albedo
yoki
qaytish koeffitsienti
deyiladi. Albedo quyosh balandligiga, suv yuzasining holatiga
bog‘liq. Masalan, V.V.SHuleykin ma’lumotlariga ko‘ra h
0
= 90
0
bo‘lganda 2 %
quyosh nurlari qaytsa, h
0
= 2
0
bo‘lganda 78 % qaytadi. Quyosh balandligi
geografik kenglikka bog‘liq bo‘lgani uchun albedo ham geografik kenglikka va
shu bilan birga yil fasllariga ham bog‘liq.
Yutilgan quyosh radiatsiyasining chuqurlik bo‘yicha taqsimlanishi ko‘ldagi
suvning termik xususiyatlari va suv massalarining harakati bilan bog‘liq.
Ko‘llarda issiqlik rejimining chuqurlik bo‘yicha o‘zgarishini o‘rganishda
quyida tavsiflangan tushunchalardan foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |