O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulufbek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti


Tuproq  va  o‘simlik  qoplamining  ta’siri



Download 2,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet156/255
Sana26.01.2022
Hajmi2,73 Mb.
#411498
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   255
Bog'liq
1. Mutaxassislikka kirish O\'quv qo\'llanma

Tuproq  va  o‘simlik  qoplamining  ta’siri. 
Har  qanday  daryo  havzasi 
yuzasining  ma’lum  qismi  tuproq  bilan  qoplangan  bo‘ladi.  Tuproq  qoplamining 
oqim  hosil  bo‘lishiga  ta’siri  uning  suv  shimish  va  shimilgan  suvni  o‘zida  ushlab 
tura  olish  imkoniyati  bilan  xarakterlanadi.  Tuproq  qoplamining  shu  xususiyatiga 
bog‘liq holda yer osti va yuza oqimlar miqdori ham turlicha bo‘ladi. 
Tuproq  zarrachalarining  o‘lchamlari  qancha  katta  bo‘lsa,  u  shuncha  ko‘p 
miqdordagi  suvni  shimadi.  Masalan,  qumli  tuproq  loy  tuproqqa  nisbatan  5-10 
marta  ko‘p  suvni  shima  oladi.  Natijada  birinchi  turdagi  tuproqlar  ko‘p  tarqalgan 
havzalarda daryo oqimining asosiy qismini yer osti suvlari tashkil etadi. 
Daryo  havzasidagi  o‘simlik  qoplamining  oqim  hosil  bo‘lishiga  ta’siri 
quyidagilarda aks etadi: 
1)  o‘simlik  qoplami  atmosfera  yog‘inlarining  bir  qismini  o‘zida  ushlab 
qoladi  va  bu  bilan  yog‘inning  yanada  ko‘proq  qismining  bug‘lanishiga  imkon 
beradi; 
2) o‘simlik qoplami ildizlari yordamida doimiy ravishda tuproqdan ma’lum 
miqdordagi namlikni olib, o‘z tanasi orqali bug‘latib turadi (transpiratsiya); 
3)  o‘simlik  qoplami  o‘z  tanasi  bilan  tuproq  yuzasini  to‘sadi,  uni  isib 
ketishiga yo‘l qo‘ymaydi va natijada bug‘lanish miqdorini kamaytiradi; 
4)  o‘simlik  qoplami  yer  yuzasi  g‘adir-budurligini  orttiradi,  bu  esa  yuzada 
suvning  oqish  tezligini  kamaytirib,  ko‘p  miqdordagi  suvning  yer  ostiga 
shimilishiga imkon beradi; 
5)  o‘simlik  qoplami,  ayniqsa  o‘rmonlar,  yer  sirtidagi  qorning  erishini 
sekinlashtiradi va bu bilan yer ostiga shimilishni kuchaytiradi va hokazo. 
Demak,  o‘simlik  qoplamining  oqim  hosil  bo‘lishiga  ta’siri  yog‘in, 
bug‘lanish,  yer  ostiga  shimilish  miqdorlarining  o‘zgarishida  seziladi.  YUqorida 
sanab  o‘tilganlardan  ko‘rinib  turibdiki,  o‘simlik  qoplami  ayrim  hollarda  oqimni 
ko‘payishiga sabab bo‘lsa, ayrim hollarda esa buning aksidir.  

Download 2,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   255




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish