Bog'liq Biznes reja tarkibi va tayyorlash bosqichlari111
Strategik rejalashtirishning mohiyati va vazifalari. Strategik rejalashtirish-bu korxonaning missiyasi va maqsadlarini aniqlash,kelajakda korxona faoliyatini samarali tashkil etishni ta’minlash uchun zarur bo’ladigan resurslarni aniqlash va ularga ega bo’lishda mahsulot strategiyalarini tanlash jarayonlaridir.
Strategik rejalashtirish jarayoni boshqarish yechimlarini qabul qilishda yordam beruvchi vosita bo’lib hisoblanadi.Uning vazifasi tashqi muhitda sodir bo’ladigan o’zgarishlarga tegishli javob qaytarish uchun zarur bo’ladigan yangiliklarni va o’zgarishlarni ta’minlashdir.Strategiyani rejalashtirish u yoki bu holdagi tezkor harakat bilan yakunlanmaydi.U korxona pozitsiyasining o’sishi va mustahkamlanishini ta’minlashga qaratilgan umumiy yo’nalishlarni belgilash bilan tugaydi.
Korxonadagi hamma bo’linmalar,ularning birga faoliyat ko’rsatishlarini to’g’ri yo’lga qo’yish va baholash uchun rejalar tizimini tashkil etish zarurdir.
Strategik rejalashtirish jarayoni uni o’zlashtirish davomida bir qator qiyinchiliklarga duch keladi.Asosiy qiyinchilik shundaki,dastlabki yechimlarni qabul qilish jarayoni tashkilotdagi vakolatlarning tarkibi bilan bog’liqdir.Yangi strategiya odatda korxonadagi mavjud o’zaro munosabatlarni o’zgartiradi va korxona rahbariyati siyosatiga zid bo’lishi mumkin.Bunga tabiiy javob-odatiy o’zaro munosabatlarni va vakolatlar tarkibini o’zgartiruvchi har qanday yangiliklarga qarshi kurashdir.Yana bir sezilarli muammo shundaki,strategik rejalashtirishning joriy qilinishi foyda olinishini ta’minlovchi oldingi turli faoliyat bilan yangisi o’rtasida ziddiyatga olib kelishi mumkin,ya’ni tezkor rejalashtirish bilan korxonalarda dastlabki paytda strategik rejalashtirishning joriy qilinishiga tegishli na tamoyillik,na strategik fikrlashga qiziqish bo’ladi.
Keyingi muammo shu bilan bog’liqki,bunda korxona odatda samarali strategik rejalashtirishi uchun na o’zi to’g’risida,na tashqi muhit to’g’risida ma’lumotga ega bo’ladi.Bundan tashqari ularda strategiyani ishlab chiquvchi va o’zgaruvchi loyiq boshqaruvchilarning yo’qligi bu masalani ancha murakkablashtiradi.
Uzoq muddatli va strategik rejalashtirish. Ularning o’rtasidagi asosiy farqlar.
Uzoq muddatli rejalashtirishda rejalashtiruvchi sub’ekt bo’lib vazirliklar hisoblanadi.Ushbu hol bu ishlarning yetarli darajada samarali emasligidan dalolat beradi.Vazirliklar bu ishlar uchun yetarli imkoniyatlar, strategik ob’ektiv ma’lumotlar va vaqtga ega emas edilar.Bulardan tashqari joylardagi korxonalarning o’ziga hos xususiyatlarini to’liq hisobga olmas edilar.Shu sababli rejalashtirishning ab’ektivligi past bo’lib,natijalar ham ko’ngildagidek bo’lmasdi.Reja «qattiq ko’rsatma»sifatida shakllanardi,bunda strategik rejalashtirishning asosi bo’lmish-rejaning adaptivligini inkor qilinardi.Bu uzoq muddatli rejalashtirishning strategik rejalshtirishdan muhim,lekin asosiy farqi emas.Asosiy farqi-kelajakni talqin qilishda.
Uzoq muddatli rejalashtirish tizimida kelajak rivojlanishning tarixan shakllangan tendensiya ekstropolyatsiya aytib beriladi.Korxona rahbarlari odatda kelajakda faoliyat natijalari o’tgan davrga nisbatan albatta yaxshilanadi deb yondashishadi va bu narsa rejaning asoslanishi bo’lib hisoblanadi.