105-rasm. Baqaning oldingi oyoq va yelka kamarining skeleti: 1 - yelka suyagi; 2 - yelka suyagining boshi; 2 - bilak suyagi; 4 - tirsak suyagi; 5 - bilak suyagi; 6 - tirsak o'simtasi; 7 - bilaguzuk; 8 - kaft; 3 - barmoq falangalari; 10 - kurak; 11 - kurak usti tog’ayi; 12 - korakoid; 13 - yelka suyagining boshchasi birikadigan bo’g’im chuqurchasi; 14 - prokorakoid tog’ayi; 15 - o'mrov; 16 - to'sh suyagi; 17 - to'sh oldi suyagi; I-IV - barmoqlar.
Endi oldingi oyoqlar skeleti bilan tanishib chiqamiz. Ma'lumki oyoqlar skeleti uch bo'lim: 1) elka, 2) bilak, 3) oyoq kaftlaridan tashkil topgan. Oyoqlarning bunday bo'limlarga bo'linishi quruqlikda yashovchi hayvonlar uchun xosdir. Elka suyagi uzunchoq naysimon, har ikkala uchi yo'qonlashgan bo'lib, bu uchlar epifiz, ularning oralig’i esa diafiz deb ataladi. Elka suyagi o'zining proksimal uchidagi boshi orqali yelka kamarining biriktiruvchi chuqurchasiga kirib joylashadi. Uning distal uchida, tirsak suyagi birikadigan chuqurcha bor.
Bilak ikkita bir-biriga qo’shilib ketgan elementlardan tuzilib, ular orasidagi chegaraning izi aniq ko'rinadi. Bu bo'limning ichki tomonidagi suyak bilak va tashqi tomonidagisi esa tirsak suyaklari deb ataladi. Bilak suyaklarining proksimal uchida, yelka suyagining distal uchi kirib birikadigan go’shilish chuqurchasi bor. Bu chuqurchaning orqa tomonida tirsak suyagiga tegishli tirsak o'simtasi bor. Endi biz oyoq kaftlarining tuzilishi bilan tanishib chiqamiz
Yosh baqalarda oldin bilaguzukning distal qismida normal holda beshta mustaqil element paydo bo'lib, keyinchalik voyaga etgan baqalarda karpalia distalia I-II mustaqil qolib, karpalia distalia III, IV, V suyaklari bir-biriga qo’shilib ketadi. Bilaguzuk bo'limiga distal holda beshta uzunchoq oyoq kafti suyaklari joylashgan, bulardan katta barmoq qarshisida reduksiyalangan. Kaft suyaklarining distal uchlariga uzunchoq silindrik falangalar qo’shiladi. Birinchi kaft suyagida falanga bo'lmaydi. Falangalarning soni barmoqlarda (ikkinchi barmoqdan boshlab sanaganda) tubandagicha joylashgan: 2, 2, 3, 3.
Keyingi oyoq skeletlarining qismlari oldingi oyoqlarnikiga o'xshash. Son bo'limida bitta son suyagi bo'lib u bir oz qiyshaygan bo'ladi. Uning proksimal epifizi quymich kosaga joylashuvchi bosh bilan tugaydi. Boldir suyagining proksimal uchida kam biriktirish yuzalari bo'lib, ular tizza birikishini hosil hilishda ishtirok etadi. Oyoqning ikkala boldir suyaklari birlashib, bitta suyak hosil etgan va ular orasidagi chegara aniq ko'rinadi. Bu chegaraning ichkari tomonida joylashgan qismi katta boldir, tashqari tomondagisi esa kichik boldir suyagidir. Oxirgi bo'lim oyoq kafti, oldingi oyoqda qanday bo'lsa, keyingi oyoqda kam xuddi shunday tuzilgan.
Tovonning proksimal qatori faqat uzunchoq ikkita suyakdan iborat bo'lib, ulardan bittasi boldir suyagining ichki qismi distal uchiga birikkan bo'lib, ikkinchisi, ya'ni sirtdagisi, suyaklari deb yuritiladi. Ba'zan bu suyaklar boshqacha nomlanadi, chunonchi: birinchisi - to’piq, ikkinchisi - tovon deyiladi. Bu ikkita suyaklarning proksimal uchlari bilan boldir suyagining distal uchlarining o'zaro harakatchan birikishidan boldir - tovon bo’g’imi yuzaga keladi. Tipik holda, ikki qator bo'lib joylashgan tovon suyaklari oraliqida juda kichik markaziy suyakcha bor. Tovonning distal qatorida kichik distalia va distal suyakchalari birlashmasidan hosil bo'lgan katta suyaklargina saqlanib qoladi. Kaft uzunchoq beshta suyakchalardan tashkil topgan. Ularga barmoq falangalari birikadi. Birinchi barmoqdan boshlab sanaganda barmoqlarda falangalarning soni tubandagicha - 2, 2, 3, 4, 3 (106-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |