O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universitetining jizzax filiali


Yusuf Xos Hojibning “Qutadg’u bilik” asaridagi iqtisodiy qarashlar



Download 398 Kb.
bet2/3
Sana09.06.2022
Hajmi398 Kb.
#649302
1   2   3
Bog'liq
XHkt6Lvwby33EBm08CFrEwzjo8mcPGJE

Yusuf Xos Hojibning “Qutadg’u bilik” asaridagi iqtisodiy qarashlar.
Bu falsafiy didaktik asarda maikazlashgan davlat tuzish, uni mustahkamlash, nizo va adolatga barham berish kabi ma’muriy-xo‘jalik hamda ma’rifat, obodonchilik, moddiy-ma’naviy va boshqa adolatli hukmron, davlatni tadbir bilan boshqarish ishini o‘rganish, kasb-hunar egallash, xalq g‘amini yeyish haqidagi ñkrlar ilgari suriladi. Bizgacha donishmandning faqat bir asari yetib kelgan. Asar 13 ming misra (nasriy va nazmiy muqaddimadan tashqari)-73 bobdan iborat. Unda inson tafakkurining barcha jabhalari bo’yicha so‘z yuritiladi va nihoyatda qimmatli fíkiiarbayon etilgan. Kitobda berilgan bu g‘oyalar o‘z davri uchun ham, hoziigi davr uchun ham nihoyatda qadriidir. Ayniqsa, iqtisodiyot masalalari bo‘yicha davlat va raiyat munosabatlari sinchiklab o‘rganilgan. Asar 18 oy- bir yarim yilda yozib tugallangan (Bolasog‘unda boshlangan va Qashqarda nihoyalangan) bolsa ham, uni yaratish uchun juda uzoq vaqt tayyorgarlik ko‘rilgan.Xalq, raiyat (soliq to‘lovchilar) mamlakat hukmdoridan uch narsani kutadi, deb uqtiradi Yusuf Xos Hojib, bular: 1) pulning qadrini ko‘tarish yoki ushlab turish; 2) xalqqa xususiy mulk huquqini ta’minlovchi qonunlami joriy etish va 3) yo‘llami o‘g‘ri-qaroqchilardan muhofaza qilish. Shoh esa fuqarolardan soliqni vaqtida to'lashni chiqargan farmon, qonunlarini bajarish hamda do‘stiga do‘st, dushmanga dushman bo‘lishni talab qiladi, deb yozadi. Ko‘rinib turibdiki, bunda jamiyat va siyosiy hokimiyat o ‘zaro mutanosib bo‘lishi zarurligi g‘oyasi aniq ifoda etiladi.Pulning qadrli bo‘lishi haqidagi g‘oya, aslini olganda inflatsiya muammosi bilan chambarchas bog‘liq, baholaming mo‘tadilligi ham ta’min etiladi. U, o‘z navbatida, inqirozsiz iqtisodiyot, erkin muomaladagi valuta masalalariga borib taqaladi.Shuningdek, bilim va aql-idrokka, shu soha sohiblariga katta e’tibor beriladi. «Odamzod naslining ulug‘ligi bilimdan. U aql-idrok tufayli ne-ne tugunlami yechishga qodir», - deb yozadi alloma.
«Qugadg‘u bilig» biz uchun g‘oyat muhim iqtisodiy g‘oyalar ilgari surilgan asar sifatida ilmiy ahamiyat kasb etadi. Asardagi iqtisodiy munosabatlarning turli jihatlari to ‘g‘risidagi iqtisodiy fikrlar, ayniqsa, qimmatlidir. Asarda mehnatga to ‘g‘ri haq to ‘lash, boshqalar mehnatini to ‘g‘ri taqdirlash, qadriga yetish, moddiy manfaatdorlik, kasb-hunar egallash, kuchli ijtimoiy himoya masalalariga katta o‘rin berilgan.

Asarda muallif taqsimot munosabatlariga, ulaming rag‘batlantiruvchi ahamiyatiga


e’tiborni qaratadi, zero, rag‘batlantirish kuchiga ega bo‘lgan taqsimot munosabati ishlab chiqarishni kuchaytiradi, jamiyat va xalq boyligini orttiradi. Yusuf Xos Hojib yozadi: «Xizmat ahli o ‘z mehnati natijasidan umidvor turadi. Umidini topmagan xodim ko‘ngli sinadi».«Ammo xizmat qiluvchilarni hammasi ham bir xil emas. Ular turli-tum an toifalarga bo‘linadi. Xodimlarning naf keltiruvchilari bor, shuningdek, nafi yo‘g‘i ham ancha. Naf keltiruvchi kishiga xizmatiga loyiq ravishda tortiqlar berish kerak. Xizmatiga loyiq taqdir ko‘rgan xodimning boshi ko‘kka yetadi. Inson degani, axir, hayvon tengi emas. Ana shuni bilib, unga amal qilinsa, barcha ish ko‘ngildagidek bo‘ladi...'»
Ko‘rinib turibdiki, alloma tekis taqsimotni, barchani bab-barobar ta’minlash tizimini tanqid qilmoqda. Har bir xodim o‘z mehnatiga, harakatiga, ish unumiga, keltirgan nafiga qarab taqdirlansa, hamma ish ko‘ngildagidek bo'ladi. Shu bilan birga, har bir sohibkor, ish beruvchi unga yollangan xodimning mehnatini to ‘g‘ri qadrlashga chaqiriladi. Bu, bir tomondan, ishning samarali bo‘lishiga olib kelsa, ikkinchi tomondan, «Boshqalar mehnatining qadriga yetish insoniylikning eng yirik alomatidir»
(o‘sha joyda). Buyuk ohm ushbu asarda davlat bilan (yurt boshlig‘i) mehnatkash xodim o‘rtasidagi bir sirni ochadi.
Bunga ko‘ra, davlatning buyuk bo‘lishi, uning boyishi, el boshlig‘ining esa dovrug‘i olamga yoyilishi uchun xalq boyishi, ishlaydigan odamlar mehnatiga muvofiq rag'batlantirilishi lozim. «Yurt boshlig‘i (davlat) odamlami o‘z mehnati natijalaridan manfaatdorligini ta’minlasa, yurt uchun fidoyi bo‘ladilar, o ‘z jonini ham ayamaydilar», deb ta ’kidlaydi Yusuf Xos Hojib.U davlat rahbarini xalqini to ‘q va farovon qilishga undaydi1. Ulug‘ bobokalonimizning yuqoridagi iqtisodiy о’gitlari mamlakatimiz Prezidenti I. Karimovning iqtisodiy qarashlari, bozor iqtisodiyotini qurish konsepsiyasi hamda uning iqtisodiy siyosati, u boshliq hukumatimiz olib borayotgan yaratuvchanlik faoliyatida e’tiborga olinmoqda, ularga asoslanilmoqda.

Fikrimizning isboti sifatida I. Karimovning « 0 ‘zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo‘lida» nomli kitobidagi quyidagi satrlami keltiramiz: «Bunda islohotlar inson manfaatlariga mos kelgan, uning talab va ehtiyojlarini qondirishga yordam bergan, turmush darajasini oshirishga qaratilgan taqdirdagina ahamiyatli bo‘lishini hamisha yodda tutmog‘imiz lozim2». Ha, inson hayotining darajasi o‘zi qilayotgan mehnatga, uning sifatiga va miqdoriga bog'liq emas ekan («xizmatiga yarasha» — Yusuf Xos Hojib), hech qanday iqtisodiy islohot ko‘zlangan natijani bermaydi.Ma’lumki, insonlar o‘zlarining har bir harakatidan manfaat axtaradi, zero, manfaat katta harakatlantiruvchi kuchdir. Ushbu haqiqatni Yusuf Xos Hojib quyidagi fikr bilan tasdiqlaydi: «Aslida butun qimirlagan jon naf va ezgulikni o ‘ylab harakatlanadi. Shu nafi bo'lmaganida edi ovchi ham uydan chiqmas edi». Bu fikr, keyinchalik, «Siyosiy iqtisod» darsliklarida boshqalar tilidan, «har qanday harakat zaminida manfaat yotadi» degan ibora bilan ifodalab kelindi.


Mulk va mulkiy munosabatlar haqida. Iqtisodiy munosbatlar markazida mulk va unga nisbatan vujudga keladigan odamlarning qarashlari turadi. Mulkiy munosabatlar ishlab chiqarish munosabatlarining moddiy asosidir. Iqtisodiyot nazariyasining ana shu adolatli xulosasi mamlakatimizda olib borilayotgan, tobora chuqurlashtirilib borayotgan iqtisodiy islohotlarga ham singdirilmoqda. Prezidentimizning « 0 ‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida...» nomli asarida odamlarni mulkdor qilish, o ‘rta mulkdorlar sinfini vujudga keltirish kechiktirilmas vazifa ekanligi uqtirildi. Bunday xulosalar ulug‘ shoirimiz Yusuf Xos Hojibning quyidagi iqtisodiy g‘oyasiga asoslanilgan bo'lsa ajab emas:- «Moli bo‘lsa kishi bilim o'rganadi, barcha ezgulikka qo‘l cho‘zadi. Bu mol bilan kishi tilak tilasa (mehnat qilsa muallif), mol-dunyosi bir yo'lak, ya’ni vosita bo'lib, yuqoriga ko'tariladi1».
«... kishining moli bo‘lmasa, barcha ezguliklarga ham uning qo‘li qisqalik qiladi». Ana shu iqtisodiy fikrlar necha asrlardan oshib, bizgacha yetib kelgan va m a’naviy mulkimizga aylangan. «Qutadg'u bilig» asarining iqtisodiy g'oyalar qamrovi juda keng va nufuzlidir. Unda boshqaruv ilmiga oid, elni, yurtni idora qilishga oid fikrlar ham ifodalangan.Yusuf Xos Hojib har bir insonni hunar o'rganishga, hunarli bo‘lishga chaqiradi. U «turli-tuman hunarlarni o ‘rganmaslik tubanlik belgisidir»- degan fikrni ilgari suradi.

Bu fikr, keyinchalik, Sharq xalqlarining umummilliy qoidasiga aylanib ketdi. Ma’lumki, bu g‘oya ulug‘ donishmand Bahouddin Naqshband tomonidan “Dast ba koru dil ba yor”, ya’ni


«qo‘lingiz ishda bo‘lsin, qalbingiz Allohda bo‘lsin» iborasi bilan rivojlan-
tirildi.«Qutadg‘u bilig» asarida alloma dehqonlar, savdogarlar, chorvadorlar, turli-tuman hunar sohiblari xususida alohida-alohida boblar zikr etilgan. Masalan, dehqonlarga bag‘ishlangan bobda quyidagi misralar bor:
«Qimirlagan jonga naf berar ular,
Yeyishu ichishga jon bergan shular
Nafas olgan butun tirik jonivor
Dehqondan bo‘lmog‘i kerak minnatdon>.
Asarda noz-ne’maf yaratuvchilarning yana bir toifasi-chorvadorlar haqida ham juda iliq fiklar bayon qilingan. Bu kasb egalariga ham yaxshi mehnat va rag‘batlantirish sharoitlari yaratib berilishi kerakligi uqtiriladi.Ko'rinib turibdiki, Yusuf Xos Hojib juda ko‘p iqtisodiy fikrlami ilgari surgan.



Download 398 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish