O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi mirzo ulug„bek nomidagi o„zbekiston milliy universiteti


Geotizim va ekotizim: o„xshashliklar va farqlar



Download 2,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/111
Sana29.06.2022
Hajmi2,06 Mb.
#718269
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   111
Bog'liq
geoekologiya oquv qollanma

Geotizim va ekotizim: o„xshashliklar va farqlar. 
Odatda atrof-
muhit tizim sifatida qaraladi. Tizimli yondashuvning mazmuni – tizimni
bilishda unga bir butun hosila sifatida qarab, shu bilan birga u o‗zaro 
bog‗liq bo‗lgan bir qancha elementlardan iborat ekanligini ham tan olinadi. 
Tizimli yondashuv asosida tizimni bir butun, shuningdek ayrim qismlardan 
iborat ekanligini ham o‗rganish imkoni mavjud.
Geotizim – bu tushunchaning muallifi akad. V.B.Sochava bo‗yicha – 
bu tabiiy geografik ob‘ekt va tushuncha bo‗lib, geografik qobiqdan boshlab 
fatsiyagacha bo‗lgan tabiiy geografik birliklarni qamrab oladi.
U geotizimlarning uchta ko‗lamini ajratadi: sayyoraviy geotizim 
(geografik qobiq) – eng katta tabiiy birlik, regional geotizim (tabiat 
zonalari yoki tabiiy geografik o‗lkalar, provinsiyalar), topologik 
ko‗lamdagi geotizimlar (landshaftlar va ularning morfologik qismlari). 
Geotizimlar politsentrik xususiyatga ega va barcha komponentlar teng 
ahamiyatli hisoblanadi. Geotizimlar bioekologik tizimlarni ham o‗z 
tarkibiga oladi, ekotizimga nisbatan murakkab tuzilgan va hudud masalasi 
asosiy mezonlardan. 
Ekotizim 
– ekologiyaning asosiy tadqiqot ob‘ekti, tirik 
organizmlarning yashash joylari bilan birgalikdagi tizimi, ular bir-birlari 
bilan modda, energiya va axborotning o‗zaro ta‘siri bilan birlashgan. 
―Ekotizim‖ atamasi ingliz botanigi A.Tensli (1935) tomonidan ilk bor 
taklif etilgan. Ekotizim biror taksonomik qiymat, o‗lchov, murakkablik va 
genetik jihatdan chegaralanmagan. Shuning uchun u tabiatda hohlagan 
hududga yoki biron ob‘ektga mos kelishi mumkin (daraxt yoki hayvon 
tanasi, botqoq, ko‗l, o‗rmon, okean, biosfera). Suv va quruqlik 
ekotizimlarini ajratish qabul qilingan. Ekotizim – biosferani o‗ziga xos 
―hujayrasi‖, ba‘zan biogeotsenoz ekotizimni sinonimi deb ham yuritiladi. 


33 
Ekotizim – bu biologik tushuncha. Ekotizimlar monotsentrik sistema, 
ularda tabiiy muhit va uning abiotik sharoiti organizmlar bilan aloqa nuqtai 
nazaridan qaraladi. Ekotizimda ikki kichik tizim mavjud: ―ho‗jayin‖ va 
―uy-muhit‖. Bu holda ―ho‗jayin‖ ning muhitga nisbatan ustuvorligi yaxshi 
sezilib turadi. Ekotizimda trofik (oziq) zanjir, muhitga adaptatsiya 
hodisalari asosiy bo‗lib, hudud masalasi asosiy mezon emas.
Bu ikki termin tabiatning turli xususiyatlarini aks ettiradi. 
Ekosistema terminini asosan biotani, ya‘ni tirik organizmni muhofaza 
qilish, ulardan oqilona foydalanish masalasi o‗rganilganda (ham ilmiy ham 
amaliy maqsadlarda) qo‗llanilgani ma‘qul. Geotizim terminini esa ham 
jonli komponentlarni, ham jonsiz komponentlarni, umuman atrof-muhitni 
muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish masalasi 
o‗rganilganda qo‗llangani ma‘qul.

Download 2,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish