Trast bank” XAB aksiyadorlar nomi
№
|
Aksiyadorlar nomi
|
Ustav kapitaldagi ulushi (%)
|
1
|
“MADI GmbH” MChJ
|
5,00%
|
2
|
“DIMINUR GROUP” MChJ
|
12,11%
|
3
|
“PRESYSTEM UNIVERSAL” MChJ
|
17,96%
|
4
|
Sharipov T.M.
|
23,27%
|
5
|
Parpiyev D.B.
|
23,27%
|
6
|
Maxmudova D.M.
|
15,03%
|
3.“Trast bank” XAB ning umumiy faoliyati
Trast bank bankining faoliyatini korxona faoliyatiga shu jihatdan o‘xshatish mumkinki, Trast bank ham korxonalar singari o‘z faoliyatini o‘z daromadini ko‘paytirishga qaratadi, lekin korxonalar faoliyatidan farqli ravishda Ipoteka bank shu asosida birinchidan, o‘z ta’sischilari–aksiyadorlarining manfaatlarini, ikkinchidan, o‘z mijozlarining manfaatlarini himoya qilishni ta’minlaydi.
O‘zbekiston Respublikasida tijorat banklarini tashkil etish va ularning faoliyatini olib borish “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi qonunga asoslanadi. Yuqorida qayd etilgan qonunga asosan O‘zbekiston Respublikasida banklar universal faoliyatni amalga oshiradilar. Trast bank ham ushbu qonun asosida o’z faoliyatini amalga sohiradi. Aniqroq qilib aytadigan bo‘lsak, turli xilda kreditlar berish, qimmatli qog‘ozlar va xorijiy valyuta oldi-sotdisi bilan shug‘ullanish, bo‘sh turgan pul mablag‘larni jalb etish, hisob-kitoblarni amalga oshirish, kafolat va garantiyalar berish va hokazolar tijorat bankining asosiy faoliyat turlaridan hisoblanadi.
Trast bank hisobot O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tasdiqlangan qonun-qoidalar asosida amalga oshiriladi. Trast bank Markaziy bankka yoki uning joylardagi boshqarmalariga bankning oylik balansi, choraklik aylanma vedomostini va uning yillik buxgalteriya hisobotini har oyning 1 kunigacha taqdim qiladi. Trast bankining moliyaviy ahvolidan ularning aksiyadorlari va mijozlari doimo xabardor qilinadi. Trast bankining faoliyat natijasi, moliyaviy holati to‘g‘risida mijozlarga axborot berish maqsadida ularning aksionerlar umumiy yig‘ilishida tasdiqlangan yillik balansi hamda foyda va zararlar to‘g‘risidagi hisoboti, ularning haqqoniyligi to‘g‘risidagi auditorlik tashkilotlarining xulosasidan keyin matbuotda e’lon qilinadi.
«Trastbank» XAB faoliyatining asosiy yo’nalishlari quyidagilardan iborat:
Jismoniy va yuridiy shaxslar uchun milliy hamda xorijiy valyutada hisoblar ochish va yuritish;
Mablag’ egasi yoki mazkur mablag’ga egalik huquqi bo’lgan shaxs bilan tuzilgan shartnomaga binoan pul qo’yilmalarini boshqarish;
Bank va pul o’tkazmalarini amalga oshirish;
Plastik kartochkalar bo’yicha milliy valyutada, shuningdek, VISA Elektron, VISA Classic, VISA Business, VISA Gold xalqaro kartochkalari bo’yicha xizmatlar ko’rsatish;
Turli valyutalarda muddat talab qilgunga qadar (muddatli) va jamg’arma qo’yilmalarini jalb etish;
O’zlik mablag’lari va jalb qilingan mablag’lar hisobiga turli shakllarda hamda turli maqsadlar uchun kreditlar taqdim etish;
Moliyaviy lizingni tashkil etish va amalga oshirish;
Qimmatli qog’ozlar bilan amaliyotlarni amalga oshirish;
Eksport-import amaliyotlarini olib borish;
«Bank-Mijoz», «SMS-Bank», «Internet-Bank» tizimli xizmatlarini taklif etish;
Bank sohasida maslahat hamda axborot xizmatlarini ko’rsatish;
Xalqaro bank amaliyotiga muvofiq, O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan berilgan bank amaliyotlarini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyada alohida belgilangan boshqa amaliyotlarni amalga oshirish.
Trast bank bo‘sh pul mablag‘larini yig‘ish va ularni kapitalga aylantirish funksiyasini bajara turib mavjud bo‘sh pul daromadlari va jamg‘armalarini yig‘adi. Jamg‘aruvchi (bo‘sh pul mablag‘ egasi) o‘z mablag‘larini bankka ishonib topshirgani uchun va bank bu mablag‘lardan foydalangani uchun ma’lum foiz hisobida daromad oladilar. Bo‘sh pul mablag‘lari hisobidan ssuda kapitali fondi vujudga keladi va bu fond iqtisodiyot tarmoqlarni kreditlash uchun ishlatiladi.
Trast bankining bo‘sh turgan mablag‘larni jalb etish ularni kapitalga aylantirish funksiyasi asosiy funksiyalardan hisoblanib, jalb etilgan mablag‘lardan daromad qarz mablag‘lariga bo‘lgan talab va taklif asosida shakllanadi.
Bankning vositachilik operatsiyalari bozor iqtisodiyoti tizimini rivojlantirish borasida bank o‘z faoliyatida risk va noaniqlikning oldini olishga sharoit yaratadi. Pul mablag‘lari bank vositachiligisiz ham kreditor va qarz oluvchi orasida muomalada bo‘lishi mumkin, ammo bu bilan mablag‘larni yo‘qotish bilan bog‘liq risk darajasi oshadi va mablag‘larni o‘z vaqtida qaytarib berish muammolari yuzaga keladi. Bu muammolarning yuzaga kelishi shundan iboratki, kreditor va qarz oluvchi bir-birovi haqida yetarli darajada ma’lumotga ega emasligi, mablag‘larga bo‘lgan talabning taklif bilan doimo miqdoran va bir vaqtda teng emasligidadir. Ipoteka banklari mablag‘larni depozitga jalb etishi, ssuda berishi mumkin. Trast bank o‘z aktivlari bo‘yicha keng diversifikatsiya usulini qo‘llab omonatlarni qaytara olmaslik riski darajasini kamaytirishi mumkin.
Bank faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:
kreditlash;
hisob-kassa xizmatlari;
tashqi iqtisodiy faoliyat.
Bank innovatsion mahsulotlarini samarali joriy etish va xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini kengaytirish nuqtai nazaridan faoliyatning strategik yo‘nalish deb hisoblaydigan chakana biznes rivojlanishining strategik yo‘nalishi hisoblanadi.
Faoliyatning asosiy turlari bo‘yicha strategik ko‘rsatmalarga erishish banklar bozorida o‘z mavqeini mustahkamlashga olib kelishi kerak, bu esa bankka barqaror rivojlanayotgan bankning yetakchi iqtisodiy o‘rnini egallash imkonini beradi.
Investitsiya krediti – ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish ob’ektlari normal faoliyat yuritishida zarur bo‘lgan qurilish, rekonstruksiya yoki texnikaviy qayta qurollantirish (loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va loyiha ekspertizasini o‘tkazish, asbob-uskunalar sotib olish, qurilish-montaj va boshqa ishlar o‘tkazilishini o‘z ichiga olgan holda) hamda boshqa asosiy fondlarni sotib olish yoki yaratish va shu bilan bog‘liq bo‘lgan ishchi kapital qismini sotib olish uchun mo‘ljallangan kredit.
Investitsiya kreditlari yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan, bankda talab qilib olguncha depozit hisobvaraqlari mavjud bo‘lgan xo‘jalik sub’ektlariga, mulk shaklidan qat’iy nazar, milliy va chet el valyutada taqdim qilinadi.
Bank, qarzdorlarga chet el valyutasida investitsiya kreditlarini taqdim qilinishi to‘g‘risida masalalarni hal qilishda maxsus e’tiborni, kreditlanayotgan tadbirlarning valyutada o‘zini qoplashidan iborat asosiy prinsipdan kelib chiqqan holda, kredit so‘ndirilishining manbalari mavjud bo‘lishiga qaratadi.
Investitsiya kreditlari qarzdorlarga qaytarishlilik, to‘lovlilik, ta’minlanganlik, muddatlilik va maqsadli ishlatilishi shartlarida beriladi. Qarzdorlar bankning kredit resurslari samarali ishlatilishi yuzasidan javobgardir. Kreditlash shartlari buzilgan hollarda ularga nisbatan iqtisodiy ta’sir choralari qo‘llaniladi.
Investitsiya kreditlari bankning o‘z va jalb qilingan kredit resurslari hisobidan, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan milliy va chet el valyutada operatsiyalari bo‘yicha o‘rnatilgan iqtisodiy me’yorlarga amal qilgan holda, taqdim qilinadi.
Investitsiya krediti bank va qarzdor o‘rtasida tuzilgan kredit shartnomasida belgilangan tijorat shartlarda taqdim qilinib, foizlar milliy valyutada (kredit milliy valyutada berilganda) va chet el valyutasida (kredit chet el valyutasida berilganda) undiriladi. Kreditlash shartlari yuzasidan har qanday o‘zgartirishlar kredit shartnomaga qo‘shimcha kelishuv rasmiylashtirish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Investitsiya krediti berish muddati loyihaning maqsadi, texnik-iqtisodiy asoslarga ko‘ra loyihaning o‘zini oqlash muddati, loyiha oxiriga yetkazilishi va ishga tushirilishi bilan bog‘liq boshqa holatlarni inobatga olib, 5 yildan (60 oydan) oshmagan davrga belgilanadi.
Investitsiya kreditini taqdim qilish to‘g‘risida masalani hal qilishda, kreditni qoplash manbai va garovlariga, oldin berilgan kreditlar bo‘yicha qarzdorning bank oldidagi majburiyatlari o‘z vaqtida bajarilishiga alohida e’tibor qaratiladi.
Trastbank” XAB yuridik shaxslarga qo‘shimcha daromad olish maqsadida bank muddatli va jamg‘arma depozitlariga bo‘sh turgan mablag‘larni joylashtirishni taklif qiladi. Depozit muddatiga muvofiq turli foiz stavkalar qo‘llanilishi ko‘zda tutilgan.
Bank mutaxassislari bo‘sh turgan mablag‘larni depozitga joylashtirish, shuningdek zaruriy hujjatlarni to‘ldirish va taqdim etish masalalari bo‘yicha kerakli maslahatlarini beradilar.
Alohida afzalliklari:
Bank depozit siyosatida pul mablag‘laringizni muddatidan avval qaytarib olganingizda ham ma’lum miqdorda daromad olish ko‘zda tutilgan.
Trast bank bilan hamkorlikda mijozlar quyidagilarga ega bo‘ladi:
Depozit bo‘yicha manfaatli foiz stavkalar;
Mijozga alohida yondashuv;
Depozit muddati bo‘yicha qulay shartlar;
Bankning G‘aznachilik departamentidan quyidagi telefon raqamlari orqali yanada to‘liq ma’lumotlarni olishingiz mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |