87-rasm. Sazan bosh skeletining uzunasiga kesimi: 1 - asosiy ensa suyagi; 2 - yon ensa suyagi; 3 - ustki ensa suyagi; 4 - oldingi quloq suyagi; 5 - ustki quloq suyagi; 6 - qanot-ponasimon suyak; 7 - ko'z-ponasimon suyak; 8 - parasfinoid suyagi; 9 - dimoq suyagi; 10 - hidlov suyagi; 11 - rostrum (tumshuq) suyagi; 12 - ustki jag’ suyagi; 13 - jag’oldi suyagi; 14 - tish suyagi; 5 - jag’ suyagi; 16 - kvadrat suyagi; 17 - qanotsimon suyaklar; 18 - shoxsimon til suyagi; 19 - ostki halqum tishlari; 20 - jabra yoylari; 21 - jabra sho'lalari; 22 - asosiy ponasimon suyak; 23 - kopula.
Til osti yoyi faqat xondral suyaklardan tashkil topgan. Til osti yoyining ustki qismi, xuddi akuladagidek, katta giomandibulyar suyakdan iborat. Giomandibulyarga bir tomondan kvadrat suyak bilan simplektikum, ikkinchi tomondan esa til osti yoyining pastki elementlari kelib qo’shiladi. Bulardan eng kattasi gioid hisoblanadi. Shunday hilib, giomandibulyar suyak simplektikum bilan birga, akulada bo'lgani kabi, jag’ osma suyagining funktsiyasini bajaradi, demak, sazanning bosh skeleti kam giostilik tipdadir. Yuqori jag’ning miya qutisiga boqlamlar kamda miya qutisining eshituv bo'limida giomandibulyar suyak yoki tog’ay bilan bevosita boqlanishi giostilik tipda boqlanish deyiladi (88-rasm).
88-rasm. Sazan bosh skeletining yon tomondan ko'rinishi: 1 - jag’oldi suyagi; 2 - ustki jag’ suyagi; 3 - rostrum (tumshuq) suyagi, 4 - tanglay suyagi; 5 - hidlov suyagi; 6 - ko'z yosh suyagi; 7- manglay oldi suyagi; 8 - ko'z usti suyagi; 9 - manglay suyagi, 10-qanotsimon quloq suyagi, 11 - tepa suyagi; 12 - chakka suyagi; 13 - ustki quloq suyagi: 14 - ustki ensa suyagi; 15 - tepa orqa suyagi; 16 - kleytrum usti suyagi; 17 - giomandibulyar euyak; 18 - qopqoq suyagi; 19 – qopqoq oldi suyagi; 20 - kleytrum; 21 - kuragi; 22 - karakoid; 23 - qopqoq suyagi; 24 - jabra sho'lalari; 25 - orqa qanotsimon suyagi; 26 - kvadrat suyagi; 27 - ichki qanotsimon suyagi; 28 - tashqi qanotsimon suyagi; 29 - burchak suyagi; 30 - birikish suyagi; 31 - tish suyagi; 32 - ko'z atrofi xalqa suyaklari; 33- hidlov suyagi; 34 - qo’shimcha o'sma suyagi; 35 - simplektikum; 36 - ensa teshigi.
O'ng va chap tomonning gioidlari bir vaqtda tilni kam ushlab turuvchi kopula, ya'ni toq suyak orqali qo’shiladi. Suyakli baliqlarda besh juft jabra yoylari bir-biri bilan o'zaro harakatchan birikkan to'rt juft suyakchalardan va yoylarni ostki tomondan birlashtiruvchi bitta (toq) element (kopula)dan hosil bo'lgan. Biroq suyakli baliqlarda beshinchi jabra yoyi (oxirgisi) kuchli reduktsiyalangan. Suyakli baliqlarda yangi tuzilma - jabra qopqog’i bo'lib, u har tomondan giomandibulyar suyakka qo’shiladigan to'rtta yapaloq qoplag’ich suyakdan: qopqog’, qopqog’ oldi, qopqog’ osti va qopqog’ suyaklaridan tuzilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |