Yozgi-kuzgi sovish davrining
boshlanishi ko‘ldagi suv massalari issiqlik
zahirasining ortishi to‘xtagan vaqtdan boshlanadi. Bunda ko‘lda mavjud bo‘lgan
issiqlikning butun suv massalari orasida qayta taqsimlanishi kuzatiladi. Bu holat
haroratning to‘g‘ri stratifikatsiyasi sharoitida kuzgi gomotermiyagacha davom
etadi.
Kuzgi-qishki davr
esa kuzgi gomotermiya holatidan, teskari stratifikatsiya
sharoitida, ko‘ldagi suv haroratining eng kichik qiymatga erishgunga qadar va
so‘ngra issiqlik balansida musbat holatga o‘tgunga qadar davom etadi. Umuman
olganda, O‘rta Osiyo ko‘llaridagi suv harorati bilan havo harorati orasida aniq
bog‘lanish mavjud.
142
Do'stlaringiz bilan baham: |