Bog'liq 1. Mutaxassislikka kirish O\'quv qo\'llanma
Ko‘l botig‘i va uning qismlari. Ko‘l botig‘i erning ichki (endogen) yoki
tashqi (ekzogen) kuchlari ta’sirida paydo bo‘ladi. Ko‘l botig‘ining suvga to‘lish
jarayoni esa tabiiygeografik sharoitga bog‘liq bo‘lib, yog‘inlar, daryolar va yer
osti suvlari to‘planishi hisobiga kechadi. Demak, yer sirtida turli jarayonlar
natijasida hosil bo‘lgan va suv to‘planadigan chuqurlikni
ko‘l botig‘i deb ataymiz.
Ko‘l botig‘ida ko‘lning
qirg‘oq yonbag‘ri, ko‘l kosasi qismlari farqlanadi.
Ko‘lning qirg‘oq yonbag‘ri yuqoridan ko‘l botig‘i qoshi bilan, quyidan esa ko‘l
kosasining sohil chizig‘i bilan chegaralanadi.
Ko‘l botig‘ining eng katta suv sathi ko‘tariladigan va to‘lqinlar ta’sirida