O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi mirzo ulug'bek nomidagi


-rasm. Cho'l agamasining tashqi tuzilishi



Download 5,54 Mb.
bet58/96
Sana05.06.2022
Hajmi5,54 Mb.
#639487
TuriУчебное пособие
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   96
Bog'liq
Амалий машғулотлар Эшова Х Х Садикова С

107-rasm. Cho'l agamasining tashqi tuzilishi: 1 - tashqi burun teshigi; 2 - ko'zi; 2 - quloq teshigi; 4 - tirnoqlar.


Kaltakesakni yorish tartibi
1. Kaltakesakni, ichiga mum quyilgan vannachaga qornini yuqoriga qilib (chalqanchasiga) yotqizilgandan so'ng oyoqlarini nina (bulavka) bilan vanna tubiga qadang.
2. Kloaka teshigidan to engak ostigacha terisini qaychi bilan bo'yiga kesib chiqing.
3. Oldingi va Orqa oyoqlarga yaqin joyda, terini ko'ndalang kesib, hosil bo'lgan teri parchalarini vanna tubiga qadang.
4. Teri qay tartibda kesilgan bo'lsa, qorinning muskul devorini kam xuddi shu tariqa bo'yiga va ko'ndalangiga kesing (kesish vaqtida ichki organlar shikastlanmasin).
5. Qorinning muskul devorini bo'yiga kesish vaqtida chanoq va elka kamarlarini kam kesib, ikkiga ajrating.
6. Kesilgan muskul parchalarini kam teri singari vanna tubiga bulavka bilan qadang.
7. Kaltakesakning ichki organlari umumiy tuzilishi bilan tanishing va ayni bir vaqtda uning ichki bo'shliq devorini qoplab yotgan qora, pigmentlashgan qorin pardasiga e'tibor bering.
8. Ichak ostidagi organlarni ko'rish uchun ichakni sekin-asta kaltakesak yon tomoniga surib qo'ying (bu ishni bajarishda ichakni kesib yubormaslikka va ichakni ushlab turgan ichak tutgichning uzilib ketmasligiga harakat qiling).
9. Yurak oldi xaltasidan yurakni ajratish uchun xaltacha devorini pinset bilan ushlab, qaychida kesiladi.
Endi ma'lum tartibda navbatma-navbat har bir ichki organning tuzilishi bilan tanishib chiqing.


Kaltakesak ichki organlarining joylanishi
Qon aylanish sistemasi. Yurak ko'krak qafasining oldingi qismida ventral (qorin) tomonda joylashgan. Kaltakesakning yuragi kam uch kamerali. Unda ikkita, chap va o'ng yurak bo'lmasi hamda bitta yurak qorinchasi bor. Biroq quyidagilar bilan amfibiyalarnikidan farq hiladi: yurak qorinchasi chala to’siq bilan ikkiga: o'ng (venoz) qorincha va chap (arterial) qorinchaga bo'lingan. Arterial konus reduktsiyalangan, venoz sinusi esa o'ng yurak bo'lmasiga qo’shilgan. Yurak bo'lmasining ichki yuzasi to'rlanib ketgan muskullar bilan qoplangan va atrioventrikulyar teshik yurak bo'lmasining to’sig’i bilan ikkiga bo'lingan. Yurak qorinchasining o'ng (venoz) bo'limidan o'pka arteriyasi bilan chap aorta yoyi chiqadi, chap (arterial) bo'limidan esa o'ng aorta yoyi boshlanadi. Yurak qorinchasi qisharganda, uning pastki devoriga o'rnashgan chala to’siq yurak qorinchasining ustki devorigacha tegib, yurak qorinchasi o'ng va chap bo'lmalarini bir-biridan batamom ajratib qo'yadi.
Arterial sistemasi baqaning arterial sistemasidan umumiy arterial stvolining uchta mustaqil tomirga: o'pka arteriyasi hamda chap va o'ng aorta yoylariga bo'linishi bilan farq qiladi. Har qaysi aorta yoyi qizilo’ngach atrofida, biri o'ng tomondan, ikkinchisi chap tomondan orqaga qayriladi. Ular umurtqa poqonasining ostida bir-biriga qo’shilib, toq orqa aortasini hosil hiladi. O'ng aorta yoyidan chiqqan umumiy stvoldan ikkita uyqu arteriyasi boshlanadi, ular avvaliga chap va o'ng aorta yoylariga parallel holda borib, keyin boshga chin uyqu arteriyasi chiqib, uyqu yo'li orqali o'z tomonidagi aorta yoyiga qo’shiladi.
O'ng aorta yoyining pastidan oldingi oyoqlarga qon olib boruvchi juft o'mrov osti arteriyasi chiqadi, bu arteriyani ko'rish uchun aortaning o'ng yoyini ehtiyotlab, uni qoplab turgan to’qimalardan ajratish lozim. Yuqorida nomlari aytib o'tilgan qon tomirlari endigina o'ldirilgan kaltakesakda aniq ko'rinadi. Suvda va qurug’likda yashovchilarga qarama-qarshi o’laroq, sudralib yuruvchilarda uyqu hamda o'mrov osti arteriyalari faqat aortaning o'ng yoyidan chiqadi, shuning uchun ham bosh va oldingi oyoqlar deyarli kislorodga to'yingan qon bilan ta'minlanadi. Orqa aortadan dum tomonga yo'naladi va ichki organlarga talaygina katta arteriyalar hamda gavda devoriga ko'pdan-ko'p mayda arteriyalar chiqadi. Keyin orqa oyoqlarga boradigan bir juft yo'qon yonbosh arteriyasi boshlanib, u toq dum arteriyasiga aylanadi (108-rasm).

Download 5,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   96




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish