Dasturning ish maydoni va uning ko`rsatgichlarini o`zgartirish
Agar ishchi maydonida birorta ham ob’ekt tanlab olinmagan bo`lsa yoki
umuman mavjud bo`lmasa, u holda boshqaruv paneli xossalari filmning umumiy
parametrlarini ko`rsatadi. Qandaydir ob’ektni olsangiz xususiyatlar formati
avtomatik ravishda o`zgaradi. 16- rasmda butun film uchun xususiyatlar holati
paneli formati ko`rsatilgan. Bunda Properties paneli quyidagi elementlardan tashkil
topgan bo`ladi:
Document
(Hujjat) matn maydoni, tahrirlanadigan fayl nomi tasvirlanadi;
311
Hujjatning xususiyatlar formati holati
Size
(Razmer) tugmasi, ish stoli o`lchamini tasvirlab beruvchi tugma (16-
rasm);
Publish
(Publikatsiya) tugmasi; uni bosish bilan avval o`rnatilgan parametrlar
asosida film nashrini boshlaydi;
Background
(Fon) tugmasi; uni bosish bilan filmning fon rangini tanlash
palitra oynasi hosil bo`ladi. Shu oynadan filmning kerakli foni rangi tanlab olinadi;
Frame Rate
(Skorost kadrov) matnli maydon, animatsiyaning kadrlar
almashish tezligini belgilaydi;
? (so`roq) belgisi tasvirlangan tugma HTML-formatidagi kontekstli
ma’lumotnomani chaqirib beradi;
Yulduzchalar tasvirlangan tugma. Bu tugmani bosish bilan
Accessibility
(Dostupnost) panelini ochiladi; bu panel filmning barcha elementlari uchun
qo`shimcha xususiyatlarni o`rnatish uchun mo`ljallangan.
Document Properties
muloqot oynasi
Ish maydoni oynaning butun markaziy qismini egallaydi. Ish maydonida
ob’ektlar ustida har qanday tahrirlash ishlarini amalga oshirish mumkin. Faqatgina
montaj stolining tegishli kadriga ob’ektlar mos kelsa maqsadga muvofiq bo`ladi. Ish
maydoni keng bo`lishidan maqsad:
sahnadan tashqari ishlarni bajarish;
312
ob’ektni sahnaga kirishidan oldin yoki chiqib ketgandan keyingi holatlarni
hosil qilish uchun zarur bo`ladi;
ish maydoni ostida unga tegishli uskunalar paneli joylashgan. Unda quyidagi
interfeys elementlari joylashgan:
strelkali tugma butun sahnani tahrirlash rejimiga qaytishni ta’minlaydi; agar
siz alohida simvolni tahrirlash rejimida ishlayotgan bo`lsangiz, tugma faollashadi;
tahrirlanadigan sahna nomli matnli maydon;
sahnani tanlash tugmasi; bu tugmani bosish bilan film sahnalaridan tashkil
topgan ro`yxatli menyu ochiladi;
simvolni tanlash tugmasi; bu tugmani bosish bilan film tugmalaridan tashkil
topgan ro`yxatli menyu ochiladi;
masshtab, uning yordamida ish maydoni tasvirlash masshtabi tanlanadi.
Ish maydonining ixtiyoriy joyida sichqon o`ng tugmasi bosilsa, ish
maydonining parametrlarini o`zgartirishga mo`ljallangan buyruqlar to`plamini o`z
ichiga olgan kontekstli menyu ochiladi. Bu menyu hammasi bo`libyigirmaga yaqin
buyruqlarni o`z ichiga oladi.
Filmning sahnalari bilan ishlash oynasi
Uning yordamida siz quyidagi imkoniyatlarga ega bo`lasiz:
filmning sahnalari ro`yxatini ko`rish; sahnalarning filmda namoyish qilinish
ketma-ketligi;
filmning ro`yxatidagi har qanday sahnasiga o`tish;
tanlangan sahnadan nusxa olish (asl sahnadan keyin nusxa hosil bo`ladi);
yangi (bo`sh) sahna qo`shish (tanlangan sahnadan keyin bo`sh sahna
qo`shiladi);
tanlangan sahnani o`chirish.
313
Flash texnologiyasida boshqaruvchi ob’ektlar yaratish
Flash texnologiyasi Shockwave Flash (SWF) formatidagi vektor grafikadan
foydalanishga asoslangan. Albatta bu format eng kuchli formatlardan bulmasada,
SWF yaratuvchilariga grafikani imkoniyatlari, grafika bilan ishlovchi vositalar va
natijani Web-saxifalarga qo`shish mexanizmlarini birlashtirish urtasida eng qo`lay
echimni topishgan.SWF ni qo`shimcha imkoniyatlardan yana biri bu uning
moslashuvchanligidir, ya’ni bu format barcha platformalarda (MacOS sistemali
Macintosh kompyuterlari yoki WINDOWS sistemali IBM kompyuterlarida)
ishlatilishi mumkin. SWF ning yana bir qo`lay imkoniyati uning yordamida
yaratilgan tasvirlar nafaqat animatsiyali bo`lishi, balki interaktiv elementlar va
tovush bilan boyitilishi mumkin.
Moslashuvchanlik va interaktiv multimediya dasturlar yaratish imkoniyati
SWF formatini Web-dizaynerlar urtasidagi mashxurligini oshishiga imkon berdi.
Shuning uchun bu format yaratilishi bilan bir vaqtda Macromedia firmasi tomonidan
ikki asosiy tarmok brouzerlari, Internet Explorer va Netscape Communicatorlar
uchun komponentlar (Plug-In) yaratildi. Bu esa, uz navbatida SWF ni Internetda
yana ham keng tarqalishiga olib keldi. Natijada ushbu brouzerlar yaratuvchilari SWF
formatini uz dasturlarini asosiy formatlar bazasiga kiritishdi. Bu yulni boshqa yirik
dasturiy ta’minot yaratuvchilar (masalan, Adobe firmasi ) xam tutishdi.
Yana bir bor aytish kerakki: agar Macromedia SWF formatini juda oddiy va
qo`lay instrumentlar bilan ta’minlamaganda bu format shunchalik kup muxlis
orttirmagan bulardi. Shuni aytish kerakki, xlzirgi vaqtda ushbu instrumentlarni ir
kancha tulik tuplamlari mavjud.
Ushbu instrumentlarni bir turi (Macromedia Director Shockwave Studio)
multimediya prezentatsiyalar yaratish, boshqalari (Macromedia FreeHand i
Macromedia Fireworks) grafik tasvirlar, uchinchilari esa (Macromedia Authorware
i Macromedia CourseBuilder) interaktiv urgatuvchi kurslarni yaratish imkoniyatini
beradi. Lekin Web-yaratuvchilar orasida eng kup ishlatiladigani bu Macromedia
Flash dir, chunki ushbu dastur xar kanday saytga mashxurlik olib keluvchi Web-
saxifalar yaratish imkonini beardi. Balki shuning uchundir SWF formatini oddiy
314
kilib Flash deb atalish odatga kirib kolgandir. Shunday kilib Flash-texnologiyalar
quyidagilardan iborat:
vektorli grafika;
animatsiyani bir kancha turlarida ishlash imkoniyati;
interfeysni interaktiv elementlarini yaratish imkoniyati;
sinxron ovoz qo`shish imkoniyati;
HTML formati va boshqa Internetda ishlatiluvchi barcha formatlarga
eksportini ta’minlash;
platformali mustakillik;
Flash-filmlarni avtonom rejimda xam, Web-brouzer yordamida xam kurishni
imkoniyati mavjud;
vizual yaratish instrumentlari mavjudligi Flash-film yaratuvchilarini kuplab
murakkab operatsiyalardan xalos etadi, shuningdek Flash-texnologiyalarning texnik
aspektlarni urganish zarur bulmaydi.
Animatsiya. Flash dagi animatsiya «multik»da ishlatiladigan ob’ektlarni
xossalarini o`zgartirishga asoslangan. Masalan, ob’ektlar yukolishi yoki paydo
bo`lishi, joylashuvini, ko`rinishini, rangi va boshk. o`zgartirishi mumkin. Flash da
ob’ektlarni animatsiyalashni uchta turli mexanizmi kuzda tutilgan:
kadrma-kadrli («klassik») animatsiya, bu usulda muallif bulgusi «multik»ni
xar bir kadrini uzi yaratadi yoki boshqa joydan import qiladi va namoyish ketma-
ketligini uzi o`rnatadi:
avtomatik
animatsiya
(tweened-animatsiya),
bu
usulda
muallif
multiplikatsiya kadrlarini faqat birinchi va oxirgisini yaratadi, oralik kadrlarni esa
Flash avtomatik tarzda uzi yaratadi; tweened-animatsiyani ikki xil turi mavjud:
ob’ektni ko`chirishga asoslangan animatsiya (motion animation) va ob’ektni
transformatsiya (ko`rinishini o`zgartirish)siga asoslangan animatsiya (shape
animation);
ssenariyga asoslangan animatsiya; stsenariy- Flash ning dasturlash tilida (bu
til ActionScript deb nomlanadi) ob’ektni xatti- xarakatini berilishidir. Bu tilni
sintaksisi Web-xujjatlarda ishlatiladigan boshqa stsenariy tillariga(masalan,
JavaScript va VBScript) uxshab ketadi.
315
Ushbu mexanizmlarning xar biri uzining afzalliklari va kamchiliklariga ega.
Masalan tweened-animatsiya ikki afzallikga ega:
birinchidan, muallif xar bir kadarni aloxida yaratish zaruratidan kutulgan;
ikkinchidan, bunday «multik»ni namoyish etish uchun Flash ga faqat birinchi
va so`nggi kadrni saqlash kifoya, bu esa uz navbatida bunday filmni xajmini kam
bo`lishini ta’minlaydi.
Shu bilan birga, tweened-animatsiyani faqat ob’ekt xossalari bir tekisda
uzgaradigan sodda syujetlar yaratish uchun ishlatsa bo`ladi
ActionScript stsenariylarda ob’ektni juda xam murakkab bo`lgan xatti-
xarakatini ifodalash mumkin. Lekin buning uchun ActionScript tilini urganish kerak
bo`ladi.
Xulosa kilib aytadigan bo`lsak, «multik»ingizni yaratishga kirishishdan oldin,
kaysi bir mexanizmni ishlatishingizni aniqlab olishingiz lozim bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |