O’zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi mirzo ulug’bek nomidagi o’zbekiston milliy unversitetinng geografiya va tabiiy resurslar fakultetining



Download 33,92 Kb.
bet2/2
Sana08.07.2021
Hajmi33,92 Kb.
#112667
1   2
Bog'liq
Mavzu O’zbekistonning geosiyosiy o’rni va kelajagi,uning dunyo

Birinchidan, respublika qonunlari xalqaro huquq normalariga doimo muvofiqlashtirilmoqda va yaqinlashtirilmoqda. 

Ikkinchidan, mamlakatimiz xalqaro normalarning bajarilishini kafolatlay-digan hamma majburiyatlarni o'z zimmasiga oldi.

Tashqi aloqalarni ta'minlaydigan vazirliklar va muassasalar tashkil etildi. Tashqi ishlar vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi (agentligi), Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki, ixtisoslashtirilgan tashqi savdo firmalari shular jumlasidandir. Jahon iqtisodiyoti va diplomatiyasi universiteti, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi va boshqa universitetlarda tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy faoliyat sohasi uchun mutaxassis kadrlar tayyorlash yo'lga qo'yildi.

1991-yilda sobiq Ittifoqning parchalanib ketishi uning asosida qator mustaqil suveren davlatlarning, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasining vujudga kelishiga sabab bo‘ldi. O‘zbekiston Davlat mustaqilligining dastlabki kunlaridan boshlab, o‘zining ichki va tashqi siyosatini ishlab chiqish, boshqa davlatlar bilan ikki tomonlama va ko‘p tomonlama aloqalar o‘rnatish borasida muhim tadbirlarni amalga oshirdi.

  Sobiq Ittifoqning parchalanib ketishi va O‘zbekistonning Davlat mustaqilligiga erishishi natijasida mamlakatimizda quyidagi o‘zgarishlar sodir bo‘ldi:

1. Ilgari «markaz» tomonidan boshqarilgan vazifalarni endi O‘zbekistonning o‘zi mustaqil ravishda bajarishiga to‘g‘ri kelmoqda.

2. Ijtimoiy-siyosiy o‘zgarishlar iqtisodiy o‘zgarishlarni amalga oshirishni taqozo etmoqda. Bunda rejalashtiriladigan iqtisodiyotdan bozor iqtisodiyotiga o‘tish ushbu masalalarning nazariy va amaliy muammolari yechimini taqozo etmoqda.



3. O‘zbekiston boshqa O‘rta Osiyo davlatlari kabi Rossiya bilan janub va janubi g‘arbida joylashgan Pokiston, Eron va Turkiya davlatlari o‘rtasida «bufer-davlat» rolini bajarmoqda.

4. O‘zbekiston O‘rta Osiyoda egallagan qulay geostrategik o‘rni, boy va xilma-xil tabiiy resurslari, tabiati bilan ko‘pchilik davlatlar, shu jumladan, AQSH va Rossiya e’tiborini o‘ziga jalb qilmoqda. Bunday sharoitda hech ikkilanmasdan yagona yo‘lni tanlab olish zarur. Bu o‘rinda O‘zbekiston Prezidenti I.A.Karimov tomonidan tanlangan yo‘l, ya’ni Rossiya pozitsiyasini qo‘llab-quvvatlash — hozirgi vaqtdagi eng haqqoniy va maqbul yo‘ldir. Shu bilan birga O‘zbekiston qo‘shni davlatlar bilan o‘rnatilgan aloqalarini davom ettirishi ham maqsadga muvofiqdir.O‘rta Osiyo tarixiy-geografik hudud. O‘rta Osiyo birinchi bor xorij (rus) sayyohlari tomonidan XIX asrda tilga olingan. Hozirgi vaqtda O‘rta Osiyo mintaqa sifatida qabul qilingan.O`zbekiston dunyo hamjamiyati va siyosiy xaritasida o'ziga xos mavqega ega. U hozirgi kunda Birlashgan Millatlar tashkilotiga a’zo bo‘lgan 193 davlatdan biri hisoblanadi. O'zbekiston Respublikasi BMTga 2-mart 1992-yilda qabul qilingan.O`zbekiston Yevrosiyo va Markaziy Osiyoning deyarli qoq o'rtasida joylashgan. Respublika hududi g‘arbdan sharqga 1425 kmga cho'zilgan, shimoldan janubgacha masofa esa 930 km. Eng baland nuqtasi Hazrat Sulton cho‘qqisi (Hisor tizmasi) dengiz sathidan 4643 m balandlikda, eng past nuqtasi Mingbuloq botig‘i -12 m.Davlat ehegaralarining umumiy uzunligi 6221 km bo‘lib, shundan 2203 km yoki 1/3 qismi Qozog‘iston Respublikasiga, 1721 km Turkmanistonga, 1161 km Tojikistonga, 1069 km Qirg‘izistonga va 137 km Afg‘oniston Respublikasiga to‘g‘ri keladi. O`zbekistonning mikroiqtisodiy geografik o'rni (hududning o‘ziga qo‘shni bo‘lgan davlatlarga nisbatan tutgan o'rni) ancha qulayligi bilan xarakterlanadi. Bu holat, avvalo, uning Markaziy Osiyo respublikalarining qoq o'rtasida joylashganligi va barcha mintaqa davlatlari bilan to'g'ridan to'g'ri chegaradoshligi tufayli kelib chiqadi. O'zbekistonning mikro IGO' qulayligi qo'shni respublikalar bilan barcha turdagi quruqlik transport (avtomobil, temiryo'l, quvur) tuzilmalari bilan nisbatan yaxshi bog'langanligida ham o'z ifodasini topadi. Mikro IGO'dagi bunday qulayliklar tarixiy davrlardan hozirgacha O'zbekistonni mintaqa davlatlari orasida aholisi eng zich, yirik shaharlarga boy, iqtisodiyoti nisbatan rivojlangan darajaga olib chiqqan.O`zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.A.Karimov «O'zbekiston XXI asr bo'sag'asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari» kitobida bu borada quyidagi fikmi keltirgan: «O'zbekistonning hududiy makon xususiyatlari, uning geografik o'rni bizning ichki va tashqi siyosatimizni tanlash va amalga oshirishda katta ahamiyatga ega... O'zbekiston bugungi kunda qo'shni davlatlar Qozog'iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va Afg'oniston o'rtasida bog'lovchi halqa vazifasini o‘taydi. Bulaming barchasi respublikaning jahon iqtisodiyotiga integratsiyalashuvi, diet el investitsiyalarini jalb qilish, O'zbekistonni davlatlar o'rtasida o'zaro foydali hamkorlikning, tovarlar va kapital tranzitining o'zida xos mintaqaviy markaziga aylantiradi».O'zbekistonning bunday qulay iqtisodiy-ijtimoiy imkoniyatlari har bir qo'shnilari tomonidan aholisi zich joylashgan tutash (kontakt) hududlarda (Farg‘ona vodiysi, Zarafshon, Quyi Amudaryo mintaqalari, Surxondaryo viloyati) hozirgi davrda ko'plab turli ixlisosdagi respublikalararo hududiy ishlab ehiqarish majmualari, qo'shma korxonalardan tortib erkin iqtisodiy hudularni tashkil qilishgacha keng imkoniyatlar beradi. Markaziy Osiyo mintaqasida mavjud bo'lgan transchegaraviy daryolar va yo'llar muammolari hal etilishi respublika mikrogeografik o‘rnining yanada qulaylashuviga olib keladi.Yaqin atrofida joylashgan davlatlar (Rossiya Federatsiyasi, Afg'oniston, Eron, Kavkaz respublikalarijga nisbatan O'zbekistonning mezoiqtisodiy geografik o'rni (yaqin mintaqalarga nisbatan tutgan o‘rni) o'rtacha qulayliklarga egaligi bilan tavsillanadi. Mezo IGO‘ni bunday baholanishining sababi shundaki, O`zbekiston bir tomondan, Kavkaz respublikalari, ayniqsa, Rossiya Federatsiyasi bilan, asosan, zamonaviy transport vositalari orqali samarali bog`langan va bu davlatlar bilan an’anaviy ravishda ko‘p tomonlama yaqin aloqalar olib boradi. Jahon davlatlari orasida eksport-import aloqalari hajmiga ko‘ra, Rossiyaning yetakehilik qilib kelayotganligi buning isbotidir. Ikkinchi tomondan, janubda joylashgan va O'zbekistonning mezo IGO‘ guruh davlatlari toifasiga kiruvchi Afg'oniston, Eron davlatlari butun o'tgan tarixiy davrlar davomida respublikamiz bilan har tomonlama keng ijtimoiy aloqada bo'lib kelgan bo'lsa-da, hozir­gi vaqtda bunday aloqalarni olib borishga mavjud texnik va siyosiy qiyinchiliklar to'siq bo'lib turibdi.Davlatlararo iqtisodiy va ijtimoiy aloqalarning yanada samarali natijalar berishi uehun jahonning uzoqroq mamlakatlari bilan bog'lanish, boshqacha aytganda, makrokengliklar talab etiladi. Ammo, dunyo mamlakatlari bilan iqtisodiy aloqa o'rnatishda materik iehkarisida joylashgan davlatlar dengiz bo'yidagilarga nisbatan bir qancha noqulayliklarga duch keladi. O'zbekiston yaqin dengizlarga chiqishi uchun kamida ikki davlat hududini bosib o'tishiga to`g‘ri keladigan jahondagi kamdan kam davlatlaridan biri boiganligi sababidan makroiqtisodiy geografik o'rni (jahon davlatlariga nisbatan tutgan o‘rin) nisbatan noqulaydir. Mustaqillik yillarida turli yo‘nalishlarda O`zbekistonni dunyo okeani bilan bog`lovchi xalqaro yo‘l loyihalarida faol ishtirok etishi mazkur holatni biroz yengillashtiradi.O`zbekiston Respublikasining siyosiy geografik o'rni klassik geosiyosatchilar tomonidan ajratilgan Yevrosiyoning ichki kontinental qismi, ya'ni Xartlend (ingl. Heartland - "dunyoning yuragi”), hamda Yevrosiyoning janubi-g'arbiy dengizga yaqin mintaqasi Rimlend (Rimland "ichki yarim oy”)ning o‘zaro tutashgan hududda joylashganligi bilan tavsiflanadi. Bu holat esa jahonda yetakchilikni qo'lga kiritishni rejalashtirayotgan ko'plab davlatlarning respublikamizga nisbatan geosiyosiy qiziqishlarining yuzaga kelishiga sabab bo'lmoqda.Bundan tashqari, O'zbekistonning qulay transport geografik o'ringa egaligi, davlatimizning strategik resurslar hisoblanmish - neft, gaz, oltin, uran va boshqa ko'plab yerosti va usti boyliklariga egaligi, qu­lay tabiiy iqlim sharoiti, insoniyat tarixiy taraqqiyoti va sivilizatsiyasida salmoqli o'rin tutishi, katta demografik salohiyatning mavjudligi uning o'ziga xos geosiyosiy imkoniyatlarga egaligini ko'rsatib beradi.Shu bilan birga, uning siyosiy geografik o'rniga salbiy ta'sir ko'rsatuvchi omillar ham mavjud. Xalqaro terrorizm va diniy ekstremizm xavfi, respublikamiz hududini narkotrafik yo'laklari sifatida foydalanishga harakat, global miqyosdagi ekologik muammolar, turli davlatlar orasidagi geosiyosiy raqobat, Afg'onistondagi beqaror siyosiy vaziyat O'zbekiston mazkur geografik o'rin ko'rinishiga ta’sir etuvchi salbiy omillar bo'lib hisoblanadi. Mazkur salbiy holatlarni bartaraf etish maqsadida respublika rahbariyati tomonidan katta miqyosdagi ishlar amalga oshirilgan.Respublikamizning birinchi Prezidenti I.A.Karimov BMT Bosh Assambleyasi yig'ilishlaridagi ma’ruzalarida jahon hamjamiyati diqqatini birinchi navbatda aynan Afg'oniston va Orol muammolariga qaratishga undagan edi. Respublikamizning Afg'oniston muammosini hal qilish bo'yicha "6+2” guruhidagi faoliyati qo'shni davlatda tinchlikni o'rnalish, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga yordam berishga qaratilgan. BMT rahbarlarining yurtimizga tashrifi chog'ida Orol dengizi muammosiga  e’tibor  qaratishlari natijasida  u  xalqaro  ekologik  muammolar qatoridan  joy  oldi  hamda  buning natijasida  ushbu  muammoga  turli davlatlar e’tiborini jalb qilishga erishildi. Markaziy  Osiyo  davlatlari  o‘rtasidagi  transchegaraviy  daryolar, O‘zbekiston-Qirg‘iziston  o‘rtasidagi  eksklav  (tegishli  davlat  hududining  asosiy  qismidan boshqa  davlat  hududi  bilan  ajralib  turgan  yerlar)  va  ba’zi  chegara  hududlari, Tojikiston  bilan  davlat  chegarasida oxiriga  yetkazilmagan  delimitatsiya  (chegara  chizig‘ini  aniqlashtirib, mustahkamlash)  ishlari  bo‘yicha  yuzaga  kelgan  muammolar  birinchi 
navbatda  hal  qilinishi  lozim  bo‘lgan  muhim  geosiyosiy  muammolardan bo‘lib hisoblanadi. Hududi  yadroviy  quroldan  xoli  bo‘lgan,  qo‘shilmaslik  siyosatini  qo‘llab-quvvatlovchi davlatga  aylanishni  o‘z  oldiga  maqsad  qilib qo‘ygan  O‘zbekiston  siyosiy,  ijtimoiy-iqtisodiy  muammolarni  hal  qilish,  iqtisodiy  rivojlanishga  erishish  uchun  qator davlatlar  bilan  yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan. Atrof qo‘shnilaridan tashqari, Rossiya Federatsiyasi,  Xitoy kabi  davlatlar  bilan  yaqin aloqalar o‘rnatgan. Shu bilan birga SHHT, MDH kabi tashkilotlarning faoliyatida doimiy ishtirokchi hisoblanadi. Prezidentimiz I.A.Karimovning «O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari» deb nomlangan kitobida mamlakatimiz geosiyosiy o‘rni har tomonlama va chuqur tahlil etilgan. Unda O‘zbekiston qulay geostrategik o‘ringa ega ekanligi asoslab berilgan. O‘zbekiston qulay geostrategik o‘ringa egaligidan tashqari O‘rta Osiyo mintaqasining iqtisodiy jihatdan eng rivojlangan mamlakati hamdir. O‘zbekiston Respublikasi O‘rta Osiyoning markazida joylashgan bo‘lib, hududi shimoli g‘arbda Orol dengiz va Ustyurt platosidan, janubda Afg‘oniston bilan Amudaryogacha, sharq va janubi sharq tomonlarda Tyan-Shan va Hisor-Oloy tog‘larigacha cho‘zilgan.

 Hududining eng muhim jihatlaridan biri shundan iboratki, bu yerda qorli cho‘qqilar, baland tog‘ muzliklari, katta vodiylar, keng vohalar bilan birga bepoyon cho‘l va qir-adirlar mavjud.

  O‘zbekistonning maydoni 448,9 ming kv. km, shuning to‘rtdan uch qismini tekisliklar va platolar, qolgan to‘rtdan bir qismini tog‘oldi hududlari va tog‘lar tashkil etadi. Hududning katta qismida mo‘tadil iqlim, faqat chekka janubida subtropik iqlim hukmron. O‘zbekistonning makrogeografik o‘rni noqulay. U Dunyo okeanidan ancha uzoqda, materik ichkarisida joylashgan. Dunyo okeaniga chiqish uchun shimol tomonda Qozog‘iston va Rossiya (Novorossiysk, Naxodka), Latviya (Klaypeda) portlari, janubi g‘arb tomonda Fors ko‘rfazidagi (Bandyr-Abbos) portga Turkmaniston va Eron hududlari orqali avtomobil va temiryo‘llarda borish mumkin. Undan tashqari Qirg‘iziston va Xitoy hudud­lari orqali (Toshkent-Andijon-O‘sh-Ergashtom-Qashqar-Tinch okean) Tinch okeanga, Afg‘oniston va Pokiston hududlari orqali hind okeaniga chiqish imkoniyatiga ega. Ammo oxirgi yo‘nalish to‘g‘risida Afg‘onistondagi siyosiy vaziyat yanada yaxshilangandan keyingina so‘z yuritish mumkin.

  O‘zbekistonning mezogeografik o‘rni ham makrogeografik o‘rniga o‘xshab ketadi. Shu bilan birga mamlakatning mikrogeografik (ya’ni O‘rta Osiyo mintaqasidagi) o‘rni qulay deb baholanadi. O‘zbekiston O‘rta Osiyo mamlakatlari o‘rtasida joy­lashgan, shuning uchun uning hududi boshqa mamlakatlar uchun ko‘prik vazifasini bajaradi.

  O‘zbekiston xilma-xil tabiiy, ayniqsa, mineral resurslarga boy mamlakat. U O‘rta Osiyo mamlakatlari ichida iqtisodiy jihatdan eng rivojlangan davlatdir. Unda sug‘orma dehqonchilik va u bilan bog‘liq paxtachilik, ipakchilik va qorako‘lchilik yuqori darajada taraqqiy etgan. Shu sababli, O‘zbekiston paxta, pilla yetishtirish hamda qorako‘l teri tayyorlash bo‘yicha jahon mamlakatlari orasida yuqori o‘rinlarni egallab kelmoqda.

 O‘zbekiston rivojlangan sanoat majmuiga ega. Sanoat tarmoqlari ichida elektroenergetika, yoqilg‘i sanoati, mashinasozlik (traktorsozlik va qishloq xo‘jaligi mashinasozligi, avtomobilzoslik), kimyo va neft-kimyosi, qurilish materiallari, yengil va oziq-ovqat sanoati katta ahamiyatga ega.

  O‘zbekistonda 2005-yilda 3,0 mln tonna ko‘mir, 5,4 mln tonna neft, 60 mlrd kub m tabiiy gaz qazib olindi, Tabiiy gazning deyarli 20 foizi eksport qilinadi. Mamlakatimiz dunyoda oltin, kumush, qo‘rg‘oshin, rux, mis va uran rudalari qazib olishda ham yuqori o‘rinlarni egallaydi.

  O‘zbekiston kimyoviy xomashyo resurslari (osh va kaliy tuzlari, fosforlar), bezak toshlari (granit, marmar) va qurilish  materiallarining katta zaxiralariga ega. Bularning barchasi jahon miqyosida mamlakat obro‘sini ko‘taradi va uni dunyoga mashhur qiladi.

Shu bilan birga, mineral resurslar, ayniqsa, strategik ahamiyatga ega resurslarning (oltin, gaz) katta zaxiralari mavjudligi O‘zbekistonning geostrategik ahamiyatini oshiradi. Agar mineral resurs- larga yer-suv resurslari qo‘shilsa, mamlakat ahamiyati yanada yuqoriga ko‘tariladi. Chunki yer-suv resurslari asosida dehqonchilik ekinlari yetishtiriladigan sug‘orma dehqonchilik rivojlangan. Respublikada 4 mln gektarga yaqin sug‘orma yerlar mavjud. Bu MDH mamlakatlari ichida Rossiyadan keyingi ikkinchi ko‘rsatkichdir. Sug‘orma yerlarning deyarli 95 foizi haydaladigan yerlardan iborat. Haydaladigan yerlarga yana bahorikor dehqonchilik yerlari ham qo‘shiladi. Haydaladigan yerlarning umumiy maydoni 4 mln gektardan oshadi.

  Inson resurslarining 55,2 foizini mehnat resurslari tashkil etadi.

  O‘zbekiston aholisining soni 2006-yil 1-yanvar ma’lumotlariga ko‘ra 26,3 mln ga yetdi. Shundan 14,4 mln kishi mehnat resurslarini tashkil etdi. O‘zbekiston aholi soni bo‘yicha jahondagi 230 ta mamlakat ichida 37-o‘rinni egallaydi. Jami aholining 36,1 foizi shahar va shaharchalarda, 63,9 foizi qishloq joylarida istiqomat qiladi. Shahar aholisining hissasiga ko‘ra O‘zbekiston O‘rta Osiyoda Turkmanistondan keyingi o‘rinda turadi. Lekin mintaqadagi shahar va shaharchalarning asosiy qismi, shu jumladan, yirik va katta shaharlarning ko‘pchiligi O‘zbekistonda joylashgan. O‘zbekiston dunyo miqyosida tabiiy gaz qazib olish bo‘yicha 5-6-o‘rinlarni egallaydi. Mamlakat aholi jon boshiga hisoblaganda elektroenergiya (1800 kVt/soat), mineral o‘g‘itlar, sement ishlab chiqarish bo‘yicha ham jahon mamlakatlari ichida munosib o‘rinlarni egallaydi hamda qator Osiyo va Afrika mamlakatlaridan oldinda turadi.

O`zbekiston dunyo hamjamiyati va siyosiy xaritasida o'ziga xos mavqega ega. U hozirgi kunda Birlashgan Millatlar tashkilotiga a’zo bo‘lgan 193 davlatdan biri hisoblanadi. O'zbekiston Respublikasi BMTga 2-mart 1992-yilda qabul qilingan.



O`zbekiston Yevrosiyo va Markaziy Osiyoning deyarli qoq o'rtasida joylashgan. Respublika hududi g‘arbdan sharqga 1425 kmga cho'zilgan, shimoldan janubgacha masofa esa 930 km. Eng baland nuqtasi Hazrat Sulton cho‘qqisi (Hisor tizmasi) dengiz sathidan 4643 m balandlikda, eng past nuqtasi Mingbuloq botig‘i -12 m.

Davlat ehegaralarining umumiy uzunligi 6221 km bo‘lib, shundan 2203 km yoki 1/3 qismi Qozog‘iston Respublikasiga, 1721 km Turkmanistonga, 1161 km Tojikistonga, 1069 km Qirg‘izistonga va 137 km Afg‘oniston Respublikasiga to‘g‘ri keladi.O`zbekistonning mikroiqtisodiy geografik o'rni (hududning o‘ziga qo‘shni bo‘lgan davlatlarga nisbatan tutgan o'rni) ancha qulayligi bilan xarakterlanadi. Bu holat, avvalo, uning Markaziy Osiyo respublikalarining qoq o'rtasida joylashganligi va barcha mintaqa davlatlari bilan to'g'ridan to'g'ri chegaradoshligi tufayli kelib chiqadi. O'zbekistonning mikro IGO' qulayligi qo'shni respublikalar bilan barcha turdagi quruqlik transport (avtomobil, temiryo'l, quvur) tuzilmalari bilan nisbatan yaxshi bog'langanligida ham o'z ifodasini topadi. Mikro IGO'dagi bunday qulayliklar tarixiy davrlardan hozirgacha O'zbekistonni mintaqa davlatlari orasida aholisi eng zich, yirik shaharlarga boy, iqtisodiyoti nisbatan rivojlangan darajaga olib chiqqan.O`zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.A.Karimov «O'zbekiston XXI asr bo'sag'asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari» kitobida bu borada quyidagi fikmi keltirgan: «O'zbekistonning hududiy makon xususiyatlari, uning geografik o'rni bizning ichki va tashqi siyosatimizni tanlash va amalga oshirishda katta ahamiyatga ega... O'zbekiston bugungi kunda qo'shni davlatlar Qozog'iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va Afg'oniston o'rtasida bog'lovchi halqa vazifasini o‘taydi. Bulaming barchasi respublikaning jahon iqtisodiyotiga integratsiyalashuvi, diet el investitsiyalarini jalb qilish, O'zbekistonni davlatlar o'rtasida o'zaro foydali hamkorlikning, tovarlar va kapital tranzitining o'zida xos mintaqaviy markaziga aylantiradi».O'zbekistonning bunday qulay iqtisodiy-ijtimoiy imkoniyatlari har bir qo'shnilari tomonidan aholisi zich joylashgan tutash (kontakt) hududlarda (Farg‘ona vodiysi, Zarafshon, Quyi Amudaryo mintaqalari, Surxondaryo viloyati) hozirgi davrda ko'plab turli ixlisosdagi respublikalararo hududiy ishlab ehiqarish majmualari, qo'shma korxonalardan tortib erkin iqtisodiy hudularni tashkil qilishgacha keng imkoniyatlar beradi. Markaziy Osiyo mintaqasida mavjud bo'lgan transchegaraviy daryolar va yo'llar muammolari hal etilishi respublika mikrogeografik o‘rnining yanada qulaylashuviga olib keladi.Yaqin atrofida joylashgan davlatlar (Rossiya Federatsiyasi, Afg'oniston, Eron, Kavkaz respublikalarijga nisbatan O'zbekistonning mezoiqtisodiy geografik o'rni (yaqin mintaqalarga nisbatan tutgan o‘rni) o'rtacha qulayliklarga egaligi bilan tavsillanadi. Mezo IGO‘ni bunday baholanishining sababi shundaki, O`zbekiston bir tomondan, Kavkaz respublikalari, ayniqsa, Rossiya Federatsiyasi bilan, asosan, zamonaviy transport vositalari orqali samarali bog`langan va bu davlatlar bilan an’anaviy ravishda ko‘p tomonlama yaqin aloqalar olib boradi. Jahon davlatlari orasida eksport-import aloqalari hajmiga ko‘ra, Rossiyaning yetakehilik qilib kelayotganligi buning isbotidir. Ikkinchi tomondan, janubda joylashgan va O'zbekistonning mezo IGO‘ guruh davlatlari toifasiga kiruvchi Afg'oniston, Eron davlatlari butun o'tgan tarixiy davrlar davomida respublikamiz bilan har tomonlama keng ijtimoiy aloqada bo'lib kelgan bo'lsa-da, hozir­gi vaqtda bunday aloqalarni olib borishga mavjud texnik va siyosiy qiyinchiliklar to'siq bo'lib turibdi.Davlatlararo iqtisodiy va ijtimoiy aloqalarning yanada samarali natijalar berishi uehun jahonning uzoqroq mamlakatlari bilan bog'lanish, boshqacha aytganda, makrokengliklar talab etiladi. Ammo, dunyo mamlakatlari bilan iqtisodiy aloqa o'rnatishda materik iehkarisida joylashgan davlatlar dengiz bo'yidagilarga nisbatan bir qancha noqulayliklarga duch keladi. O'zbekiston yaqin dengizlarga chiqishi uchun kamida ikki davlat hududini bosib o'tishiga to`g‘ri keladigan jahondagi kamdan kam davlatlaridan biri boiganligi sababidan makroiqtisodiy geografik o'rni (jahon davlatlariga nisbatan tutgan o‘rin) nisbatan noqulaydir. Mustaqillik yillarida turli yo‘nalishlarda O`zbekistonni dunyo okeani bilan bog`lovchi xalqaro yo‘l loyihalarida faol ishtirok etishi mazkur holatni biroz yengillashtiradi.O`zbekiston Respublikasining siyosiy geografik o'rni klassik geosiyosatchilar tomonidan ajratilgan Yevrosiyoning ichki kontinental qismi, ya'ni Xartlend (ingl. Heartland - "dunyoning yuragi”), hamda Yevrosiyoning janubi-g'arbiy dengizga yaqin mintaqasi Rimlend (Rimland "ichki yarim oy”)ning o‘zaro tutashgan hududda joylashganligi bilan tavsiflanadi. Bu holat esa jahonda yetakchilikni qo'lga kiritishni rejalashtirayotgan ko'plab davlatlarning respublikamizga nisbatan geosiyosiy qiziqishlarining yuzaga kelishiga sabab bo'lmoqda.Bundan tashqari, O'zbekistonning qulay transport geografik o'ringa egaligi, davlatimizning strategik resurslar hisoblanmish - neft, gaz, oltin, uran va boshqa ko'plab yerosti va usti boyliklariga egaligi, qu­lay tabiiy iqlim sharoiti, insoniyat tarixiy taraqqiyoti va sivilizatsiyasida salmoqli o'rin tutishi, katta demografik salohiyatning mavjudligi uning o'ziga xos geosiyosiy imkoniyatlarga egaligini ko'rsatib beradi.Shu bilan birga, uning siyosiy geografik o'rniga salbiy ta'sir ko'rsatuvchi omillar ham mavjud. Xalqaro terrorizm va diniy ekstremizm xavfi, respublikamiz hududini narkotrafik yo'laklari sifatida foydalanishga harakat, global miqyosdagi ekologik muammolar, turli davlatlar orasidagi geosiyosiy raqobat, Afg'onistondagi beqaror siyosiy vaziyat O'zbekiston mazkur geografik o'rin ko'rinishiga ta’sir etuvchi salbiy omillar bo'lib hisoblanadi.

Mazkur salbiy holatlarni bartaraf etish maqsadida respublika rahbariyati tomonidan katta miqyosdagi ishlar amalga oshirilgan.Respublikamizning birinchi Prezidenti I.A.Karimov BMT Bosh Assambleyasi yig'ilishlaridagi ma’ruzalarida jahon hamjamiyati diqqatini birinchi navbatda aynan Afg'oniston va Orol muammolariga qaratishga undagan edi. Respublikamizning Afg'oniston muammosini hal qilish bo'yicha "6+2” guruhidagi faoliyati qo'shni davlatda tinchlikni o'rnalish, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga yordam berishga qaratilgan. BMT rahbarlarining yurtimizga tashrifi chog'ida Orol dengizi muammosiga  e’tibor  qaratishlari natijasida  u  xalqaro  ekologik  muammolar qatoridan  joy  oldi  hamda  buning natijasida  ushbu  muammoga  turli davlatlar e’tiborini jalb qilishga erishildi. 

 Markaziy  Osiyo  davlatlari  o‘rtasidagi  transchegaraviy  daryolar, O‘zbekiston-Qirg‘iziston  o‘rtasidagi  eksklav  (tegishli  davlat  hududining  asosiy  qismidan boshqa  davlat  hududi  bilan  ajralib  turgan  yerlar)  va  ba’zi  chegara  hududlari, Tojikiston  bilan  davlat  chegarasida oxiriga  yetkazilmagan  delimitatsiya  (chegara  chizig‘ini  aniqlashtirib, mustahkamlash)  ishlari  bo‘yicha  yuzaga  kelgan  muammolar  birinchi navbatda  hal  qilinishi  lozim  bo‘lgan  muhim  geosiyosiy  muammolardan bo‘lib hisoblanadi. Hududi  yadroviy  quroldan  xoli  bo‘lgan,  qo‘shilmaslik  siyosatini  qo‘llab-quvvatlovchi davlatga  aylanishni  o‘z  oldiga  maqsad  qilib qo‘ygan  O‘zbekiston  siyosiy,  ijtimoiy-iqtisodiy  muammolarni  hal  qilish,  iqtisodiy  rivojlanishga  erishish  uchun  qator davlatlar  bilan  yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan. Atrof qo‘shnilaridan tashqari, Rossiya Federatsiyasi,  Xitoy kabi  davlatlar  bilan  yaqin aloqalar o‘rnatgan. Shu bilan birga SHHT, MDH kabi tashkilotlarning faoliyatida doimiy ishtirokchi hisoblanadi.

Markaziy Osiyo iqtisodiy jihatdan ham ulkan zahiralarga ega ekani ma'lum.

Mintaqaning iqtisodiy salohiyati uning geosiyosiy ahamiyatini belgilovchi eng

muhim omillardan hisoblanadi. Shu tufayli mintaqa iqtisodiy salohiyatining

geosiyosiy ta'sir doirasiga tortilishi mumkin bo‘lgan jihatlariga nazar tashlash

joiz.Ma'lumki, “manfaatlar to‘qnashuvi” ancha yillar mobaynida Afg`oniston

hududida ro‘y berib keldi. Endilikda so‘z bu to‘qnashuv sahnasining Kaspiy

atrofi yoki mintaqaning boshqa hududlariga ko‘chish ehtimoli haqida bormoqda.

Markaziy Osiyoda vujudga kelishi mumkin bo‘lgan vaziyatni AQShning taniqli

tadqiqotchilaridan biri – Z.Bzejinskiy “Buyuk shaxmat taxtasi” asarida o‘ziga

xos tarzda talqin qiladi. Uning yozishicha, 1993-2015 yillar oralig‘ida dunyoda

energetika zahiralariga bo‘lgan ehtiyoj 50 foizga ko‘tarilishi kutilmoqda. Shu

nuqtai nazardan yangi-yangi energetika zahiralarini izlab topishga bo‘lgan

ehtiyoj yetakchi davlatlarni ushbu zahiralarga boy hududlar tomon, xususan

Markaziy Osiyo tomon chorlashi aniq. Tabiiy zahiralarga boy va ayni paytda

millatlararo munosabatlar, tarixiy hududlar masalalari jihatdan notinch bo‘lgan

mintaqada millatlararo, hududiy negizda turli nizolarni keltirib chiqarishga

urinishlar bo‘lishi mumkin.O’zbekiston tashqi siyosatining muhim yo’nalishlaridan biri MarkaziyOsiyo mintaqasidagi yangi mustaqil davlatlar - Qozog’iston, Qirg’iziston,Tojikiston va Turkmaniston bilan hamkorlik, qardoshlarcha do’stlik aloqalarini mustahkamlashga qaratilgan.


Besh davlat Qirg’iziston, Qozog’iston, O’zbekiston, Tojikiston,

Turkmaniston rahbarlari hamdo’stlik haqidagi bitimga imzo chekishdi. Shu

tariqa jahon siyosiy so’zligida «Markaziy Osiyo» degan yangi atama yangi

mazmun bilan paydo bo’ldi.Hamdo’stlikka a'zo bo’lgan mamlakatlar xalqaro huquq normalariga to’laamal qilgan holda davlat tizimiga, boshqaruv usuliga va bir-birining ichkiishlariga aralashmaslik, har bir davlat Konstitutsiyasini hurmat qilish va tanolish, faqat iqtisodiy va madaniy hamkorlikni yo’lga qo’yish, yagona bozor, molayirboshlash imkoniyatlarini kengaytirish, bojxona va chegaralardagi sun'iyto’siqlarni bartaraf etish chora-tadbirlari ko’rib chiqildi.

Ayni paytda Markaziy Osiyo mintaqasida joylashgan davlatlarda o’ziga xos

tabiiy ishlab chiqarish imkoniyatlari mavjud. Sobiq SSSR davrida qazib olingan

ko’mirning qariyb 20 foizi, gazning 18 foizi, oltinning 33 foizi, o’simlik

yog’ining 26 foizi, paxtaning 92 foizi ana shu mintaqa hisobiga to’g’ri keladi.

Shu masalaning o’zidayoq boy, dehqonchiligi taraqqiy topgan, xazinalari

behisob bo’lgan mamlakatlarning o’zaro hamkorligini yo’lga qo’yish qanchalik

samarali ekanligi ko’zga yaqqol tashlanadi.

Uchrashuvda 1992-yilda Tojikistonda boshlangan birodarkushlik urushi

to’g’risida fikr almashindi va Tojikistonga yordam berishga kelishildi. Mintaqa

havfsizligini mustahkamlash yuzasidan maslahatlashib olindi.

Bundan tashqari, tomonlar bir-birlariga elchilar yuborishga ahdlashdilar.

Orolni saqlab qolish xalqaro jamg’armasini tuzish to’g’risida qaror qabul qilindi.

Yagona mintaqa bozorini vujudga keltirish, don, energetika bo’yicha

hamkorlik qilishga kelishildi. Fors ko’rfazi, Tinch okeanga chiqish masalalari

muhokama qilindi. Xullas, Markaziy Osiyo Respublikalari boshliqlarining

Toshkent uchrashuvi tarixiy voqea sifatida o’z o’rniga ega bo’ldi1.

1993-yil 26-martda Qizil O’rdada Markaziy Osiyo davlat boshliqlarining

Rossiya davlat delegatsiyasi ishtirokida birinchi anjumani bo’lib o’tdi.

Orolbo’yi muammolarini hal etish, Orol mintaqasini sog’lomlashtirish va

ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini ta'minlash to’g’risida bitim imzolandi. Orol

dengizi havzasi muammolari bilan shug’ullanuvchi davlatlararo Kengash tuzildi.

Orolni qutqarish xalqaro jamg’armasi ta'sis etildi. N. Nazarbayev bir yil

muddatga shu jamg’armaning Prezidenti etib saylandi.

Uchrashuv qatnashchilari Qozog’iston, Qirg’iziston, O’zbekiston,

Tojikiston, Turkmaniston va Rossiya nomidan BMT Bosh kotibi Butros

G’oliyga maktub yo’llab, Orol bo’yidagi murakkab ahvol va ro’y bergan

muammolarni hal etish uchun belgilangan chora-tadbirlar haqida, shuningdek,

Orol dengizi havzasi muammolarini hal qilishga jahon hamjamiyatining diqqat e'tiborini jalb qilish zarurligi to’g’risida uni xabardor etdilar.

1993-yil 28-iyulda Almatida Qozog’iston va O’zbekiston o’rtasida

1994-2000-yillarda iqtisodiy integratsiyani chuqurlashtirish chora-tadbirlari

to’g’risida bitim imzolandi.

FOYDALINLAGAN ADABIYOTLAR



10-SINF GEOGRAFIYA DARSLIGI
AMALIY GEOGRAFIYA
INTRNET SAYTLARI
www.ziyonet.com
Download 33,92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish