O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti



Download 2,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet170/227
Sana03.02.2022
Hajmi2,88 Mb.
#426907
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   227
Bog'liq
Rasulov

A.Maslou shaxs nazariyasi 
Maslou Abraxam Xarold (1908-1970) gumanistik psixologiya asoschilaridan 
biri bo‘lgan amerikalik psixolog bo‘lib, u psixologiyaga motivatsiyalarning 
ierarxik modelining muallifi sifatida kirib kelgan. Bu ierarxiya asosida uning 
tug‘ma va universalligi haqidagi postulat yotadi. U inson motivatsiyasini quyidagi 
ketma-ketlikda tartiblab chiqqan: 
Maslou ierarxiyasi asosiy mazmuniga ko‘ra, extiyojlarni hech qachon 
“hamma narsa yoki hech narsa” prinsipi asosida qondirib bo‘lmaydi. Ehtiyojlar bir-
biriga qisman mos keladi va insonda bir vaqtning o‘zida ikki yoki undan ortiq 
pog‘onadagi ehtiyojlarga motivatsiya uyg‘onishi mumkin. Maslouning 
ehtiyojlarining ierarxik modeli doirasida o‘rtacha insonning qondirishi kerak 
bo‘lgan 5 ta ehtiyojlarini ko‘rsatib o‘tgan:Maslou ierarxiyasi asosiy mazmuniga 
ko‘ra, extiyojlarni hech qachon “hamma narsa yoki hech narsa” prinsipi asosida 
qondirib bo‘lmaydi. Ehtiyojlar bir-biriga qisman mos keladi va insonda bir 
vaqtning o‘zida ikki yoki undan ortiq pog‘onadagi ehtiyojlarga motivatsiya 
uyg‘onishi mumkin.


240 
Fiziologik – 85% 
Xavfsizlik va himoya – 70% 
Muhabbatga va aniq sotsial guruxga bog‘liqlik – 50% 
Hurmat va e’tibor – 40% 
O‘zida extiyojlar perarxiyasining yuqori pog‘onasini namoyon qiluvchi 
o‘zini o‘zi aktuallashtirish pog‘onasi – 10 % 
Maslouning 
fikricha, 
inson 
pastroq 
pog‘onadagi 
ehtiyojlarini 
qondirmaguncha, yuqori pog‘onadagi ehtiyojlarga erisha olmaydi. SHuning uchun 
yuqori pog‘onadagilar ehtiyojlarga juda ozchilik, ya’ni aholining 1 % igina 
erishadi. Maslou yana shuni ta’kidlab o‘tadiki, o‘z o‘zini aktuallashtiruvchi 
insonlar uchun mustaqillik, xreativlik, mahsuldorlik, dunyoni falsafiy anglash va 
erkin muloqandmandlik xos. 
1960-yillar boshlarida Maslou qo‘l ostida bir qancha gumanistik yondashuv 
vakillari birlashib, psixologiyadagi ikki muhim intellektual oqim bo‘lgan 
psixoanaliz va bixeviorizmga qarshi gumanistik psixologiyani yaratadilar. 
Gumanistik psixologiya kuchli tashkil qilingan nazariy tizim bo‘lmasdan, uni 
shaxsga va klinik psixologiyaga nazariy munosabat bildiruvchi o‘ziga xos gurux 
desa ham bo‘ladi. Maslou o‘z yo‘nalishini psixologiyadagi uchinchi kuch deb 
nomlagan. Bu yondashuv vakillari inson tabiatining aniq kelib chiqish 
konsepsiyalarini ajratib o‘rganishgan. Amaliy jihatdan esa bu yondashuvlar g‘arb 
falsafiy 
tafakkuri 
tarixida 
o‘zining chuqur ildiziga ega. Gumanistik 
psixologiyaning ildizi ekzistensial falsafa ildizlariga borib taqaladi. Uni Seren 
Kerkegor (1813-1855), Karl YAspers (1883-1969), Martin Xaydegger (1889-1976) 
va Jan-Pol Sartr (1905-1980) kabi bir qancha Evropalik faylasuf yozuvchilar 
hisoblanadi. 


241 
Gumanistik psixologiyani namoyondalari Erik From, Gordon Olport, Karl 
Rojers, Viktor Frankl va Rollo Mey kabi mashhur psixologlar hisoblanadi. 
Gumanistik psixologiya namoyondalarining fikricha, inson hech qachon bir joyda 
qotib qolmaydi, u har doim rivojlanishga imkon topadi. Kollejning yuqori kurs 
studenti o‘zining to‘rt yil avvalgi o‘spirinlik davriga qaraganda hozir boshqacha. 
Uning fikrlashi, dunyoqarashi o‘zgargan. Uni yana to‘rt yildan so‘ng uchratsangiz 
u o‘z xayotining yangi yo‘llarini egallagan, masalan, o‘zining kasbiy kar’erasiga 
ega bo‘lgan yoki oilali, farzandli bo‘lgan bo‘lishi mumkin. SHu yo‘sinda erkin 
mavjudot bo‘lmish inson bu xayotda yashashi uchun o‘zining ko‘pgina 
imkoniyatilarini ochishi zarur.
O‘z o‘rniga ega bo‘lish oson emas. Insonlar o‘z taqdirlarini tanlash va unga 
o‘zlarini yo‘naltirishga o‘zlari mas’uldirlar. Bu dunyoga kelgan ekanlar ular faqat 
birgina insonning ya’ni o‘zlarining xayotlariga mas’uldirlar. Mas’ullik va 
erkinlikdan qochish bu o‘zini soxta tutish bo‘lib, oxiri umidsizlik va tashvishli 
xayotga olib keladi. Maslou shaxsning gumanistik nazariyasini ishlab chiqqan 
bo‘lib, bu 50 yil davomida o‘z kuchini yo‘qotmagan. Maslouning fikricha Individ 
bu bir butunlikdir. Har bir insonni unikal, tashkillashgan, bir butunlikda o‘rganish 
kerak. U psixologiyada shuncha yildan beri insonning alohida xodisalarini detali 
analiz qilishganini ta’kidlaydi. 
Maslou uchun shaxsning markaziy xususiyati bu uning umumiyligi va bir 
butunligidadir. YAxshi teoriyada oshqozon yoki tish yoki bosh og‘rig‘i kabi reallik 
mavjud emas. Faqatgina individium ehtiyoji mavjud. Agar bir kishi och deylik. 
Uning o‘zi nimanidir egisi keladi, oshqozoni emas, agar u kishi biror narsa 
tanavvul qilsa, o‘zi egan bo‘ladi. Uning oshqozoni emas. Demak u kishi o‘zi 
butunlikda ehtiyojini qoniqtirgan bo‘ladi, faqatgina oshqozonining ehtiyojini emas. 
Maslouning fikriga ko‘ra, motivatsiya bitta butun insonga ta’sir qiladi, uning 
alohida organizmiga emas


Download 2,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   227




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish