3.2. Sud psixologiyasining tadqiqot metodlari.
Sud psixologiyasi quyidagi tadqiqot metodlariga ega. Kuzatish metodining asosiy jihati shundaki, tadqiqot jarayonida insonning odatiy faoliyat tarzi buzilmaydi. Ushbu metod orqali obyektiv natijalarga erishish uchun bir qator shartlarga rioya etish zarur: qaysi qonuniyatlar qiziqtirayotganligini oldindan belgilash, kuzatish dasturini to’g’ri tuzish, asosiysi, kuzatuvchining o’rganilayotgan shaxslar muhitidagi o’rnini aniqlab olish zarur.
Ushbu talablarga rioya etish sud psixologiyasida o’rganiladigan vaziyatlar uchun juda muhim hisoblanadi. Kuzatish natijalarini qayd etishda texnik vositalar, birinchi navbatda, kuzatilayotgan shaxsning nutqini magnit tasmasiga yozishdan foydalanish mumkin. Ba’zi hollarda fotosurat va kinotavsirga olishni ham qo’llash yaxshi samara beradi. Dastlabki tergovda texnik vositalardan faqat protsessual qonun doirasida foydalanish mumkin.
Tergov harakatining shu tariqa olingan va qayd etilgan natijalari ayni vaqtda dalillarni mustahkamlash metodi hamda muayyan sharoitlarda shaxsning xatti-harakatini kuzatishning qayd etilgan natijasi sifatida baholanishi mumkin. Masalan, ayblanuvchini so’roq qilishda amalga oshirilgan magnitofon yozuvini eshitib, uning hissiy holatiga doir ma’lumotlarni aniqlash mumkin. Kuzatish nafaqat psixolog-tadqiqotchi, balki tahlil ma’lumotlaridan jinoyatchilikka qarshi kurashda foydalanish uchun tegishli axborot olishi zarur bo’lgan har qanday mansabdor shaxs tomonidan o’tkazilishi mumkin. Xususan, kuzatishni tergovchishaxsga to’g’ri tashxis qo’yish (uni diagnostika qilish) maqsadida qo’llashi mumkin.
So’roq qilinayotgan shaxsning jinoyat hodisasiga aloqasi bo’lishi mumkinligiga doir axborotni olishda uning mimikasi va imo-ishorasini kuzatish katta ahamiyatga ega. Bunday kuzatish natijalarini bir tomonlama subyektiv baholashning oldini olish uchun kuzatuvxolisona o’tkazilishi, kuzatish chog’ida olingan barcha faktlar qayd etilishi va kuzatish natijalari yetarlicha ilmiy talqin etilishi kerak. Tergovchi tintuv qilinayotgan shaxsning xatti-harakatini kuzatish va ushbu kuzatish natijalarini tahlil qilish orqali juda muhim ma’lumotlarga ega bo’lishi mumkin. Tadqiqotlar avvalo amerikalik olimlar K.Xall va V.Skinnerlar nomi bilan bog’liq..
Ular va ularning izdoshlari hisoblangan K.Miller, D.Dollard, Dj.Tibo, G.Kelli va
boshqalar diada – ikki kishi o’rtasidagi munosabatlarning xilma-xil eksperimental
ko’rinishlarini tadqiq qilib, ularda matematik o’yin nazariyasi elementlarini
qo’lladilar. Diada sharoitida laboratoriyalarda o’tkazilgan tadqiqotlarda asosan
mustahkamlash g’oyasini isbot qilishga urinildi. Klassik bixeviorizmdan farqli
o’laroq, ijtimoiy psixologik bixevioristlar hayvonlar o’rniga laboratoriyaga naqd
pulga odamlarni taklif eta boshladilar, shuning uchun ham ularning g’oyasida
biologizm va mexanizm tarzda ilgarigi hayvonlarda to’plangan dalillar modelini
insonlarda qo’llash hollari kuzatildi.
Xulosa.
Sud tizimining to'g'ri ishlashi uchun qonun va psixologiya o'rtasidagi hamkorlik zarurati tobora ko'proq namoyon bo'lmoqda. Psixologiya va huquq umumiy ravishda o'zlarining aralashuv ob'ekti bilan ajralib turadi, bu esa insonning xulq-atvoridan boshqa narsa emas.
Sud eksperti o'z tajribasi va aniq bilimlari asosida bevosita sud ishi bilan bog'liq bo'lgan psixologik baholashni amalga oshirishga mas'uldir.
Shu nuqtai nazardan, sud-psixolog mutaxassisi ilmiy asoslarsiz shaxsiy fikrlarini bildirmasligi, professional fikrlarni (masalan, psixopatologiyaning mavjudligi) to'g'ri baholanmagan holda chiqarmasligi, baholashning nomuvofiq usullaridan foydalanmasligi, xolis bo'lishi va siz majbur qilishingiz shart. tasdiqlangan ma'lumotlardan foydalaning. Bundan tashqari, sud ekspertining xulosasi takrorlanishi kerak.
Sudda esa ko‘rilayotgan ishda psixologik mazmundagi vaziyatlarning mavjudligi haqida va ularning tergov jarayonida o‘z yechimini topmaganligiga shubha tug‘ilgan holatlarda sudya tomonidan chiqarilgan qarorga binoan sud psixologik ekspertizasi tayinlanadi. Bu xildagi protsessual hujjatlarda ekspertizadan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan shaxs, uning sodir etgan jinoiy xatti-harakati haqidagi qisqacha bayonnoma hamda ushbu sodir etilgan jinoiy xatti-harakatda psixologik mazmundagi holatlarning mavjudligiga asoslanib, sud psixologik ekspertizasini tayinlash zarurligi to‘g‘risidagi fikr aks etgan bo‘lishi lozim. Shuningdek, ushbu hujjatda ekspert aniqlanib, uning oldiga hal qilinishi lozim bo‘lgan savollar qo‘yilishi kerak.
ayrim hollarda psixologik eksperiment o‘tkazish jarayonida tergovchining qatnashishi sinaluvchi uchun teskari ta’sir qilishi, ya’ni uning ko‘nglidagi fikr-mulohazalarini ochiq-oydin ayta olmasligiga olib kelishi mumkin. Shuningdek, ayblanuvchi o‘z jinoyatini tergov jarayonida tan olmagan bo‘lsa, psixologik ekspertiza jarayonida jinoyatni sodir etganligini bo‘yniga olishi mumkin. Bunday vaziyatda ekspert ayblanuvchining jinoyatni sodir etganligini tan olganligini ta’kidlab, jinoyatning sodir etilish holatlarini ekspertiza xulosasida ko‘rsatishi maqsadga muvofiq. Bizning nazarimizda, psixologik ekspertizaning bunday vaziyatlarni yoritib berishi ko‘rilayotgan ishning muvaffaqiyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Biroq, unutmaslik kerakki, psixologik ekspert ushbu xulosalarni faqat o‘rganilayotgan ayblanuvchiga nisbatangina berishi zarur. Agarda ekspertiza uchun qo‘shimcha ma’lumotlar olinishi lozim bo‘lsa, ekspert-psixolog boshqa mutaxassislarni ham ekspertizaga taklif qilish huquqiga ega. Sudda sud psixologik ekspertizasini o‘tkazish dastlabki tergov jarayonida o‘tkaziladigan psixologik ekspertizaga qaraganda bir qator o‘ziga xosliklarga egadir. Xususan, sudda ekspert-psixolog jinoyat ishiga taalluqli bo‘lgan holatlar bo‘yicha, ayblanuvchining jinoyatni sodir etganligini isbotlash jarayonida, uni so‘roq qilishda va hokazolarda bevosita ishtirokchi sifatida qatnashadi. U psixologik tadqiqot jarayoniga zarur boshqa kishilarni taklif etishi va ish yuzasidan yangi daliliy ko‘rsatmalarni talab qilishi ham mumkin.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1. Advice.uz
2. algoritim-centre.ru
3. kompy.info
4. lex.uz
5. O’zbekiston respublikasining Jinoyat Prostsessual Kodeksi.
6. uz.warbletoncouncil.org
7. Umumiy Psixologiya. E.G’oziyev.
8. Yuridek psixologiya. Y.Temirov
3. Wikipedia.org6.
Do'stlaringiz bilan baham: |