O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti qo‘lyozma huquqida


 Sinekdoxa va uning lingvopoetik xususiyatlari



Download 0,92 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/28
Sana29.01.2022
Hajmi0,92 Mb.
#415128
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   28
Bog'liq
anvar obidjon sherlarining lingvopoetikasi

 
2.3. Sinekdoxa va uning lingvopoetik xususiyatlari 
Anvar Obidjon ijodida lingvopoetik vositalardan hisoblangan sinekdoxalar 
ham kam miqdorda bo‗lsa-da, uchraydi. O‘zbek tilshunosligida ifoda-tasvir 
vositalari bo‗yicha yaratilgan ishlarda sinekdoxaga quyidagicha ta‘rif berilgan: 
Sinekdoxa grekcha –synekdoche so‗zidan olingan. Bu ham tropning bir turi bo‗lib, 
predmetlarga nisbatan qo‗llanadigan son bilan bog‗langandir, ya‘ni predmetlarning 
son jihatdan birining (qismi, to‗la) ma‘nosi ikkinchisiga ko‗chiriladi. Butun o‗rnida 
qism (yohud, aksincha) yoki birlik o‗rnida ko‗plik (yoki aksincha) qo‗llanilishini 
ham bunga misol sifatida ko‗rsatish mumkin.
87
Sinekdoxalar lingvopoetik hodisa sifatida tilshunoslikda metonimiyaning bir 
ko‗rinishi, bir-biriga yaqin hodisalar sifatida talqin qilinadi. Anvar Obidjon 
87
Қўнғуров Р.Қ. Танланган асарлар. – Самарқанд: СамДУ нашри, 2008. Б.322.


37 
quyidagi parchada sinekdoxaning qism orqali butun ifodalangan ko‗rinishini 
qo‗llagan. 
Atom 
kecha qonga cho‗ktirdi Xirosimani, 
bugun dahshatga solmoqda odamni,
ertaga kultepa qilishi mumkin olamni.
Nega endi hammangiz
sho‗rli Eynshteynga xo‗mrayasiz? 
―Atom‖ (B.38) 
Misolda qo‗llanilgan ―odam‖ so‗zi yakka shaxsni emas, balki butun insoniyat 
ma‘nosini ifodalamoqda. 
Ta‘mayuqi tuzlardan,
Nomehribon ko‗zlardan
Omon asra meni, charx! 
―Urilajak do‗qlardan‖ (B.4) 
Keltirilgan misolda ishtirok etgan ―ko‗z‖ leksemasini qo‗llashda muallif 
insonni nazarda tutmoqda. Sinekdoxaning fikr ifodalashda muhim vosita ekanligi 
quyidagi parchada ham ko‗zga tashlanadi:
Omon qoldi mag‗rur bosh,
Tanda — chayir jonimiz.
Aynimasa bas, do‗stim,
Kelajakda qonimiz... 
―Qirg‗iz do‗stimga‖ (B.54) 
She‘rda qo‗llanilgan bosh leksemasi odam ma‘nosini anglatmoqda. 
Quyidagi misollarda esa kitob so‗zi ataylab tushirib qoldirilgan va asar nomigina 
keltirilgan: 
Tuyadek bosh suqib do‗konga,
Sotuvchiga aylaydi ta‘zim: 
—Bir yaxshilik qiling insonga, 
— Kerak edi bitta «Azizim». 
―Kitobboz‖ (B.133) 


38 
yoki 
Ko‗rib yo to‗zg‗igan gullarni, 
Hislaring keldimi junbushga,
Varaqlab yo «O‘tkan kunlar»ni, 
Azador bo‗ldingmi Kumushga,
Kipriging nega nam, Jonginam?
―Kipriging nega nam‖ (B.6) 
Bu kabi sinekdoxalar Anvar Obidjon she‘riyatida talaygina. ―Misollar tahlili 
sinekdoxaning katta umumlashtiruvchilik imkoniyati borligini ko‗rsatadi va unda 
badiiylik hamma vaqt ham ko‗zga tashlanavermaydi. Garchand umumlashtirish 
qisqalikning asosiy ko‗rinishlaridan biri bo‗lib, badiiy adabiyot tili uchun 
nihoyatda zarur sanalsa-da, bu xususiyat uning boshqa funksional uslublarda ham 
bemalol ishlatilaverishiga to‗siqlik qilmaydi. Bundan tashqari u takrordan 
qochishga, yaqinlik ma‘nosini ifodalashga, ayrim ma‘nolarni ta‘kidlashga xizmat 
qilishi mumkin.‖
88
Ko‗rinadiki, insoniyat tinimsiz taraqqiyotda bo‗lar ekan, 
hayotda sodir bo‗layotgan har bir o‗zgarish tilimizda o‗z aksini topadi. Shunday 
ekan, tilimizda yangidan yangi vositalarning paydo bo‗lishi tabiiy. Lingvopoetik 
vositalar badiiy matnlarda obrazlilik, emotsional-ekspressivlik hosil qiluvchi 
vositalar sifatida o‗z imkoniyatlarini namoyon qiladi. 
88
Каримов С.А.
 
Бадиий услуб ва тилнинг ифода тасвир воситалари. Ўқув қўлланма. – Самарқанд: СамДУ 
нашриѐти. 1994. Б.30. 


39 

Download 0,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish