2.2 Primatlar evolyusiyasi
Birinchi primatlarga keladigan bo‘lsak ular yer yuzida bundan 65 mln yil
muqqadam vujudga kelgan. Birinchi primatlar tropik o‘rmonlarda istiqomat
qilishgan. Ular daraxtlarda hayot kechirishga moslashishgan. Ularning qo‘l va
oyoqlari daraxtlarda xarakat qilishga moslashgan bo‘lib ko‘zlari yuqoridan
ko‘rishga yaxshi moslashgan. Bugungi kunga kelib primatlarning fanda 400
ortiq turi mavjud bo‘lib ularning aksariyati xaligacha daraxtlarda istiqomat qilib
kelmoqda. Primatlardan farqli ravishda faqat odamlargina yerda o‘troq hayot
kechirishmoqda.
Evolyusiya bugungi kunda zamonaviy fanda insonning vujudga kelishi
xaqidagi asosiy ta'limotlardan hisoblanadi. Evolyusiyaning xozirgi kundagi
modelini fanda birinchi bo‘lib Ch. Darvin kiritgan. 1959 yilda Darvining fikriga
ko‘ra yerda hayotning davomiyligi barcha geologik davrlarda turlarning bir
biridan ko‘payganligi bilan izohlaydi.
Xo‘sh evolyusion jarayon o‘zi nima?
Evolyuston jarayon shunday jarayondirki uning yordamida tirik
organizmlar bir nechta avlodlarda o‘zgarib kelgan. Evolyusion jarayondan shuni
ko‘rishimiz mumkinki unda bitta ajdoddan yer yuziza bir nechta avlodlar ajralib
chiqishgan. Masalan birinchi qushlar oilasiga mansub bundan 150 mln yil avval
yashagan Archaeopteryx (arxeopteriks) bugungi kundagi fanda ma'lum 10000 ga
yaqin qushlarning ajdodi hisoblanadi. Ch. Darvin evolyusion jarayonning
avlodlar qoldirishiga ishongan. Lekin u usha davrda zamonaviy genetika fanidan
xabardor ham bulmagan. XX asrda genetika fanida shu narsa ma'lum buldiki yer
yuzida istoqomat qilayotgan xar bir tirik organizm to‘qimalarida genetik kod
yashiringan bo‘lib shundan xar bir inson to‘qimalarida 20000-25000 gen
mavjud.
Shunday
qilib
evolyusiyaning
kaliti
organizmlarning
shzgaruvchanligidadir.
Primatlarning rivojlanishi evolyusion jarayon natijasida ular xar qanday
sharoitga moslashuvchanligini ko‘rsatib turadi.
24
Ch. Darvin istiqomat qilgan davrlardan boshlab fanda turlarning kelib
chiqishi xaqida ko‘plab bahs munozaralar kelib chiqgan. Turlar yerda hayot
davomiyligining asosiy bo‘g‘ini hisoblanadi. Bugungi kunda yerda 10 mln yaqin
turlar mavjud. Shulardan 5000 ga yaqini sutemizuvchilar hisoblansa ulardan 435
ga yaqini primatlardir. Bugungi kunda fandan bizga shu narsa ma'lumki turlar
tabiatdan bir biriga qo‘shilmasligi va tabiiy chegaralangan hududlarda istiqomat
qilishini yaxshi bilamiz. Bu turlar orasida insongina yer yuzining turli
xududlarida yashab kelmoqda.
XVIII va XIX asrlarda arxeologiya, antropologiya soxasida qo‘lga
kiritgan ilmiy dalillar va ilg‘or qarashlar, primatlar va odamlarning kelib
chiqishi xaqidagi farashlarni rivojlantirdi.
Olimlardan
J.
B.
Lamark, Karl Linney va
boshqalar
insonning
biologik
jihatidan
maymunlarga
yaqinligi,
kelib chiqishi va uning
tabiatda tutgan o‘rni haqida
ilg‘or
fikrlar
bilan
maydonga
chiqdilar.
Lamark
turlarning
o‘zgaruvchanligini
qayd
etish
bilan
birga,
bu
o‘zgarishning
sabablarini,
evolyusiya
jarayonini
harakatlantiruvchi kuchlarni tushuntirishga intildi. U organizmlarni sinflash
ustida ishlar ekan, tuzilishiga qarab ularni tartib bilan joylashtirish mumkinligini
25
aytgan. Lamark fikricha, barcha o‘simliklar bilan hayvonlar azaldan doimiy
bo‘lmagan, balki ma'lum vaqtda rivojlangan. Hayot materiyaning
muayyan bir tashkiliy va xarakteridan kelib chiqqan xossadan iborat. Birinchi
sodda organizmlar tiriklikka xos xususiyatlarga ega bo‘lmagan. Birlamchi
organizmlar hayotiy xususiyatlarga ega bo‘lishi uchun ular tanasiga tashqi
muhitda keng tarkalgan «flyuidlar» (moddiy zarrachalar) kirib, ularga organizm
sifatini berishi zarur. Lamarkcha tabiatning rivojlanishi hamisha sodda tirik
jismlarning paydo bo‘lishidan boshlangan. Binobarin, uning rivojlanish yo‘li
soddadan murakkabga, tubandan yuksakka tomon borgan. Tirik mavjudotlar
tuzilishining murakkablik formasiga qarab, tabiatda ma'lum bir bosqich —
pog‘ona bor. Lamark uni gradatsiya
deb atagan. Gradatsiya prinsipi umumiy
biologik ahamiyatga ega bo‘lib, evolyusiya jarayonining asosiy yo‘nalishi
hisoblanadi. Tashqi muhit ta'sirida sinf ichida gradatsiya buziladi. Lamarkning
odam paydo bo‘lishi to‘g‘risidagi fikrlari ham diqkatga sazovordir. U odam
tabiatning bir qismi, uning tanasi moddiy va boshqa tirik mavjudotlarga o‘xshab,
tabiat qonunlariga bo‘ysunadi; «Odamning tana tuzilishi boshqa sut emizuvchi
hayvonlarnikiga o‘xshash» deydi. Odam maymunga eng yaqin ekanligini
ta'kidlash bilan birga, ularning anatomik tuzilishida, masalan, kallasining
tuzilishi, gavdasining vertikal holati, oldingi va orqa oyoqlarining tuzilishida
o‘ziga xos farqlar borligini, shunga ko‘ra, odam alohida avlod va turga
kirishini aytadi.
Lekin ko‘p yillar davomida olib borilgan geologik, paleontologik va
arxeologik tadqiqot ishlari oraliqdagi bu uzilishni bir darajada to‘ldirdi.
Odamning ham, gorilla va shimponzelarning yaqin umumiy ajdodi hisoblangan
odamsimon qazilma maymunlar driopiteklar 27 million yillar ilgari miotsen
davrida, janubiy Osiyo, janubiy yevropa va Afrikada tarqalgan edi.
26
Do'stlaringiz bilan baham: |