Tabiiy suvlar muhofazasi va ulardan oqilona foydalanishni
amalga
oshirish uchun suv havzalari monitoringi va uni tashkil etish bilan bog‘liq bo‘lgan
tadqiqotlar yanada kengaytirilishi lozim. Bunda asosiy e’tibor tabiiy suvlarning
miqdoran kamayishi va ularning ifloslanishdan muhofaza qilishga, suv manbalari
holatini nazorat qilishni takomillashtirishga qaratilishi lozim. Huddi shu
yo‘nalishda okeanlarni ifloslanishdan saqlashga alohida e’tibor qaratiladi, chunki
bu masala yerda hayotni saqlab qolish uchun kurash demakdir. Bu esa kelajakda
gidrokimyoviy, gidrobiologik tadqiqotlarni yanada kengaytirishni taqozo etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |