oila shakllari
–
Oila turlariga guruhli nikoh
(q.
Guruhli
nikoh
), juft nikoh
(q.
Juft nikoh
), monagamiya
(q.
Monagamiya
), poligamiya (q.
Poligamiya
) kiradi. Ularni nikoh shakllariga kiritish holatlari ham uchraydi.
Aslida esa ular oila shakllariga kiradi.
Ona urug‘i davrida kelin va kuyovning o‘z ona urug‘larida yashab vaqti-
vaqti bilan uchrashib turish odati bo‘lgan. Bunday odat dislokal joylashish
nomini olgan.
Matriarxat davrida ona oilasi aloxida qo‘rg‘on yoki uyda yashovchi, xar
jihatdan mustahkam bog‘langan jamoadan - kommmunadek, zich uyushgan
xo‘jalik tashkilotida iborat bo‘lib, ba'zi shahsiy buyumlardan tashqari barcha
buyumlar oilaniki xisoblangan. Shu bilan birga ishlabchiqarish va iste'mol
buyumlari umumiy bo‘lgan. Oila tepasida esa, aqlli tadbirkor-qorani tanigan,
eng keksa ayol turgan. U xonadonning barcha ishlariga rahnamolik qilgan.
Shunday qilib, rivoj topgan ona urug‘i davrida ijtimoiy turmushda ham
oilada ham ayollar ustunlikka ega bo‘lganlar. Rivojlangan ona urug‘i davrida
oila urug‘ xatto qabila tepasida ham ayol turgan degan ma'lumotlar bor. Erkaklar
ularga tobe bo‘lib, xatto kamsitilgan ham. Amerikadagi seneka qabilasining
216
irokezlari orasida ko‘p tillar yashagan Artur Raytning yozishicha, irokez ayollari
erni boshqa klanlardan olganlar, ayollar uyda xukmron bo‘lib, ular klanlarda
(urug‘larda va umuman hamma soxalarda katta kuchga egadirlar. Shunday
vaqitlar ham bo‘lganki ayollar erkaklardan saylangan boshliqni oq soqolni
o‘rnidan tushirib, oddiy jangchi darajasiga tushirib qo‘yishdan toymas ham
edilar. Ironezlarning xonadon jamoasi-ovachirida butun xokimiyat katta yoshli,
xo‘jalik, butun ishlarni yahshi biladigan, tajribali va obro‘li ona ayollardan
tashkil topgan kengash ixtiyorida edi. Erkaklar boshqa uruqqa mansub
bo‘lganliklari tufayli ovachgirda qo‘shni bo‘lgan guron ayollar haqida qiziqarli
ma'lumot keltirgan. yer, dala va hamma xosil umuman butun xokimiyat ayollar
qo‘lidadir. Bunga qarshi erkaklar hamma narsadan mahrum va cheklangan,
ularning bolalari o‘zlariga begonadir. Uy xo‘jaligini ayollar boshqaradilar.
Bunday tartib melaneziyaning ba'zi oblastlari xususan Dobu orolida ham
xisobga olingan. U yerlarda ham hamma narsaning sohibi va taqsimotchisi ona-
ayoldir. Bunday manzarani Afrika janubiy Amerika, Avstraliya, Okeaniya va
boshqa joylardagi oila, urug‘ va qabilalar xayotida ham uchratish mumkin. Bu
hol ibtidoiy davrda yer yuzidagi juda ko‘pchilik qabila va xalqlar ona urug‘i
davrini boshlaridan kechirganlar, degan fikirni aytishga imkon beradi.
217
Do'stlaringiz bilan baham: |