YO16 x 1000
YOK16 = --------------;
MLA
Bu yerda MLA = mehnatga layoqatli aholi soni.
Bu ko‘rsatkich har yili 16 yoshga to‘lgan yoshlar hisobiga
iqtisodiy faol aholi soni qanchalik ko‘payishini bildiradi.
Respublikamizda yoshlar ko‘p, demak bu ko‘rsatkich
Respublikamizda MDH davlatlriga nisbatan ancha yuqori bo‘ladi.
Ishga jalb qilingan nafaqachilar koeffitsienti (NK) ishga qabul
qilingan nafaqachilar sonini (IN) mehnat yoshidagi mehnatga
layoqatli aholi soniga bo‘lib topiladi.
NK = IN × 1000 ;
MLA
Bu ko‘rsatkich nafaqaga chiqqan, lekin tajribali, yuqori
malakali xodimlardan unumli foydalanish bilan birga, ularning
moddiy va manaviy ehtiyojlarini yaxshilash borasidagi ishlarni
bildiradi.
Hududga ko‘chib kelgan va ishga qabul qilinganlar
koeffitsienti (HKIQ) hududga ko‘chib kelib, ishga qabul qilinganlar
sonini (HKIQ) mehnat yoshdagi mehnatga layoqatli (MLA) aholisoniga bo‘lib topiladi
HKIQ x 1000
HKKK = --------------------;
MLA
Bu ko‘rsatkich hududda mehnat resurslari migratsiya
natijasida mehnat resurslari qanchalik ko‘payganligini bildiradi.
Aholining ish bilan bandligi va ishsizlar statistikasi
Xalqaro statistik andozalarda iqtisodiy faol aholi tushunchasi
bo‘lib, mahsulot ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatish uchun ish kuchini (mehnatini) taklif qilishga tayyor kishilardir.
Iqtisodiy faol aholi xalq xo‘jaligi turli tarmoqlarida mehnat
qilish bilan band bo‘ladi. Lekin turli sabablarga ko‘ra ishlamasdan yurgan iqtisodiy faol aholi bo‘lishi mumkin, ularni ishsizlar deyiladi. Demak iqtisodiy faol aholini ish bilan band va ishsizlar guruhlariga ajratish lozim.Ish bilan band aholiga turli mulk shakliga asoslangan (davlat) korxona va tashkilotlarida, shirkat va aksioner jamiyatlarda, qo‘shma korxonalarda, dehqon-fermer xo‘jaliklarida va shu kabilar) korxona va tashkilotlarda yollanma ishchi sifatida ishlab mehnat haqi olayotgan, hamda yakka tartibdagi tadbirkorlar, o‘z xo‘jaliklarida ishlayotgan shaxslar kiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksiga asosan ishga va ish haqiga ega bo‘lmagan, ish qidiruvchi sifatida mehnat birjasida ro‘yxatga olinganlar, hamda mehnat qilishga yoki kasbiy qayta tayyorlanishga tayyor bo‘lgan mehnat qilish yoshidagi (16 yoshdan to nafaqa yoshigacha) mehnatgalayoqatli shaxslar ishsizlar deyiladi.
Mеhnаt rеsurslаri stаtistikаsi – bu jаmiyatdаgi mеhnаtgа lаyoqаtli, bilim vа mаlаkаgа, ishlаb chiqаrish yoki хizmаt ko'rsаtish qоbiliyatigа egа bo'lgаnlаr kishilаrdir.
“Mеhnаt kоdеksi”gа vа O'zbеkistоn rеspublikаsi vаzirlаr mаhkаmаsining 2002 yil 31 yanvаrdаgi № 42 sоnli “Аhоlini ish bilаn tа'minlаngаnligini hisоbgа tizimini tаkоmillаshtirish to'g'risidа”gi qаrоrigа binоаn mеhnаt rеsurslаrining quyi chеgаrаsi 16 yosh, yuqоri chеgаrаsi esа erkаklаr uchun 60, аyollаr uchun 55 yosh dеb qаbul qilingаn.
Do'stlaringiz bilan baham: |