2.2. Nikotin kislotasining ishlatilishi
Nikotin va izonikotin kislotalar katta ahamiyatga ega bo’lib, ular darmondori bo’lgan P vа PP vitаminlаri, hamda sil kaslligiga qarshi vositalar olishda xomashyo sifatida ishlatiladi.
Nikotinni qishloq xo’jaligida zararkunandalarga qarshi insektisid sifatida keng ishlatiladi.
Izonikotin kislota gidrozidi ftivazid nomi bilan sil kasalligini davolashda ishlatiladi.
Nikotin kislotani nikotin va anabazinni nitrate kislota yordamida oksidlab olinsa ham bo’ladi. Nikotin kislota va uning amidi vitamin PP deb yuritiladi. Organizmda PP yetishmasa, odamda pellagra kasalligi paydo bo’ladi.
Alkaloidlar o’simliklarda tayyor holda uchrab, o’simlik fayot faoliyati mahsulidir. Alkoloidlar o’simliklar va qisman hayvon organizmi tarkibidagi azot saqlovchi, asosli xossaga ega bo’lgan organic moddadir.
Muhim alkoloidlardan biri bu nikotindir. Nikotinni qishloq xo’jaligida zararkunandalarga qarshi insektisid sifatida keng ishlatiladi.
Nikotin nisbatan uchuvchan, zaharliligi jihatdan tsionid kislotaga yaqinashadi. Nikotinning arzon manbai – tamaki va uning changi.
Zaxarli o’simliklar bilan sassiq talafutandan olinadigan koniin ( 2-propilpiperidin ) tarkibi jihatdan eng oddiy alkoloidlardan biridir.
Anabazin esa qishloq xo’jaligi zararkunanda hasharotlariga qarshi ishlatiladigan kuchli kimyoviy moddalardan biri hisoblanadi.
Geterotsiklik birikmalar tabiatda keng tarqalgan (darmondorilar, alkaloidlar, pigmentlar va boshqalar geterotsiklik birikmalar jumlasiga kiradi), ularning biologik jarayonlardagi, bo’yoqlar va dori-darmonlar olishdagi ahamiyatining kattaligi hamda ularni qishloq xo’jaligi mahsulotlarining chiqindilaridan, toshko’mir qatronidan olish imkoniyatining mavjudligi geterotsiklik birikmalar kimyosining rivojlanishiga asos bo’lgan.
Nikotin kislota va nikotinamid pellagra kasalligiga qarshi o‘ziga xos modda bo‘lishi bilan birga, ular yana organizmda qand, oksil va holesterin almashinuvida ishtirok etadi. Preparatlarni jigar, yurak, tyori kasalliklarida, qon tomir spazmasida kukun, tabletka holida 0,02—0,05 g dan 0,1 g gacha kuniga 2—3 marta ichiriladi yoki 1—2,5—5,0% li eritma holida venaga, mushak orasi va teri ostiga 1—2 ml dan kuniga 1—2 marta yuboriladi.
Dietilamid nikotin kislotaning 25% li suvdagi eritmasi tibbiyotda ko‘llash uchun kordiamin nomi bilan chiqariladi. Uni nerv sistemasini, nafas yo‘li va yurak ish faoliyatini yaxshilovchi modda sifatida ishlatiladi. Kordiaminni 10—15 tomchidan ichiriladi yoki uning sterillangan eritmasi teri ostiga, mushak orasiga va venaga yuboriladi.
Nikodin farmakologik ta’sir jihatdan o‘t haydovchi, bakteristatik va bakteriotsid xossaga egadir. Uni holetsistit, holingit, siydik yo‘llari infeksiyasida va ba’zi boshqa kasalliklarni davolashda 0,5—1 g dan kuniga 3—4 marta ichiriladi. Koamid gipoxromat va gipoplastik anemiya, qon ketishi natijasida kelib chiqadigan anemiyada ishlatiladi. Uning 1% li eritmasi 1 ml dan teri ostiga yuboriladi. Feramidning 2% li sterillangan eritmasi yoki 0,1 va 0,2 g dan tabletkasi organizmda qizil qon tanachalari kamayib ketgan hollarda qo‘llanadi.
Nikotin kislota, nikotinamid, nikodin va dietilamid nikotin kislotalar og‘zi mahkam berkitilgan idishlarda, yorug‘lik tushmaydigan joylarda «B» ro‘yxat bo‘yicha saqlanadi. Koamid va feramid ham kuruk va qorong‘i joyda saqlanadi. Amlodipin besilatning Chinligi va miqdori yuqori samarali suyuqlik xromatografiya usulida standart namuna eritmasi bilan taqqoslab aniqlanadi. Tibbiyotda kalsiy kanalining blokatori sifatida qo‘llaniladi Piridin-3 karbon kislatasining ishlatilishi
Nikotin kislota va nikotinamid pellagra kasalligiga qarshi o‘ziga xos modda bo‘lishi bilan birga, ular yana organizmda qand, oksil va holesterin almashinuvida ishtirok etadi. Preparatlarni jigar, yurak, tyori kasalliklarida, qon tomir spazmasida kukun, tabletka holida 0,02—0,05 g dan 0,1 g gacha kuniga 2—3 marta ichiriladi yoki 1—2,5—5,0% li eritma holida venaga, mushak orasi va teri ostiga 1—2 ml dan kuniga 1—2 marta yuboriladi.
Dietilamid nikotin kislotaning 25% li suvdagi eritmasi tibbiyotda ko‘llash uchun kordiamin nomi bilan chiqariladi. Uni nerv sistemasini, nafas yo‘li va yurak ish faoliyatini yaxshilovchi modda sifatida ishlatiladi. Kordiaminni 10—15 tomchidan ichiriladi yoki uning sterillangan eritmasi teri ostiga, mushak orasiga va venaga yuboriladi.
Nikodin farmakologik ta’sir jihatdan o‘t haydovchi, bakteristatik va bakteriotsid xossaga egadir. Uni holetsistit, holingit, siydik yo‘llari infeksiyasida va ba’zi boshqa kasalliklarni davolashda 0,5—1 g dan kuniga 3—4 marta ichiriladi. Koamid gipoxromat va gipoplastik anemiya, qon ketishi natijasida kelib chiqadigan anemiyada ishlatiladi. Uning 1% li eritmasi 1 ml dan teri ostiga yuboriladi. Feramidning 2% li sterillangan eritmasi yoki 0,1 va 0,2 g dan tabletkasi organizmda qizil qon tanachalari kamayib ketgan hollarda qo‘llanadi.
Nikotin kislota, nikotinamid, nikodin va dietilamid nikotin kislotalar og‘zi mahkam berkitilgan idishlarda, yorug‘lik tushmaydigan joylarda «B» ro‘yxat bo‘yicha saqlanadi. Koamid va feramid ham kuruk va qorong‘i joyda saqlanadi. Amlodipin besilatning Chinligi va miqdori yuqori samarali suyuqlik xromatografiya usulida standart namuna eritmasi bilan taqqoslab aniqlanadi. Tibbiyotda kalsiy kanalining blokatori sifatida qo‘llaniladi
Xulosa
Kurs ishimga mavzu sifatida o’zim uchun qiziqarli bo’lgan piridin guruhi preparatlarining tahlilini olib borishni tanladim. Ushbu kurs ishini yozish davomida turli adabiyotlar, darslik kitoblar, internet ma’lumotlaridan foydalandim. Mavzuni chuqurroq o’rganishga harakat qildim. Jarayon davomida nafaqat ularning kimyoviy ko’rsatkichlari, balki farmakologik xususiyatlari, biologik faolligi borasidagi ma’lumotlar bilan ham tanishib chiqdim. Nikotin kislotasining xossalari, u asosidagi sintez jarayonlari hamda nikotin kislotasining ishlatilish sohalari haqida to’liq ma’lumotga ega bo’ldim.
Do'stlaringiz bilan baham: |