O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI MIRZO ULUG’BEK NOMIDAGI O’ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI
IQTISODIYOT FAKULTETI – IQTISODIYOT YO’NALISHI
ILMIY MA’RUZA
Mavzu:Orolbo`yini yashillashtirish
Bajardi:Tairov.I
Tekshirdi:Xajibakiyev.Sh
Toshkent 2022
Reja:
1. Orol dengizi bugungi holati
2. Orol dengizi hududidagi ishlar
3. Orol muommosining yechimi,hal qilish yo’llari.
Orol dengizning qurib borishi va uning oqibatlari bugunga kelib dunyoning eng og‘riqli ekologik fojialaridan biriga aylangan. Bo‘shab qolgan dengiz o‘rnidan ko‘tarilayotgan zaharli tuzlar, qum va chang-to‘zon insonlar salomatligi, o‘simlik va hayvonot dunyosiga jiddiy xavf tug‘dirmoqda. O‘zbekiston hukumati Orolbo‘yi fojiasi oqibatlarini bartaraf etish, hudud atrofida bioxilma-xillikni ta'minlash uchun bir qancha ishlarni amalga oshirmoqda. Jumladan, hozirda Orol dengizining qurigan qismida saksovulzorlar barpo etilmoqda. Shuningdek, Orol muammosiga yirik xalqaro tashkilotlar e'tiborini qaratgan holda, hududga ko‘proq investitsiya jalb qilishga intilmoqda. Bundan 50 yil avval Orol dengizida o‘rta hisobda 1082 kub km hajmda suv bor edi, maydoni esa 68 ming kv.kmga teng edi. Shuningdek, har yili Orolga 55-58 kub km suv quyilardi. Buning 2\3 qismi Amudaryo va qolgan qismi Sirdaryodan quyilardi. Oroldagi holat mo‘tadil paytlarda suv tarkibidagi tuz miqdori 11-12 gr litrni tashkil qilardi. Bu degani Orol hududidagi rivojlanishga eng mo‘tadil sharoit yaratilgandi. Maydoni 10 barobarga, suv hajmi esa 15 barobarga kamayib ketgan. Orolning sathi 29 metrga tushib ketdi. Bu o‘rta hisobda 10 qavatli uyning balandligiga to‘g‘ri keladi.
2020-yilning bahor faslida Orol dengizining qurigan tubida 706,4 ming ga maydonda saksovul, kandi, cherkez va boshqa turdagi tuzga chidamli o‘simliklar ekilgan edi. Bugungi kunga kelib ular bo‘y cho‘zmoqda. Shuningdek, 2021-yilda Orol dengizi va Orol bo‘yi hududlarida 550 000 kg saksovul, 20 000 kg qandim, 860 000 kg qorabaroq va 80 000 kg boshqa yaylov, cho‘l o‘simliklari tuxumidan jami 1375 000 ga yerga ekilishi rejalashtirilgan. Orolbo‘yi mintaqasida ekologik fojianing oqibatlarini yumshatish hamda mavjud ahvolni yaxshilash uchun 2 million gektar yangi daraxtzor va o‘simlik maydonlari barpo etildi. Orol dengizi mintaqasiga moslashgan o‘simliklarning sanoat plantatsiyalarini yaratildi.
-6 ta o`rmon xo`jaligini moddiy-texnik ta`minlash;
-5 ta o`rmon xo`jaligining suv ta`minoti uchun quduqlar;
-6 ta o`rmon niholxonalari tashkil qilish;
-4 ta o`rmonlarni himoya qilish laboratoriyasi;
-Orol dengizi tubida o`rmon ekinlarini kengaytirish-90 ming ga;
-2 ta madaniy plantatsiyalarnitashkil etsh va to`qay o`rmolari maydonini kengaytirish;
-Orol dengizining O`zbekiston tomonidagi qurigan tubi qismidagi o`rmonzorlar bilan qoplangan maydon ulushini 60 foizga yetkazish.
Xulosa
Qayta tiklash loyihalari Orol dengiziga butun oqimni hech qachon to'liq tiklamasa ham va ushbu ishlar davom ettirilsa, bu ko'plab mahalliy o'simlik va hayvonot dunyosini qaytarishga yordam beradi, shuningdek, dengiz atrofida joylashgan hududlar holatini biroz bo`lsada yaxshilaydi hamda ularning aholi hayotini va mahalliy iqtisodiyotni tiklashga umid beradi, deb o`ylaymiz.
Manbaa
https://lex.uz -O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 25.01.2022 yildagi 41-son
https://infocom-m.ru/uz-Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi
https://yandex.uz-Reclaiming the Aral Sea, Scientific American
~ ~
Do'stlaringiz bilan baham: |