O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq (mintaqaviy) markazi


O’zbekistonda turizmni rivojlantirishning istiqbollari



Download 114,79 Kb.
bet9/20
Sana03.07.2022
Hajmi114,79 Kb.
#736727
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   20
Bog'liq
zarur

O’zbekistonda turizmni rivojlantirishning istiqbollari
O’zbekiston Respublikasining turizm soxasi jaxon turistlik jarayonining ajralmas tarkibiy qismi bo’lib, Butun jaxon turistlik tashkilot ekspertlarining bashorati buni to’la tasdiqlamokda.
Taxlillar shuni ko’rsatmokdaki, keyingi yillardagi barcha siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy beqarorliklarga qaramay, mamlakat turizm soxasi davlat investitsiyalarisiz va dotatsiyalarisiz maxsulotlar va xizmatlar ishlab chiqarish xajmini oshirib borayotgan halq xujaligi tarmoqlaridan biridir. Uzbekiston zamonaviy turizm industriyasini rivojlantirish uchun barcha zarur manbalarga ega. Buyuk Ipak yuli ustida joylashgan Vatanimiz qulay tabiiy-iqlim sharoitlariga boy tarixiy, madaniy merosga va ayni paytda xam ichki, xam xalkaro turizmni rivojlantirish uchun yuqori saloxiyatga ega.
Yuqorida ko’rsatilgan omillarga muxim axamiyat berilar ekanmiz O’zbekiston Respublikasida ham turizm soxasini rivojlantirish borasida bir kator chora tadbirlar amalga oshirilmokda. Jaxon moliyaviy iqtisodiy inqirozi sharoitida tashqi va ichki muxitning tez o’zgarib turishi munosabati bilan O’zbekistan turizm bozorini rivojlantirishda xam bir qator muammolar mavjudligini tan olish zarur. O’z navbatida bunday xolat turizm tarmog’iga valyuta mablag’lari va mamlakatimiz xamda xorijiy investorlar tomonidan quyiladigan investitsiyalar xajmining kamayishiga olib keladi. Butun dunyoda turizmning rivojlanishi katta foyda keltirmokda va milliy iqtisodiyotning rivojlanishiga kumaklashmoqda. Bu o’z navbatida xozirgi kunda O’zbekistan iqtisodiyoti uchun xam muximomildir.
Turizm bozori doimiy rivojlantirish va nazorat kilish asosida boshkarishga muxtoj bulib, bunda ilmiy va oqilona rejalashtirish tamoyillaridan foydalanish zarur. Shundagina turizm davlatga katta iqtisodiy foyda keltirishi, shuningdek ekologik shart-sharoit va jamiyatdagi ijtimoiy-madaniy jarayonlarga yaxshi ta’sir kursatishi mumkin. O’zbekiston Respublikasining «Turizm tug’risida»gi K,onuni turizmni rivojlantirish buyicha milliy, mintakaviy, maxalliy dasturlar ishlab chikish, ushbu yukori rentabelli iktisodiyot tarmoFining oyokka turishi uchun meyoriy-xukukiy baza yaratish asosida turizm soxasida davlat siyosatini amalga oshirishni nazarda tutadi.
Sunggi yillarda davlat tuzilmalarining turizmga nisbatan munosabati keskin uzgarmokda. Ular turizmda milliy iqtisodiyotning usishini, bozor munosabtlarini shakllantirish, davlat budjetiga katta mablaglar tushishining amaliy usulini, bush vaktdan okilona foydalanishni, dam olish vaktini mazmunli utkazish shaklini va axolini mamlakatning tarixiy- madaniy kadriyatlariga jalb kilish usullarini kurmokdalar. Xorijiy mutaxassislar O’zbekiston Respublikasini uning nodir tabiiy resurslari va tarixiy-madaniy merosi tufayli turistlik jixatdan istikboli porlok mamlakatlar jumlasiga kiritadilar.
O’zbekistonning milliy-madaniy tiklanishi sharoitida ichki turizmning roli tobora ortib bormokda. Shuning uchun Uzbekiston turistlik firmalarining rejalarida uning ijtimoiy, iktisodiy va bilish funksiyalarini xar tomonlama kullab-kuvvatlash nazarda tutilgan, chunki bozor munosabatlariga utishda aynan ularga katta zarar yetadi. X,ozirgi kunda sayohat kilmokchi bulganlarning kupchiligi tarixiy-bilish va davolanish, sog’likni tiklash marshrutlarini kam tanlaydilar, ular kuproq savdo kilish va foyda olish uchun chet elga borishni ma’kul kuradilar.
XXI asrda O’zbekiston Respublikasidagi turistlik faoliyatning asosiy maqsadi mexmondustlik industriyasini yanada rivojlantirish uchun tashkiliy-xuquqiy va iqtisodiy muxit yaratish, respublikamiz tabiiy va tarixiy-madaniy saloxiyatidan samarali foydalanish asosida raqobatbardosh turistlik xizmatlar bozorini shakllantirish, uning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlari va ekologik xavfsizligini ta’minlashdir. Ushbu maqsadlarga erishish uchun quyidagi asosiy vazifalarni xal qilish talab etiladi:
- turistlik soxani moliyaviy-iqtisodiy tartibga solishning samarali
mexanizmlarini joriy kilish, mablag’ bilan ta’minlash manbalarini
aniqlash, bu tarmoqdagi investitsiya siyosatining eng maqbul modelini yaratish;
tarmoqni boshkarishning tashkiliy tuzilmalarini takomillashtirish;
mamlakat xududini ilmiy asoslangan xolda turizm destinatsilarga bulish orqali turizmning tabiiy va tarixiy-madaniy saloxiyatidan eng maqbul darajada foydalanishni ta’minlash.
Quyilgan vazifalarni bajarish uchun tarmoq xodimlari O’zbekistan Respublikasining «Turizm tug’risida»gi qonuniga va shu soxada davlat tomonidan tayyorlangan meyoriy-huquqiy xujjatlarga asoslanishlari kerak.


2.3. “O‘zbekistonda tarixiy madaniy turizm sohasining rivojlanishi” modulini keyslar to’plami, amaliy topshiriqlari, mustaqil ta’limini tashkil etishda ta’lim texnologiyalarni qo’llanilishi
Pedagogik texnologiyalarning bugungi kunda eng ommaviylashgan turlaridan biri-bu interfaol metodlardir. Interfaol metodlar talaba va o’qituvchining birgalikdagi faoliyati bo’lib, asosan talabalarni fikrlashga undaydi. Kerakli xulosalarga kelishni, ular o’zini tahlil qilishni va amaliyotda qo’llashni o’rgatadi. O’qituvchining asosiy vazifasi bu yerda talabalarga yo’l ko’rsatish, yo’nalish berish, eng to’g’ri xulosani aytishdan iborat.
Interfaol usullar yana shunisi bilan ham ahamiyatliki, o’qituvchi talabaning fikrini hech qachon keskin rad etmaydi, faqatgina vaqti bilan to’g’ri xulosani aytib o’tib ketadi. Natijada talaba xatosini o’zi tushunib oladi. Bu esa ularni tushkunlikka tushish, fikrlashda tormozlanish kabi holatlarning oldini oladi. Interfaol metodlar talaba va o’qituvchi o’rtasidagi o’zaro hurmatga asoslanadi. O’qituvchi qanday bo’lmasin talabaning fikrini tinglaydi va hurmat bilan qarashini bildiradi, shu bilan birga talabalarni bir-birlarini tinglashga o’rgatadi. E’tirozlar, qo’shimchalar ham “hurmatli”, “sizning fikringizga qo’shilgan holda”, “bizning ham ayrim fikrlarimiz bor edi” kabi so’zlar orqali bildiriladi. Bunday tarzda tashkil etilgan darsda talaba o’zini hurmat qilinayotganligini sezadi va bunday sharoitda hech qanday tazyiqsiz erkin fikrlay boshlaydi va uni ochiq bayon eta oladi. Ushbular bilan birgalikda u boshqalarni ham hurmat qilishga o’rganadi.
Interfaol metodlar talabalarda doimiy faollikni ta`minlaydi.
Talabalar dars davomida bo’sh qolmaydilar, ular mavzuga oid biror bir muammo bilan band bo’ladilar. Natijada esa zerikish holatining oldi olinadi.
Bugungi kunda bir qator rivojlangan mamlakatlarda o’quv va ijodiy faollikni oshiruvchi hamda ta`lim-tarbiya jarayonining samaradorligini kafolatlovchi pedagogik texnologiyalarni qo’llash borasida boy tajriba to’plangan bo’lib, ushbu tajriba asoslarini tashkil etuvchi metodlar o’ziga xos ahamiyatga egadir.
Zamonaviy dars berishda “interaktiv” metodlarining o’rni katta bo’lib, ko’p hollarda “interfaol” deb yuritiladi, “interaktiv” atamasi inglizcha “inter”-o’zaro, “akt”-harakat qilmoq ma`nosini bildiradi. Interfaol ta’limning mohiyati-o’quvchilarni bir-birlaridan o’rganishlariga yo’naltirilgan ta’lim ekanligi3.
Interfaol o’qitish metodi deganda muammoli vaziyatni hal etish uchun ta’lim oluvchilar o’rtasida munozara, erkin fikr almashinuvini tashkil etish “aqliy hujum texnologiyasidan” foydalanish mumkin. Kichik guruhlarda o’qitish va umuman o’quvchilar bir-birlarini o’qitish prinsipida dars olib borishni ham tushunish mumkin.
Demak, interfaol usullarni qo’llash natijasida talabalar hozirjavoblikka o’rganadi, ularning lug’at boyligi ko’payadi, ilmiy-nazariy bilimi yanada mustahkamlanadi va darsga qiziqishini orttiradi va intilishga olib keladi.

O‘zbekistonda tarixiy madaniy turizm sohasining rivojlanishi” mavzusi yuzasidan keys-stadi



Download 114,79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish