Psixikanirivojlanishbosqichlari. Xatti-harakatshakllari
Uzoq vaqtlar davomida psixologiya tabiiy, ijtimoiy fanlardan ajratilib
o‘rganiladigan ilm sohasi sifatida qaralgan. Buning asosiy sababi shundaki, o‘sha
paytlarda psixologiya, inson ruhi idealistik nuqtai nazaridan talqin etilgan.
Psixologiya oldida turgan asosiy funksiya asosan inson ichki olamini o‘rganish
bo‘lib, bu ichki olamga tashqi dunyoga aloqasiz ravishda lrganizm ichida paydo
bo‘ladigan ichkarida kechadigan jarayonlar, holatlar sifatida talqin etilgan.
Masaslan R.Dekartning ta’kidlashicha, insonning o‘zini o‘zi anglashi uning ruhiy
hayotiga xos bo‘lgan narsa bo‘lib barcha psixik kechinmalarning murakkabligi
faqat ana shu ichki jarayonlargagina bog‘liqdir.
O‘tgan asrda ana shu ichki olamni tashqi olamga qarshi qo‘yib, uni ajratgan
holda talqin etish g‘oyalariga qarshi kurash avj olib ketgan edi bundan 100 yilcha
muqaddam I.M.Sechenov tomonidan his etiladigan va amalga oshiriladigan
psixologik faoliyatlarning o‘rganishi kerak deb aytadi.
27
I.M.Sechenov tomonidan taklif qilingan reflektor nazariya konsepsiyasi
dualizm qarashlarini psixik hayotga tadbiq etish bo‘yicha birinchi ilmiy qarash
bo‘lmagan.
Psixologiyan tabiat va jamiyat haqidagi fan sifatida joriy qilish sobiq sovet
psixologlarining asosiy maqsadlaridan biri bo‘lgan.
CHet el psixologlarining ishida psixologiya ichki dunyo haqidagi fan sifatida
emas balki, tashqi ko‘rinishlar haqidagi fan deb hisoblangan. Psixologiyani ruhiy
hayotning o‘ziga xosligi haqida emas, balki hayot faoliyatining uzoq muddat
rivojlanishi natijasi sifatida, unda organizmning atrof-muhit bilan faol o‘zaro
aloqaga kirishadi, unda u o‘z o‘rnini topishga intiladi. Bunday aks ettirish
jarayonida, atrof-muhitning ta’siri ostida miyada psixik jarayonlar vujudga keladi.
Bu holat esa psixikaning ichki dunyo haqidagi fan tushunchasini yo‘qotgan va
buning natijasida evolyusion rivojlanish vujudga keladi. Psixik jarayonlar shu
tariqa o‘rganish ob’ekti bo‘lib qolgan.
CHet el psixologlarining fikriga ko‘ra psixika hayot faoliyatida vujudga
kelmay, balki organizmning hayot faoliyatini ma’lum shart-sharoitlarda vujudga
keltiradi. Masalan, notirik tabiatda alohida buyumlarning o‘zaro aloqasi mavjud.
Biroq bunday aloqalar ularning yashashi uchun sharoit hisoblanmaydi qoya suvdan
mustaqil ravishda bo‘lishi mumkin, suv qirg‘oqdan mustaqil ravishda mavjud
bo‘lishi mumkin. Masalan, kerosinda mavjud bo‘lgan kakliy ochiq havoga
qo‘yilganda uchib ketishi mumkin. Erning rivojlanishi jarayonida juda murakkab
qo‘shilishlar vujudga kelgan. Bu katta molekulalar konservatlar deb atalgan.
Ularning asosiy xususiyatlari ularning qismlarga tez ajrala oladilar, chunki modda
almashinuvi ko‘proq bo‘lar ekan. Bu molekulalar yangi moddalarni qabul qilib,
o‘zlashtirishi tashqi olam maxsulotlarini sochishi kerak. SHu tariqa o‘sha katta
molekulalar atrof-muhitda moddalar almashinuvi uchun kerak. Moddalar
almashinuvi pavssiv jarayon hisoblanmaydi. U oqsil molekulalarning hayotiy
faoliyat jarayonini amalga oshiradi. SHu tariqa tirik hayot vujudga keladi. Bu
hayotda mayda organizmlar vujudga keladi. Bu to‘qimalarning mavjudligining
o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, ular moddlarga qo‘zg‘ovchilarni har doim
28
topa oladilar. SHu darajada ham tirik moddalarda ehtiyojlar paydo bo‘la
boshlagan. Hamma tashqi olam ko‘rinishidan hayotni qo‘llash uchun biotik ta’sir
va mavjud bo‘lmagan abiotik ta’sir mavjud edi. Agar biz hayot evolyusiyasini
diqqat bilan kuzatsak, ularni ma’lum bir bosqichlarga ajratishimiz mumkin.
Birinchi bosqich bu o‘simliklar olami. Bu forma evolyusiyaning hamma
bosqichlarida uchraydi. Sodda bir to‘qimali suv o‘tlaridan tortib, to zamonaviy
o‘simliklarga qadar.
Ko‘pgina tadqiqotchilarning fikriga ko‘ra o‘simliklar olamining o‘ziga
xosligi shundan iboratki, ular ma’lum bir joyga bog‘langanlar, harakat qilmaydilar.
O‘simliklar olami ma’lum bir moddalar almashinuvida to‘xtaydi. O‘simliklarning
hayot faoliyati 1 biotik omillarga bog‘liq holda amalga oshiriladi. O‘simliklar
ma’lum bir sharoitlarga nisbatan sezuvchan bo‘lib qoladilar. Demak, o‘simliklar
ham o‘z ehtiyojlariga egadirlar. O‘simliklar ularga ta’sir qilagan omillarga nisbatan
ta’sirlarga javob berish xususiyatlariga egadirlar. O‘simliklar ma’lum bir xududga
bog‘langandirlar, undan ortiqcha harakat qilmaydilar. O‘simliklar yorug‘likka,
haroratga, kimyoviy ta’sirlarga nisbatan ta’sir berish xususiyatlariga egadirlar.
Bunday harakatlar tropizmlar deb ataladi.
Tropizmlar fototropizm (yorug‘likka javob), termotropizm (haroratga),
geotropizm (er markaziga intilishi), xemotropizm (kimyoviy ta’sirlarga) larga
bo‘linadilar. O‘tkazilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, tropizmlar ijobiy (taassurot
kelgan yo‘nalishga qarab intilish) yoki salbiy (zararli taassurotlarga intilish)
xarakterga ega bo‘lishi mumkin.
O‘simliklar dunyosidan farq qiluvchi bosqich bu hayvonot olami
hisoblanadi.
Hayvonot
olamining
o‘simliklar dunyosidan farqlanuvchi
xususiyatlari bu hayvonlarda harakatning mavjudligidir. Bu ba’zida etarli
hisoblanmaydi, chunki ba’zi bir o‘simliklar haoakatlanish xususiyatlariga
eagdirlar. Masalan, kungaboqar yoki pashsha yutuvchi o‘simlik, kungaboqar
quyoshga qarab harakatlansa, pashsha yutuvchi pashshalarga qarab harakatlanadi.
Lekin bundaay
harakatlar hayvonlarning
xatti-harakatlaridan farqlanadi.
Hayvonlarning harakati faol xarakterga ega. O‘simliklar dunyosidan hayvonot
29
dunyosiga o‘tishdagi yangilik bu hayvonlarda yangi qo‘zg‘atuvchining ko‘rinishi
vujudga kelishidir. Hattoki eng sodda tuzilgan hayvonlar ham biotik
qo‘zg‘atuvchilarni paydo bo‘lishini namoyon qilishlari mumkin. Bu A.N.Leontev
talqiniga ko‘ra sezuvchanlik deb nomlangan. Hayvonlarda sezuvchanlikning paydo
bo‘lishi yangi xususiyatlardan biri hisoblanadi va bu esa yangi organizmlarni
vujudga keltiradi, bu holat esa psixikaning vujudga kelishining asosiy omili
hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |