O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulufbek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti



Download 2,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet202/255
Sana26.01.2022
Hajmi2,73 Mb.
#411498
1   ...   198   199   200   201   202   203   204   205   ...   255
Bog'liq
1. Mutaxassislikka kirish O\'quv qo\'llanma

12.3. Dunyo okeani muhofazasi 
 
Yer  yuzasida,  ayniqsa,  rivojlangan  mamlakatlarda  qishloq  xo‘jaligi  va 
sanoat  ishlab  chiqarishi,  yer  qa’ridan  boyliklarni  qazib  olish,  ularni  qayta  ishlash 
yildan-yilga  ortib  bormoqda.  Natijada  insoniyatning  atrof-muhitga, shu  jumladan, 
Dunyo  okeani  va  dengizlar  ekologiyasiga  salbiy  ta’siri  ham  tobora  sezilarli 
bo‘lmoqda.  Bu  ta’sir  xalq  xo‘jaligi  ishlab  chiqarishi  jarayonida  paydo  bo‘lgan 
ko‘plab  miqdordagi  ifloslantiruvchi  moddalarning  mahalliy,  regional  va,  hatto, 
global  miqyosda  taqsimlanishida  aks  etadi.  SHuning  uchun  ham  hozirgi  kunda 
okeanlar  va  dengizlar  suvining  ifloslanishi,  ularni  muhofaza  qilish  masalalari 
xalqaro miqyosdagi dolzarb muammo bo‘lib qoldi. 
Dunyo  okeanini  muhofaza  qilishning  eng  asosiy  yo‘nalishlaridan  biri  - 
okeanlar  va  dengizlarni  ifloslanishdan  saqlash  yoki  uning  oldini    olishdir. 
Ma’lumki, okean va dengizlar ularga insonning bevosita yoki bilvosita ishtirokida 
tashlanadigan zararli moddalar hisobiga ifloslanadi. Natijada, bu moddalar Dunyo 
okeanidagi  tirik  organizmlar  va  o‘simliklarga  zarar  keltiradi,  ular  suvi  sifatining 
yomonlashuviga olib keladi, suvning foydali xususiyatlarini kamaytiradi.  


 
157 
Ushbu  ifloslantiruvchi  moddalarga  sanoat  korxonalarining  zaharlovchi 
xususiyatga  ega  bo‘lgan  chiqindilari,  issiqlik  va  atom  elektrostansiyalarining 
isitilgan  suvlari,  kommunal-maishiy  tarmoqlarda  shakllanadigan  potogen 
mikroblar,  qattiq  chiqindilar,  neft  mahsulotlari  va  boshqa  turdagi  muallaq 
birikmalar  kiradi.  Ko‘rinib  turibdiki,  bularning  hammasi  antropogen  kelib 
chiqishlidir, ya’ni ular inson omili ta’sirida shakllanadi. 
Dunyo  okeaniga  qo‘shiladigan  ifloslantiruvchi  moddalarning  tarkibiy 
tuzilishi,  miqdori  va  ularning  hududiy  tarqalishi  ham  turlichadir.  YUqorida  qayd 
etilganlarni  hisobga  olib,  okeanlar  va  dengizlarni  ifloslantiruvchi  asosiy 
manbalarga quyidagilarni kiritish mumkin: 
- sanoat korxonalari va boshqa turdagi oqova suvlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki 
daryolar suvi bilan dengizlarga tashlash; 
-  qishloq  va  o‘rmon  xo‘jaligi  chiqindilari  va  ularda  ishlatiladigan  turli  xil 
moddalarning okean va dengizlarga tushishi; 
-  ifloslantiruvchi  chiqindilar  va  moddalarni  bila  turib  dengizlarga  yoki 
ularga quyiladigan daryolarga tashlash; 
-  daryolar,  dengizlar  va  okeanlarda  harakatlanayotgan    suv  transporti 
vositalaridan turli xil moddalarning oqib chiqishi; 
-  suv  transporti  vositalarining  yoki  suv  osti  quvurlarining  shikastlanishi 
natijasida neft, neft mahsulotlari va boshqa turli xil moddalarning oqib chiqishi; 
- dengiz tubidan foydali qazilma boyliklarni qazib olish; 
-  ifloslantiruvchi  moddalarning  atmosfera  havosi  orqali  okeanlar,  dengizlar 
ustidan ko‘chishi va boshqalar. 
Ko‘pchilik holatlarda Dunyo  okeanining keng miqyosda ifloslanishiga turli 
zaharli  moddalar  sabab  bo‘ladi.  Ularning  eng  ko‘p  tarqalgan  quyidagi  guruhlari 
bir-biridan farq qiladi: 

radionuklitlar
 (stronsiy – Sr, seziy - Ss, plutoniy - Ru, tritiy – 
3
N, seriy - 
Se va boshqalar); 


Download 2,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   198   199   200   201   202   203   204   205   ...   255




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish