Bog'liq 1. Mutaxassislikka kirish O\'quv qo\'llanma
aeratsiya zonasi bilan ajralgan bo‘ladi.
Aeratsiya zonasi yer osti suvlarini yer yuzasidan pastki qatlamlarga va
pastki qatlamlardan yer yuzasiga bug‘ shaklida o‘tkazib turadi.
Tuproq suvlaridan pastda joylashgan suv qatlami
grunt suvlari deb
nomlanadi. Grunt suvlari suv o‘tkazmaydigan qatlamning ustida yig‘iladi va
odatda qum hamda shag‘al qatlami orasida sizib yuradi. Bu erga yer yuzasidan
yomg‘ir, qor va daryo suvlari sizib o‘tadi. Chunki grunt suvlarining ustida suv
o‘tkazmaydigan qatlam bo‘lmaydi. Grunt suvlari faqat og‘irlik kuchi ta’siri ostida
sizib, harakatga keladi, ular bosim kuchiga ega emas.
Odatda, quduq suvi grunt suvlari qatlamidan hosil bo‘ladi. Tabiiy sharoitda,
92
yer po‘sti qatlamlarining geologik tuzilishiga bog‘liq holda, bunday yer osti suvlari