki daqiqalarida tomoshabinlar ota va o‘g‘il o‘rtasidagi juda qisqa va noxush munosabatga guvoh bo‘ladilar. Toshmurod shahardagi tunggi hayot uchun otasidan qo‘pollik bilan pul so‘raydi. Domulla (3-personaj) kirib kelgunga qadar o‘g‘il otasidan ruxsat oladi. Domulla esa boshini afsuslanib silkitib qo‘yadi.

Uning bosh qimirlatishida qandaydir jinoyat sodir bo‘lishi mumkinligiga ishora bor edi. Asar boshlanishiga bu epizod (ya’ni Boyning Toshmurodni kuzatishi, Domulla boshini afsuslanib qimirlatib qo‘yishi) xalqning ziyolilarga nisbatan cheksiz hurmatini ta’kidlash maqsadida keltirilgan. Bu hurmat har qanday boylik, amal – martabadan baland turar edi. Suhbatning kulminatsion nuqtasida Domulla Boyga o‘g‘lini o‘qitish orqali Olloh farzini bajarish zarurligini ta’kidlaydi. Shundan so‘ng Boy xizmatkorga tezlik bilan eshikni qulflashni buyuradi, bu holatdan Domullaning ko‘ngli og‘rib chiqib ketadi.


Birinchi parda deyarli e’tiroflardan iborat bo‘lib, personajlar harakati kuzatilmaydi. Keyingi (ikkinchi) pardada esa aksincha harakat nisbatan ko‘p bo‘lib, so‘z (tasvir) kam. Keyingi manzara Boy o‘g‘li va uning sheriklari aysh-ishrat qilib o‘tirgan mayxonaga ko‘chadi. Ularning kayfi oshib qolgan, yosh o‘smirlar hammaga ma’lum bo‘lgan yengiltak ayol Liza haqida ko‘p gapiradilar. Mayxona egasi Liza kelishi uchun oldindan 15 rubl pul berish kerakligini eslatadi. Endi fojia syujeti mayxonada rivojlana boshlaydi. O‘smirlar so‘ralgan pulni yig‘ib berolmaydilar. Guruh boshlig‘i Davlat to‘lanadigan pulni Boyning seyfidan o‘g‘irlash mumkinligini ehtiyotkorlik bilan taklif qiladi.
Dramaturg asardagi deyarli hamma harakatlarni vaqt va makon jihatidan so‘nggi ikki pardaga ixcham joylashtiradi. Bu esa asarning ikkinchi yarmida Mulla va Ziyolining o‘ldirilgan o‘quvsiz, ma’rifatsiz Boy ustidan biroz hissiz, hech nimaga achinmay qilgan hukmi paytidagi daqiqalarga sezilarli harakat beradi. Ikkinchi va uchinchi pardadagi personajlar harakati shiddatli kechishiga qaramasdan muallif “Padarkush” ning asosiy qahramonlari o‘rtasidagi muvozanatni saqlagan holda asarni yaxlit muvozanatga keltirishga muvofiq bo‘lgan.
Uchinchi manzarada dramadagi asosiy xarakterlar ko‘rsatiladi. Pyesaning asl nusxasida birinchi parda ikkinchi sahifadan sakkizinchigacha, ikkinchi parda to‘qqizinchi sahifadan o‘n ikkinchigacha, uchinchi parda to‘rtinchi manzara bilan birga 13-17 — sahifaning yarmiga qadar davom etadi. Boyning mehmonxonasidan boshlangan harakatlarga sahnada 30-45 minutdan ko‘proq vaqt sarf etilishi mumkin. Keyin ikkinchi pardadagi mayxona tasvirlanadi va yana Behbudiy ta’riflagan so‘nggi to‘rtinchi manzara o‘sha mayxonaga ko‘chadi. Boyning yotoqdagi xonasi tafsiloti matnning yetti mayxonadagi voqealar (xilvatxona) olti yarim sahifani tashkil etadi. Jinoyat sodir bo‘lgan xonadagi tafsilot esa (Boyning yotoqxonasi) qisqa ikki sahifadan iborat bo‘lib, qotillik juda kam ko‘rinishlarda tasvirlanadi. Ikki o‘g‘rining sahnadagi pantomimik (so‘zsiz) harakati deyarli yarim ko‘rinishda aks ettiriladi. Dramaning to‘rtinchi ko‘rinishida voqealar Boyning uyi va maishatxonada bo‘lib o‘tadi.
Agar Boyning uyi bilimsizlik, jaholat va qaysarlikning makoni bo‘lsa, maishatxona shayton malaylarining uyi sifatida ko‘rsatiladi. Nodon farzandlar va qoloqlik qasri o‘rtasida yuz bergan jinoyatga daxldor va sababchi bo‘lgan kimsalarni sahnada kuzatayotgan har qanday oddiy tomoshabin ham drama fojia bilan tugashi muqarrarligini his qilib, bilib turadi. Birinchi pardada boy asosiy obraz sifatida tasvirlanadi, sahnadagi barcha munosabatlarda ishtirok etib, boshqa personajlarni o‘z atrofiga tortgan yagona qahramonga aylanadi. U ushbu pardadagi boshqa xarakterlarga nisbatan ikki marta ko‘p gapiradi. Shunday bo‘lsa-da, Boy o‘z fikri va maslahati bilan ushbu parda oxirida o‘zning “uyqusini keltirgan” Ziyolidek muhim, asosiy siymo emas. Zamonaviy tanqidchilar esa Boyni dramadagi asosiy, markaziy qahramon deb hisoblaydilar.
Ikkinchi pardaning yetakchi, o‘ziga xos obrazi o‘spirin yigit Davlat. U guruhning g‘oya beruvchi rahbari: birinchi bo‘lib Liza ismini tilga oladi, uning uchun pul topish rejasini aytadi va unga boshchilik qiladi. Toshmurodni o‘z ota-onasiga nisbatan bosqinchilik qilishga ham Davlat da’vat etadi. Uchinchi pardaning birinchi ko‘rinishidagi ziddiyat asarda yaxshi tasvirlangan. Lekin Behbudiy to‘rtinchi ko‘rinishda Tangriqul va Toshmurod obrazlarini va barcha pantomimik harakatlarni, o‘n ikki ishtirokchidan sakkiztasini harakat hukmron bo‘lgan manzara – mayxonaga olib keladi. Ziyolining uzundan-uzoq nutqi ogohlantirish sifatida allaqachon aytilgan bo‘lsa-da, u deyarli dramaning oxirida yana takrorlanadi.
Zamonaviy drama adabiy janr sifatida yangi davr ma’rifatparvarlari nazdida o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lishi kerak edi. Ular ta’lim va ma’daniyatda yangi usul ( «usuli jadid») deb atalgan yetakchi guruh a’zolari edilar. Amalda jadidlar deb atalsa-da, aslida oddiy xalq bilan hamnafas bo‘lishga harakat qilardilar. Jamiyatni isloh qilish zarurligini yaxshi bilgan Behbudiy siyosiy harakatlari samara bermagach, madaniyat va san’at orqali xalq ongini uyg‘otish, uni ma’rifatga olib borish mumkin deb hisoblagan
Avvallari ham xalq orasida ko‘rsatib kelingan ixcham milliy pyesalar, askiyalar, akrobatika kabi tomoshalar aslida hazil-mutoyibaga, yengil yumorga, majozga boy bo‘lib, odamlarni xursand qilish, ko‘nglini olishga qaratilgan edi. Bunday hazillar, askiyalar orqali ko‘pgina din peshvolari tanqid qilinardi. Yangi dramaturglar esa ruhoniylarga jiddiy munosabatda bo‘lar, e’tiqodli din arboblarini tanqid qilishdan qochardilar. Shunga qaramasdan qoloq kishilar zamonaviy pyesalardagi tarbiyaviy-ma’rifiy ruh tufayli Behbudiy va uning hamfikrlariga qattiq qarshilik ko‘rsatishardi. Bunday munosabat nafaqat Turkistonda, balki O‘rta Sharq, shuningdek, Osiyo, Ozarbayjon, Arabiston, Turkiyada ham bo‘lgan.
Behbudiy ijtimoiy-siyosiy ishlarga qizgʻin qoʻshildi. Aslida bu faoliyat 1906-yildan boshlangan. Shu yili „Rusiya musulmonlari ittifoqining Nijniy Novgorodda oʻtkazilgan qurultoyida qatnashgan edi. Toshkentda boʻlib oʻtgan (1917) Turkiston musulmonlarining qurultoyida ishtirok etib, nutq soʻzladi. U musulmonlar orasidagi har qanday ixtilofga qarshi chiqdi. Behbudiy shu qurultoyda oʻlka musulmonlar shoʻrosining raisi etib saylandi. 1917-yil 26-noyabrda Behbudiyda Qoʻqonda oʻlka musulmonlarining 4-favqulodda qurultoyi ish boshladi. 27-noyabrga oʻtar kechasi „Turkiston muxtoriyati eʼlon qilindi. Uning gʻoyaviy asoschilaridan biri Behbudiy edi. Muxtoriyat shoʻrolar tomonidan vahshiyona bostirildi. Behbudiy may oyining boshlarida Samarqandga qaytadi. U yerda koʻp tura olmay Toshkentga keladi. Turkiston shoʻrolar hukumati rahbarlari bilan muzokara olib borishga urinadi, ammo natija chiqmaydi. 1919-yilning erta bahorida mamlakatdan chiqib ketayotganida Shahrisabzda Inqilobiy favqulodda komissiya aygʻoqchilari koʻmagida Buxoro amirligi odamlari tomonidan qoʻlga olinadi, hamrohlari Muhammadqul va Mardonqul bilan birgalikda Qarshida zindonga tashlanadi va qatl qilinadi. Bu voqea Samarqandda bir yildan keyin maʼlum boʻladi. Fitrat, Choʻlpon, Ayniy va boshqa shoirlar Behbudiyga atab marsiyalar yozganlar. Qarshi shahri 1926–1937-yillar davomida Behbudiy nomi bilan atalgan.


Download 39,65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish