4.“Trast bank” XAB ning barcha bo’lim ish jarayoni bilan tanishdim Men Trast bankida amaliyot o’tash jarayonida kredit bo’limi, buxgalteriya hisobi va hisoboti bo’limi, xalqaro pul o’tkazmalari bo’limi, valyuta ayirboshlash shahobchalari va kassa amaliyotlar bo’limi ish jarayoni bilan tanishdim.
Men amaliyot davrimda birinchi navbatda O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2008-yil 11-iyulda 1834-son bilan ro’yxatga olingan Markaziy bank Boshqaruvining 2008-yil 3-maydagi 11-5 sonli qarori bilan tasdiqlangan O’zbekiston Respublikasi banklarida buxgalteriya hisobini yuritish va buxgalteriya ishlarini tashkil qilish tartibi to’g’risidagi yo’riqnoma bilan tanishdim va buxgalteriya bo’limida amaliyot o’tkazdim. Ushbu yo’riqnoma bilan tanishib quyidagi asosiy tushunchalar haqida ma’lumotga ega bo’ldim:
Bank amaliyot kuni – bank ish kunining bir qismi bo’lib, bankka kelib tushgan barcha pul hisob – kitob hujjatlarini qabul qilish, rasmiylashtirish va buxgalteriya hisobi hisobvaraqlarida aks ettirish uchun ajratilgan vaqt;
Bank buxgalteriya apparati – pul hisob – kitob hujjatlarini rasmiylashtirish, bank operatsiyalarini bajarish va ularni ichki nazoratdan o’tkazish hamda hisob registrlarida qayd etish va buxgalteriya hisobotlarini tayyorlash bilan shug’ullanuvchi xodimlar guruhi;
Bank ish kuni – qonun hujjatlari bilan belgilangan kun ichida o’rnatilgan ish vaqti;
Bank operatsiyalari ichki nazorati – bank rahbariyati va barcha bank xodimlari tomonidan kunlik bank operatsiyalarini amalga oshirish jarayonida ularning qonunchilikka mosligi, samaradorligi, yuqori malakada bajarilishi va moliyaviy hisobotlarning ishonchligini ta’minlash tizimi;
Bosh kitob – hisobvaraqlar rejasidagi ikkinchi tartibli hisobvaraqlar ro’yxati;
Buxgalteriya hisobi registrlari – ikkiyoqlama yozuv usulida operatsiyalar qayd etiladigan jurnallar, qaydnomalar, daftarlar va tasdiqlangan blanklar;
Bek – ofis – bankning tarkibiy qismi bo’lib, Front-ofis tomonidan dastlabki nazoratdan o’tgan va ijro uchun taqdim qilingan operatsiyalarni joriy nazoratdan o’tkazish va bank operatsiyalarini amalga oshiruvchi buxgalterlar guruhi;
Dastlabki nazorat – Front – ofis yoki ma’sul ijrochi buxgalter tomonidan operatsiyalarni bajarmasdan oldin ularning qonunchilikka mos ekanligini aniqlash bo’yicha amalga oshiriladigan nazorat;
Yordamchi kitob – bosh kitob hisobvaraqlariga ochiladigan shaxsiy hisobvaraqlar, shuningdek alohida mablag’lar turi va qimmatliklar bo’yicha yuritiladigan kartochka, kitob yoki jurnallar;
Joriy nazorat – Bek – ofis yoki nazoratchi buxgalter tomonidan Front – ofis yoki ma’sul ijrochi buxgalter ma’qullagan barcha bank operaysiyalarining qonunchilikka mosligini aniqlash maqsadida qaytadan amalga oshiriladigan nazorat;
Ma’sul ijrochi buxgalter mijozlarning pul hisob-kitob hujjatlarini to’g’ri rasmiylashtirilganligi va bank operatsiyalarining qonuniyligini dastlabki nazoratdan o’tkazib, ularni buxgalteriya hisobida aks ettirishga tayyorlovchi buxgalter;
Minibank – bank filiali binosidan tashqarida, lekin o’zi joylashgan viloyat-shahar hududida joylashgan va O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining tegishli normative-huquqiy hujjatlariga muvofiq faoliyat yurituvchi bank filialining tarkibiy tuzilmasi;
Nazoratchi buxgalter – ma’sul ijrochi buxgalter tomonidan dastlabki nazoratdan o’tkazilgan barcha bank operatsiyalarini joriy nazoratdan o’tkazib amalga oshiruvchi buxgalter;
Front – ofis – bankning tarkibiy qismi bo’lib, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan bank operatsiyalarini amalga oshirishda bank mijozlari bilan bevosita muloqotda bo’lgan holda ularga barcha bank xizmatlari ko’rsatuvchi xodimlar guruhi;
Yakuniy nazorat – amaliyot kun tugagandan so’ng, keying ank ish kunidan kechikmagan holda Front-ofis yoki ma’sul ijrochi buxgalter va Bek-ofis yoki nazoratchi buxgalter tomonidan bajarilgan barcha bank operatsiyalarining qonunchilikka mosligi va maqsadga muvofiqligini tasdiqlash maqsadida amalga oshiriladigan nazorat;
Buxgalteriya hisobi va hisoboti bo’limida bosh buxgalter rahbarlik qilar ekan. Bosh buxgalter bank tizimining bosh buxgalterlari to’g’risidagi namunaviy nizom asosida ish olib borar ekan. Bosh buxgalter bo’lmagan holda uning vazifasini bosh buxgalter o’rinbosari bajarar ekan. Buxgalteriya apparati xodimlarining aniq vazifalari bosh buxgalter tomonidan belgilab beriladi va bank rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
Men buxgalteriya hisobi va hisoboti bo’limida pul hisob-kitob hujjatlarini rasmiylashtirish bilan tanishdim. Trast bank barcha operatsiyalar O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan shakldagi pul hisob-kitob hujjatlarining qog’oz hamda elektron shakllari asosida amalga oshiriladi va buxgalteriya hisobida qayd etiladi. Pul hisob-kitob hujjatlari, shuningdek Bank hisobvarag’i shartnomasida ko’zda tutilgan boshqa hujjatlar bank tomonidan faqat mijozning bankka taqdim qilgan imzolar namunalari va muxr iz qo’yilgan varaqchada ko’rsatilgan shaxslar yoki mijozning vakil qilingan shaxsidan ishonchnoma asosida qabul qilinadi.
Pul hisob-kitob hujjatlarining majburiy rekvizitlari quyidagilardir:
- mijozning (muassasaning) nomi (jismoniy shaxlar uchun – familiyasi, ismi va sharifi) va soliq to’lovchining identifikatsion raqami (STIR);
- pul oluvchi va pul to’lovchi mijozlar hisobvaraq raqamlari;
- ularga xizmat ko’rsatuvchi bank nomi va kodi;
- hujjatning nomi va raqami, u tuzilgan sana va joy;
- operatsiyaning nomi, maqsadi va summasi (raqam va so’z bilan);
- mijoz muxri va ma’sul shaxslarning imzolari.
Hujjatlarda operatsiya maqsadi aniq bayon etilishi kerak. Pul hisob-kitob hujjatlarida bo’yash, chizish va tuzatishga yo’l qo’yilmaydi.
Bank kassasidan naqd pul olish uchun foydalaniladigan naqd pul cheklari bir xil rangli siyohli yoki sharikli ro’chka bilan qo’lda to’ldirilgan bo’lishi shart. Hujjatning to’ldirilmagan qismlarga ikkita parallel chiziq tortilishi lozim. Hisobvaraq egasining nomi, uning hisobvarag’I raqami va bank nomi cheklarda hamda e’lolarda burchak shtamplari yoziladigan so’mma satrning boshidan katta harf bilan boshlanishi kerak. So’mma raqam bilan hamda So’mma so’z bilan rek vizitlardagi so’mmadan oldin va keyin qolgan bo’sh joylarga uchlari diagonal chiziq bilan birlashtirilgan ikki parallel chiziq tortib qo’yiladi.
Naqd pul chekining old tomonida albatta, naqd pul olish uchun korxona tomonidan ishonchnoma berilgan shaxsning ismi , sharifi yoziladi. Hisobvaraq egasi naqd pul cheklarining orqa tomonida harajatlarning maqsadini ko’rsatishi shart, ushbu ma’lumotlar chek beruvchining imzolari bilan tasdiqlanadi va pul oluvchining pasporti yoki uning o’rnini bosuvchi hujjat ma’lumotlari ko’rsatiladi. Bu ma’lumotlar oluvchilarning o’zlai tomonidan to’ldirilishi shart. Naqd pul berilishi uchun asos bo’lgan pul cheklari va chiqim kassa orderlari oluvchilarning imzolari bilan tasdiqlanadi.
Naqd pul cheki bo’yicha mablag’ chekda shaxsi ko’rsatilgan shaxsga to’lanadi. Chek bo’yicha pul olish huquqi boshqa shaxsga topshirilishi man etiladi. Ikkinchi imzo huquqi bilan chekni imzolagan tashkilot bosh buxgalteri yoki bosh buxgalter vazifasini bajaruvchi xodim nomiga yozilgan chek bo’yicha pul to’lanishiga yo’l qo’yilmaydi. Faqat harbiy qismlar, harbiy tashkilotlar, markazlashtirilgan buxgalteriyalar xizmatidan foydalanmaydigan o’z-o’zini boshqarish organlarining, shuningdek pul olishiga ruxsat etiladigan boshqa shaxs shtatida bo’lmagan tashkilotlar hisobvaraqlariga doir cheklar bundan mustasno.
Bank operatsiyasini o’tkazish uchun asos bo’ladigan pul hisob-kitob hujjatlarida, ularni to’g’ri rasmiylashtirilganligi va tekshirilganligini bildiruvchi bank mansabdor shaxslarining imzosi bo’lishi lozim.
Men bundan tashqari amaliyot davrimda shaxsiy hisob-varaqlarda operatsiyalarni aks ettirish bo’yicha ma’lumotlarga ega bo’ldim. Bunga ko’ra, bank tomonidan amalga oshiriladigan birlamchi operatsiyalarning hisobi dastlab shaxsiy hisobvaraqlarda (kartochkalar, kitoblar, jurnallarda) aks ettiriladi.
Shaxsiy hisobvaraqlarda yozuvlar faqat tegishlicha rasmiylashtirilgan boshlang’ich hujjatlari asosida kiritiladi. Shaxsiy hisobvaraq quyidagi rekvizitlardan iborat:
-shaxsiy hisobvaraqning nomi;
-chiqish shaklining raqami;
-shaxsiy hisobvaraqni chop etish tartib raqami;
-shaxsiy hisobvaraqni tuzgan bank kodi va nomi;
-hisobvaraqqa xizmat ko’rsatuvchi buxgalterning raqami, uning familiyasi, ismi, otasining iami;
-ishlov berish sanasi;
-hisobvaraqdagi so’ngi harakat sanasi;
-kun boshidagi qoldiq summasi;
-kun oxiridagi qoldiq summasi;
-buxgalteriya yozuvlarining tartibi bo’yicha raqami;
-hujjat turi;
-hujjat raqami;
-vakil bankning kodi;
-debet bo’yicha aylanmalar so’mmasi;
-kredit bo’yicha aylanmalar so’mmasi;
-debet bo’yicha aylanmaning umumiy so’mmasi;
-kredit bo’yicha aylanmaning umumiy so’mmasi.
Mijozlarning shaxsiy hisobvaraqlari boshlang’ich hujjatlar asosida dasturiy yo’l bilan tayyorlanadi. Mijozga erish uchun shaxsiy hisobvaraqdan ko’chirma bir nusxada chop etiladi va u mijozning hisob varag’idan amalga oshirilgan operatsiyalarning bank tomonidan tasdiqlovchi hujjat bo’lib xizmat qiladi. Ushbu ko’chirma mijoz bilan kelishilgan tartibda uning bankka taqdim qilgan imzolar namunalari va muxr izi qo’yilgan varaqchada ko’rsatilgan shaxslari yoki mijozning ishonchnomasi asosida vakil qilingan shaxs tomonidan olinadi.
Trast bankda har kuni amaliyot kuni tugallanganidan keyin axborotlar o’rnatilgan tartibda arxivanadi. Bank amaliyot kuniga tegishli buxgalteriya hujjatlari ularning saqlash muddatlari bo’yicha alohida yig’ma jildlarga tikilgan holda saqlanadi. Men ham amaliyot davrimda hujjatlarni tayyorlash bilan yig’majildlarni rasmiylashtirish vazifasi bilan shug’ullandim.
Kunlik yig’majildga quyidagi hujjatlar tikiladi;
-bank mijozlari to’lov hujjatlarining hamda qisman amalga oshirilgan to’lovlarda, shuningdek bank mijozlar bilan shartnomada belgilangan hisob – kitoblar bo’yicha amalga oshirilgan to’lovlar uchun qo’llanilgan memorial orderlarning birinchi nusxasi;
-bank hisobvaraqlariga masofadan xizmat ko’rsatish tizimi bo’yicha amalga oshirilgan to’lov hujjatlarining ro’yxati;
-banklararo va filiallararo to’lovlar bo’yicha bank hisobvaraqlarining kreditlanishiga asos bo’lgan elektron to’lov hujjatlarining ro’yxati;
-bankning ichki hisobvaraqlari bo’yicha amalga oshirilgan operatsiyalar uchun asos bo’lgan memorial orderlar ro’yxati;
-ko’zda tutilmagan holatlar hisobvaraqlari bo’yicha amalga oshirilgan operatsiyalar uchun asos bo’lgan memorial orderlarning ma’sul ijrochilar bo’yicha tuzilgan ro’yxat;
-kunlik balans hisoboti.
Men Trast bankida buxgalteriya hisobi va hisoboti bo’limidan tashqari kredit bo’limida ham amaliyot o’tkazdim. Men kredit bo’limida amaliyot davrimda kredit siyosatining mohiyati,kredit turlari , kredit shakllari, kreditlash tamoyillari va kredit tartiblari bilan tanishdim.
Tijorat banklarining kredit siyosati alohida hujjat sifatida ishlab chiqiladi va bank kengashi tomonidan tasdiqlanadi.Har bir bank o‘z kredit siyosatini ishlab chiqadi va amalda joriy etadi. Bu siyosatni ishlab chiqish va ijro etish yuzasidan javobgarlik bank kengashi va boshqaruvi a’zolari, bankning boshqa mansabdor shaxslariga yuklatiladi.
Kredit deganda o‘z egalari qo‘lida vaqtincha bo‘sh turgan pul mablag‘larini boshqalar tomonidan ma’lum muddatga haq to‘lash sharti bilan qarzga olish va qaytarib berish yuzasidan kelib chiqqan munosabatlar tushuniladi. Kredit munosabati ikki subyekt o‘rtasida yuzaga keladi: biri pul egasi, ya’ni qarz beruvchi (kreditor) va ikkinchisi, pulga muhtoj, ya’ni qarz oluvchi (qarzdor).Kredit munosabati amalga oshishi uchun uning zarur unsurlari, ya’ni kreditning obyekti va subyekti bo‘lishi lozim. Kredit subyektlari har xil, bularga korxona, firma, tashkilot, davlat va turli toifadagi aholi kiradi.Kreditning obyekti har qanday pul emas, balki faqat vaqtincha bo‘sh turgan, egasi tomonidan ishlatilmay va qarzga berilishi mumkin bo‘lgan puldir. Bo‘sh pul uch xil bo‘ladi:
•tadbirkorlar yoki katta puldorlar qo‘lidagi pul, ya’ni pul kapitali;
•aholi qo‘lidagi pul – ertami kech ehtiyojni qondirish uchun to‘plangan pul, egasi qo‘lida kapital emas, balki iste’molini qondirish vositasi;
•davlat ixtiyoridagi pul. Bu ham pul kapitali (davlat korxonasi uchun), ham umumiy iste’mol pulidir.