Tashqi tuzilishi. Baqa bosh, tana, bir juft oldingi va bir juft orqa oyoq qismlaridan tashkil topgan. Uning tanasi kalta va keng bo'lib, kattagina yassi boshiga qo’shilib ketadi. Baqaning bo'yin qismi, deyarli bo'lmaydi (bu dumsizlar turkumiga mansub turlarning sharoitga moslanish belgilaridan biri). Baqaning gavdasi bezlarga boy, terisi yumshoq shilimshiq modda bilan qoplangan. Amfibiyalarning xaltasimon teri bezlari ko'p hujayrali bo'lishi bilan baliqlarnikidan farq qiladi (amfibiyalar lichinkasida teri bezlari bir hujayrali bo'lib, ular shu bilan baliqlarni eslatadi). Baqa terisi ma'lum joylardagina gavdaga yopishgan bo'lib, bu faqat baqalarga xos xususiyatdir. Buni baqa terisini pinset bilan qisib har tomonga tortib ko'rib, ishonch hosil hilish mumkin. Terining gavdaga yopishgan joylariida keng limfa bo’shliqlari bo'lishi tufayli teri shunday tuzilgan. Baqalarda limfatik xaltachalarning soni ko'p bo'lib, ular (xaltachalar) o'zaro choklar (tanaga yopishgan qismi) orqali chegaralanib turadi. Baqalar limfatik sistemasida qisqaruvchi apparat vazifasini ikki juft limfatik yuraklar bajaradi. Baqaning chanoq qismida joylashgan limfatik yurak juftlarining qisharishini tirik baqalarda ko'zdan kechirish mumkin. Bu limfatik yuraklar qisharishi natijasida yelka limfatik xaltachasidagi limfatik suyuqliklar quymich venasiga quyiladi. Bu yuraklar asosan bezchalar ko'rinishida bo'lib, ularni Baqaning elka limfatik xaltachasini yorganda ko'rish mumkin (92-rasm).
92-rasm. Baqaning tashqi tuzilishi: 1 – burun teshigi; 2 – nog’ora parda; 3 - rezanator; 4 – teri qatlami; 5 – klaoka teshigi; 6 – ko'z.
Gavda bo'limlari. Baqa boshining ikki yon tomonida bo'rtib chiqqan ko'zlari o'rnashgan, bu ko'zlarda quqruqlikda yashovchi umurtqalilar uchun xarakterli organ-ustki va pastki ko'z qovoqlari bor. Yuqori qovoqlari ko'z olmasiga birikkan bo'lib, pastki qovoqlari esa erkin va harakatchan. Bundan tashqari, ko'zining oldingi burchagida quqruqlikda yashovchi umurtqalilarga xos yupqa yumgich parda yoki uchinchi qovoq bor. Bu parda ko'zning oldingi qismiga surilib qisman ko'z olmasini qoplashi mumkin (pintset bilan ushlab ko'ring) Ko'zining orqa qismida teshigini yupqa nog’ora parda qoplagan quloq joylashgan. Uni ichki tomondan markazga bitta eshitish, ya'ni uzangi suyagi itarib turadi (bu suyak baliqlarni giomandibulyar suyagiga gomologdir). Nog’ora parda, asosan, o'rta quloq bo’shlig’ini tashqi muhitdan ajratib turadigan devor hisoblanib, u baliqlarga nisbatan baqalarning eshitish organlarining murakkablashganligini ko'rsatadi. Baqalar urug’iga kiruvchi turlar tanasining yon tomonida bo'yiga cho'zilib yotgan teri qatlami bo'ladi. Boshning tumshuq qismi ustida yopgich klapanli bir juft burun teshigi joylashgan bo'lib, tirik baqalarda bu klapanlar ochilib-bekilib turadi. Klapanlar baqaning ichki burun teshigi (xoanalar)ni qoplagan bo'lib, klapan harakati engak osti harakati bilan navbatlashib turadi (nafas olish) Tumshug’i juda keng og’iz teshigi bilan chegaralanadi. Agar baqa oqzini ochib barmoq yoki pintset bilan yuqori jag’ silansa, undagi qator joylashgan uchi orqaga qayrilgan, oddiy bir xildagi konussimon tishlar seziladi. Baqaning tishlari jag’lararo suyak bilan yuqori jag’ suyaklarining ichki qirrasi va dimoq suyagiga o'rnashgan (dimoq suyagida tish bo'lishi umuman suvda va qurug’da yashovchilar uchun juda xarakterlidir). Amfibiyalarda dimoq tishlarinrng bo'lishi, baliqlardagiga o'xshash, ularda kam tishlar faqat jag’ suyagida joylashishga moslanmaganligini ko'rsatadi. Baqaning pastki jag’ida bunday tishlar yo’q (93-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |