O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi mirzo ulug'bek nomidagi



Download 5,54 Mb.
bet60/96
Sana05.06.2022
Hajmi5,54 Mb.
#639487
TuriУчебное пособие
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   96
Bog'liq
Амалий машғулотлар Эшова Х Х Садикова С

Nafas olish organi. Kaltakesaklarning nafas yo'li tashqi burun teshigidan boshlanadi. So'ngra havo ichki burun teshigi - xoana orqali og’iz bo’shlig’iga kiradi. Og’iz bo’shlig’idan keyin uchta tog’aydan tashkil topgan hiqildoq joylashgan. U maxsus muskul orqali til osti apparati bilan bog’langan. Og’iz bo’shlig’idagi havo hiqildoq orqali uzun nafas olish nayi traxeyaga o'tadi, traxeyadagi talaygina tog’ay halqalar uning puchayishiga yo'l qo'ymaydi. Traxeya oldin tomoq, so'ngra ko'krak bo’shlig’idan o'tib, taxminan yurak atrofida ikkita qisqa nay-bronxga bo'linadi. Bu nayning har qaysisi o'ziga tegishli o'pkada tarmoqlanadi. O'pka va nafas olish yo'llarining birmuncha kuchli differinsiyalanganligi bilan kaltakesaklarning bu organi suvda va qurug’likda yashovchilarning nafas organlaridan farq qiladi. O'pka qopcha shaklida bo'lib, uning ichki devori asalari uyasiga o'xshash mayda-mayda murakkab to’siqchalar bilan qoplangan. Nafas akti boshqa barcha amniotalardagidek, ko'krak qafasining kengayish va torayishi bilan sodir bo'ladi (109-rasm).

109-rasm. Urg’ochi agama ichki organlarining joylanishi: 1 - o'ng yurak bo'lmasi; 2 - chap yurak bo'lmasi; 3 - yurak qorinchasi; 4 - traxeya; 5 - o'pka; 6 - qizilo’ngach; 7 - oshqozon; 8 - o'n ikki barmoqli ichak; 9 -ingichka ichak; 10 - yo'g’on ichak; 11 - ichakning boshlang’ich ko'r o'simtasi; 12 - to’g’ri ichak; 13 - kloaka bo’shlig’i; 14 - oshqozonosti bezi; 15 - taloq; 16 - jigar; 17 - o't pufagi; 18- o't yo'li; 19 - tuxumdon; 20 - tuxum yo'li; 21 - buyrak; 22 - siydik pufagi.
Ovqat hazm qilish organi. Og’iz bo’shlig’ining tubiga go'shtdor, yassi, uchi ingichkalashgan va ikkiga bo'lingan til birikkan. U juda harakatchan bo'lib, ancha cho'zilib tashqariga chiqa oladi va qo’shimcha tuyg’u organi vazifasini bajaradi. Og’iz bo’shlig’i va hiqildoqdan keyin qizilo’ngach boshlanadi.
To’g’ri ichak kloaka bo’shlig’iga ochiladi. Oshqozon osti bezi o'n ikki barmoqli ichak qovuzlog’iga o'rnashgan bo'lib, shaklan uzunchoq qattiq tanachaga o'xshaydi. Oshqozonning orqa uchida uzunchoq, kichik, qizil tanacha shaklidagi taloq bor. Qorin bo’shlig’ining oldingi qismini katta, ko'p pallali jigar egallagan. Uning ichki tomonida o't pufagi joylashgan. Undan chiqadigan o't yo'li o'n ikki Barmoqli ichakning boshlang’ich qismiga quyiladi. O't yo'lini aniq ko'rish uchun o't pufagini pintset bilan siqing, shunda uning ichiga yashil o't suyuqligi quyiladi (109-rasm).
Ayirish organi. Bir juft kompakt tanacha shaklidagi metanefrik buyrak chanoq bo'limining orqa devoriga taqalib turadi. Bu buyraklarning har qaysisidan bittadan siydik yo'li chiqadi. Orqa dorzal tomondan siydik yo'li qorin - ventral tomondan esa yupqa devorli siydik pufagi kloakaga ochiladi. Kloakaning tashqi teshigi ko'ndalang yoriq shaklida (110-rasm).
Urg’ochi agamaning urchish organlari. Yuzasi tashqi tomondan g’adir-budur, noto’g’ri shaklli oval tanacha ko'rinishidagi ikkita tuxumdon umurtqa poqonasi bel bo'limining ikki yonboshida joylashgan. Yupqa devorli keng naychalardan iborat tuxum yo'llari ning bir uchi gavda bo’shlig’ining oldingi, ikkinchi uchi kloakaning keyingi bo'limiga mustaqil teshik bilan ochiladi. Tuxumdonning pastki qismi ko'pchilik hollarda kengayib bachadonni hosil hiladi. Urg’ochilarda volfov kanallari reduktsiyalangan. Yetilgan tuxumlar gavda bo’shlig’iga bu yerdan tuxum yo'lining voronkasi orqali tuxum yo'liga tushadi (111-rasm).
Erkak agamaning jinsiy organlari. Oq rangli oval tanachalar shaklidagi urug’donlar umurtqa pog’onasi bel bo'limining ikki tomonida joylashgan.



Download 5,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   96




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish