OʼZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA OʼRTA
MALAKA TALABI
O’RTA MAXSUS PROFESSIONAL TA’LIM DARAJASI
Kasb kodi va nomi: 4.32.08.01- Logistikada operasion faoliyat (tarmoqlar bo‘yicha).
Kvalifikatsiya:
Logistika mutaxassisi.
Toshkent 2020
SOʼZ BOSHI
1. Pedagogik innovatsiyalar, kasb-hunar taʼlimi boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti tomonidan ISHLАB CHIQILDI VА TАSDIQLАSHGА TАQDIM ETILDI.
2. Oʼzbekiston Respublikasi Oliy va oʼrta maxsus taʼlim vazirligi huzuridagi Oliy va oʼrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi yoʼnalishlari boʼyicha oʼquv-uslubiy birlashmalar faoliyatini Muvofiqlashtiruvchi kengashning 2021 yil ”____” ___________dagi ______-son yigʼilishida maʼqullangan va Vazirlikning 2021 yil ”____” _______________ dagi ______ - son buyrugʼi bilan TАSDIQLАNDI VА JORIY ETILDI.
Mazkur malaka talabi Oʼzbekiston Respublikasi hududida rasmiy chop etish huquqi Oʼzbekiston Respublikasi Oliy va oʼrta maxsus taʼlim vazirligiga tegishli.
MUNDАRIJА
1. Qoʼllanish sohasi 1
2. Kasbiy taʼlim xususiyati 1
3. Bitiruvchilarning kasbiy faoliyati tavsifi 2
4. Taʼlim dasturini oʼzlashtirgan bitiruvchilarning umumiy va kasbiy
kompetensiyalariga qoʼyiladigan talablar 2
5. Oʼquv reja tuzilmasi va ularga qoʼyiladigan talablar hamda bitiruvchida shakllantiriladigan kompetensiyalar 5
6. Logistikada operatsion faoliyat (tarmoqlar boʼyicha) mutaxassisligining oʼquv yuklamasi 12
7. Logistikada operatsion faoliyat (tarmoqlar boʼyicha) mutaxassisligining taʼlim dasturini oʼzlashtirishga qoʼyilgan talablar va bitiruvchilarni baholash. 16
1. Qo‘llanilish sohasi
Mazkur malaka talabi O‘zbekiston Respublikasida Logistikada operasion faoliyat (tarmoqlar bo‘yicha)mutaxassisligi bo‘yicha kadrlar tayyorlashning zaruriy bilimlar mazmuni va kasbiy kompetensiyasiga qo‘yiladigan talablarni va pirovard maqsadlarini, shuningdek ta'lim oluvchilarning o‘quv yuklamalari hajmi va standart talablarini bajarilishi nazoratini belgilaydi.
Malaka talabi ta'lim oluvchilarning kasbiy tayyorgarligi sifati va kasbiy kompetensiyasini baholashdahamda ta'lim muassasalarini attestasiyadan o‘tkazishda asosiy mezon hisoblanadi. Mazkur talablarning bajarilishi professional ta'lim muassasalarining bitiruvchilariga professional ta'limning tegishli darajasini olganligi to‘g‘risida davlat namunasidagi hujjat berilishi uchun asos hisoblanadi.
Malaka talabi ta'limni boshqarish davlat organlari va ta'lim faoliyati sub'ektlari tomonidan, idoraviy bo‘ysunuvi va mulkchilik shakllaridan qat'iy nazar, tadbiq etilishi majburiydir.
Ushbu malaka talabi Logistikada operasion faoliyat (tarmoqlar bo‘yicha) mutaxassisligining professional standarti va tarmoq ta'rif-malaka ma'lumotnomalari asosida ishlab chiqildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |