O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta maxsus ta’lim vazirligi Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy Universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti Sotsiologiya yo’nalishi 2-bosqich talabasining Tadqiqot dasturi Mavzu



Download 67 Kb.
bet2/3
Sana15.05.2021
Hajmi67 Kb.
#64803
1   2   3
Bog'liq
TADQIQOT DASTURI

Tadqiqot dasturi haqida ma’lumot

  1. Sotsiologik tadqiqot o’rganilayotgan muammoning dolzarbligiga qarab tavsiflovchi tadqiqot turiga kiradi.

  2. Tadqiqot ma’lumotlarni to’plash uchun kuzatuv va so’rov metodlaridan foydalaniladi.

  3. O’tkazilayotgan tadqiqotning maqsadiga ko’ra, nuqtali tadqiqot olib boriladi.

  4. Tadqiqot o’rganilayotgan obyekt qamrovi bo’yicha tanlanma tanlab oluvchi tadqiqot sirasiga kiritiladi.

  5. Tadqiqotning o’tkazilish turiga qarab dala tadqiqotlari usuli qo’llaniladi.


Muammoning dolzarbligi: Markaziy Osıyo xotin-qizlari... azaldan ezilgan, shaxsiyatı va taqdirini o’zgalar ixtiyoriga topshirgan, ham oilada, ham jamoatchilikda tahqirlangan ayollar. Kommunizmga ishonib, paranji tashlagan, istiqlolga umid bog’lab, erkinlik izlagan ayollar. Endilikda esa bozoru-dalalarda tirikchilik tashvishlari bilan band, ham hukumat, ham jamoatchilik nazaridan chetda qolgan ayollar. Olimlar nazarida XX asrda yuz bergan ba’zi ulkan o’zgarishlar zaminini tushunmay turib, bugungi o’zbek ayollarini baholash, ta’riflash juda qiyin. O’zbekiston ayollari boshqa jamiyatlardagi kabi urf-odat va zamonaviylik, kasb va oila, mustaqil hayot va ijtimoiy talablar kabi masalalar bilan yuzlashib keladi.

O’zbekiston ayollari hayoti bilan yaqindan tanish, amerikalik olima Marianna Kemp zamonaviy tarixni, jumladan, 1920-30-yillarda Sovet hukumatining o’zbek ayollarini paranjidan chiqarish siyosatini bilmasdan turib, bugungi ayollarni tushuna olmaysiz, deydi.

“Bu jamiyat shakllanishida o’ta muhim davr bo’lgan. Sovet hukumati “hujum” siyosati orqali islom dinini, urf-odatlarni va shu tariqa ijtimoiy hayotni o’zgartirishni ko’zlagan. Kimlar uchundir xotin-qizlarning ishlay boshlashi, faollashishi ijobiy hol, inqilobiy o’zgarish bo’lgan, kimlardir bunga xavotir bilan qaragan. Shu narsani bugun ham ko’rasiz.”

Marianna Kemp o’zining “O’zbekistonning Yangi Ayoli” deb nomlangan kitobida Sovet tarixi ayollar paranjini ixtiyoriy ravishda tashlagan deya o’rgatsa-da, aslida ayollar harakati hukumat uydirmasi bo’lgan, deya xulosa qiladi. Sovet Ittifoqining milliylashtirish, sovetlashtirish, erkinlashtirish kabi siyosatlari ayollarga juda og’ir kechgan.

“Paranjidan chiqarish siyosati, ya’ni hujumni amalga oshirgan o’zbeklarning ko’pi bu yo’l bilan ayollarni ozod qilamiz deb ishongan. Shu bois Sovet hukumati ayollar paranji tashlasin deganda ular umr-yo’ldoshlarini shunday qilishga majbur qilganlar. Bunga qarshi oila a’zolar esa paranji tashlagan ayollarni o’ldirishga tushgan. Ular nazarida bu gunoh bo’lgan. Ko’plab xotin-qizlar hayoti ko’kka sovurilgan”,- deydi Marianna Kemp.

Nahotki, xotin-qizlar buni o’zi xohlamagan? Jamiyatda men ham o’z o’rnimga ega bo’lay, bu erkinlik uchun imkoniyat demaganmi ular? Ko’plab ayollar uchun, shunday bo’lgan, deydi Marianna Kemp.

O’zbekiston ayollari hali ham muvozanat izlamoqda. Siyosiy-ijtimoiy kuchga ega bo’lishga urinmoqda. Bir qarashda ular erkin, zamonaviy, so’zga chechan, ilmli ayollar, biroq ularning ko’pi o’z taqdirini o’zi belgilamaydi. Ular uchun ota-ona, oila farzi muhim.

Kimdir ochiq kiyinadi, kimdir esa ro’molni ma’qul ko’radi. Kimdir shim kiyadi, kimdir esa lozim. Shaharda ayollar uchun imkoniyatlar ko’proq, biroq ko’pchilik qishloqda kun ko’radi. Mahalla, qarindosh-urug’ nima deydi degan xavotir hukmron. O’zbekistonning qay yerida bo’lmasin, ayollar urf-odat va zamonaviylikni qorishtirgan holda yashashga intiladi.

Mutaxassislar nazarida bu hol faqatgina O’zbekisonga xos narsa emas. Ishli, oilali, farzandli va pulli bo’lish umumbashariy istak. Ayol erkinligi - inson erkinligi: o’z fikrini bildira olish, bilim olishda va ishda erkaklar bilan teng imkoniyatlarga ega bo’lish.

“Xotin-qizlarning hayoti yaxshilanishi uchun ularga mukammal bilim berish va ularning erkin faoliyat yuritishi uchun muhit yaratish lozim. Toki ular o’z kichik biznesini boshlay olsin, daromadiga o’zi egalik qilsin, farzandlari uchun va oilasi uchun gapira olsin. Ana shu omillar ayollarning jamiyatdagi rolini kuchaytiradi. O’zbekistonda juda kuchli ayollar bor. Juda ilmli, faol, o’z o’rnini va rolini biladigan ayollar”. Ayrim faollar nazarida esa O’zbekistonda oddiy ayollar hayotiga e’tibor juda past. Ham hukumat, ham ilm-fan arboblari tomonidan. Hukumat xotin-qizlarga milliy mafkura g’oyasi targ’ibotchilari sifatida qaraydi. Ularni bir qolipda ko’radi. Ayollar hayoti siyosiy-ijtimoiy munozaralar mavzusi emas. Ayollar muammosi – faqat ayollar muammosi. Oila, salomatlik va bola tarbiyasi muhim, biroq xotin-qizlarni siyosiy faollikka undovchi kuch-omil yo’q. “O’zbekistonda ko’proq ayol arboblar haqida yoziladi, masalan, artistlar va shoiralar. Ammo oddiy ayolning hayoti hali tarixchilar nazariga tushmay kelmoqda. O’zbekistonda ziyoli, kuchli iroda va tafakkurga ega ayollar bor. Biroq ularning qo’li hali siyosiy qarorlar qilishga yetmaydi yoki ular faqatgina xotin-qizlarning tor doiradagi masalalari bilan band. O’zbekistonda siyosiy faollik cheklangan. Siyosat esa deyarli turmushning har bir jabhasini o’z ichiga oladi. Xotin-qizlar o’z o’rnini topishi uchun Amerika kabi taraqqiy etgan jamiyatlarda ham ikki asrdan oshiq vaqt ketgan.

Biroq O’zbekistonda ayollarning 90 foizdan ortig’i savodli. Imkon berilgan taqdirda oliy ma’lumot va kasbdan qochmaydi. Mutaxassislar ta’biricha, qizlar tarbiyasida bilim va kasbiy kelajak olg’a surilishi va bilimli ayol jamiyat boyligi hamda quvvati ekani uqtirilishi lozim. Bugungi o’zbek ayolining taqdiri haqida gapiradigan bo’lsak, bugun hukumat olib borayotgan siyosat va nima deyayotganiga e’tibor bersangiz, go’yoki mamlakatda ayol uchun jannatdek sharoit yaratib bergandek tuyuladi. Afsuski bu yolg’on. Chunki aslida o’zbek ayoli bolalariga bir burda non, bir kosa issiq ovqat topish uchun boshidan ne balolarni kechirayotgani haqida O’zbekiston hukumati bilishni ham xohlamaydi.

O’zbek ayoli bugungichalik xor bo’lmagan. Ular uchun yaratilgan ishchi o’rinlari korrupsioner mansabdorlar tomonidan pullanib, talon-taroj qilinib, boshqalar singari ayollar ham ishsiz qolishdi. Ayollar bolasini boqish uchun hatto tanasini sotishga majbur bo’ldi. Mardikorlik qilayotgan ayollar, turli mamlakatlarda qora ishlar qilib yurgan ayollar taqdirini o’ylasangiz ichingiz og’riydi. Qirg’iziston fojiasida jabr tortgan ayollar haqida o’ylasangiz, gapirishga til ojiz". Xotin-qizlar tashkilotlari qancha ko’p bo’lsa shuncha yaxshi. Chunki muammolar ko’p. Hukumat tashkilotlari qatorida fuqarolar tomonidan tuzilgan tashkilotlarga ham talab bor. Hozirgi tashkilotlar birgalikda katta masalalarni ko’tarib chiqishga qodir emas. O’zbekistonda iqtisodiy sharoit og’ir. Ishsizlik keng tarqalgan.

Iqtisodiy shart-sharoit o’zgargan sari odamlarning hayot tarzi ham o’zgarib boradi. Lekin biz o’sha eski urf-odatlarga bog’lanib qolganmiz. Urf-odatlarga til tekkiza olmaymiz, chunki ular muqaddas deymiz. Lekin zamon o’zgarar ekan, biz eski odatlar bilan yashay olmaymiz axir. Bu urf-odatlarni tanqid qilgan odamga dushman deb qaraymiz. Bu noto’g’ri. Chunki urf-odat o’z vaqtiga mos ravishda paydo bo’lgan. Hozir esa boshqa vaqt. Shuning uchun ko’p urf-odatlardan voz kechish kerak.

Lekin aslida xotin-qizlar jamiyatda hamisha tinchlik va farovonlik, to'qlik va osoyishtalikni ta'minlab kelgan. O'tmishda ham, bugun ham. Global moliyaviy inqiroz bir haqiqatni yanada oydinlashtirdi. Bugun ko'plab mamlakatlarda ishchi-mehnatkashlar ayollar.

O'zbekiston tarixida hech qachon ayollarimiz, ziyoli bo'la turib, oilalarini boqish uchun mardikorlik qilmagan. Dunyoning turli burchaklarida o'zbek ayollari tanasini sotib fohishalik qilayotganini ko'rish mumkin. O'zbekistonda mardikor ayollar bozorlari tashkil qilingani ham o'ta fojiali holdir.

Mo'tabar Tojiboyeva bugun respublikada siyosiy lavozimlarda o'tirgan ayollarni, xususan Oliy Majlis va Xotin-qizlar qo'mitasi a'zolarini "saroy xonimlari" deb ataydi. Nega? Ular ham xalq orasidan chiqqan emasmi? 

"Chunki ular xalqdan ajralgan holatda faoliyat yuritadi. Matbuot va televideniyega qachon qaramay mana shu ayollar bugungi kunda xotin-qizlarning jamiyatdagi o'rni, ayollarning siyosiy ongini oshirish uchun qilayotgan ishlari haqida to'lqinlanib gapirashadi. Aynan mustaqillikdan keyin shunday imtiyozlar berilgani haqida gapirishadi. Lekin eng achinarlisi, bu saroy xonimlari oddiy xalqdan yiroq. Ular oddiy xalqdan, jumladan ayollardan tushgan murojaat, shikoyat va arizalarni oqibatsiz qoldiradi. Bu xonimlarning shikoyatbozlarga vaqti yo'q. Ular turli xil ko'ngilochar tadbirlar o'tkazish va buni matbuot orqali targ'ib qilish bilan bandlar",- deydi Tojiboyeva.

Qizlar uchun bilim olish, kasbli bo'lish yanada qiyinlashgan. Bilim olish katta pul talab qiladi. Ilmli yoshlar universitetga kirsa-da, shartnoma uchun mablag' topa olmayapti. Imkoniyat juda past. Hatto repetitorlar bilan tayyorlangan qizlar ham o'qishga kirib, kontrakt uchun pul topa olmayapti. O'qish uchun oila baquvvat bo'lishi kerak. Repetitor uchun ham pul kerak. O'qiyman deb yig'lab o'tirgan yoshlar bor. Lekin oila buning uchun sharoit yaratib bera olmaydi. Chunki kontrakt yilma-yil oshib ketmoqda. Muammolar cheksiz, ammo jamiyatga foydasi tegayotgan xotin-qizlar ham O'zbekistonda ko'p. Asl qahramonlar - qora terga botib, paxtazoru- dalalarda ishlayotgan, birovning dardiga malham bo'lib, ziyo ulashib, bir burda nonga yetarli pul topgani uchun shukur qilib, bolasining egni but, erining sog'lig'i va kayfiyati joyida ekanidan xursand bo'lib, eng asosiysi tinchlik deya yashayotgan ayollar.




Download 67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish