O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi m. E. Mamarajabov, sh sh. Adinayev, R. A. Razzokov kompyuter ta’minoti



Download 3,68 Mb.
Pdf ko'rish
bet189/212
Sana22.04.2022
Hajmi3,68 Mb.
#573878
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   212
Bog'liq
kompyuter taminoti

Multimedia dasturiy vositalari
dasturiy maxsulotlarning nisbatan yangi sinfi 
hisoblanadi. U ma’lumotlarni qayta ishlash muxitining o`zgarishi, lazerli disklarning 
paydo bo`lishi, ma’lumotlarni tarmoqli texnologiyasining rivojlanishi natijasida 
shakllandi. 
Mul’timedia bu informatikaning dasturiy va texnikaviy vositalari asosida 
audio, video, matn, grafika va animatsiya effektlari asosida o’quv materiallarini 
o’quvchilarga yetkazib berishni mujassamlangan holdagi ko’rinishidir. Mulьtimedia 
(mulьtimedia - ko’p muxitlilik) – bu kompьyuter texnologiyasining turli xil fizik 
ko’rinishiga ega bo’lgan (matn, grafika, rasm, tovush, animatsiya, video va h.k.) va 


295 
turli xil tashuvchilarda mavjud bo’lgan (magnit va optik disklar, audio- va video-
lentalar va h.k.) axborotdan foydalanish bilan bog’liq soxasidir.
Mulьtimedia foydalanuvchiga fantastik(virtual haqiqiy) dunyoni yaratishda 
juda ajoyib imkoniyatlarni yaratib beradi, bunda foydalanuvchi chekkadagi sust 
kuzatuvchi rolini bajarmasdan, balki u yerda avj olayotgan xodisalarda faol ishtirok 
yetadi; shu bilan birga muloqat foydalanuvchi uchun odatlangan tilda - birinchi 
navbatda tovushli va videoobrazlar tilida bo’lib o’tadi. Mulьtimedia - kompьyuterda 
axborotning turli xil ko’rinishlari: rangli grafika, matn va grafikda dinamik effektlar, 
ovozlarning chiqishi va sintezlangan musiqalar, annimatsiya, shuningdek to’laqonli 
videokliplar, xatto videofilьmlar bilan ishlashdir.
Mulьtimedia– bu zamonaviy kompьyuterli axborot texnologiyalari bo’lib, 
matn, tovush, videotasvir, grafik tasvir va animatsiyani (mulьtiplekatsiyani) yaxlit 
kompьyuter tizimiga birlashtirish imkonini yaratadi. Mulьtimedia amaliyotdagi ish 
tartibi – bu apparat-dasturiy muxit bo’lib, kompьyuterga axborotni kiritish, ishlov 
berish, saqlash, uzatish va matn, chizmalar, videotasvir, tovush hamda nutqlarni 
insonga zarur va qulay holatda yetkazishdir. 
Birinchidan – foydalanuvchiga albatta interfaollikni taqdim etadigan, ya’ni 
inson va kompьyuter o’rtasida buyruqlar va javoblar almashinuvini ta’minlab, 
dialog muhitini yaratadigan dasturiy mahsulot.
Ikkinchidan, turli video va audio effektlar ishlatiladigan muhit. U 
tomoshabinga o’zicha u yoki bu ilovani tanlash imkonini beruvchi videofilьmni 
eslatadi. Mulьtimedia mahsuloti – tarkibida musiqa taraladigan, videokliplar, 
animatsiya, rasmlar va slaydlar galereyasi, turli ma’lumotlar bazalari va boshqalar 
kirishi mumkin bo’lgan interfaol, kompьyuterda ishlangan mahsulotdir.
Mulьtimedia texnologiyasi axborotni bir vaqtning o’zida insonga tushunarli, 
ko’p shakllar (jumladan, nutq, rasm, chizma, tasvir, musiqa, raqam va harflar) 
kombinatsiyasida xavola qila oladi. Bu texnologiya axborotni qidirish, nusxa olish 
va boshqa biror kompьyuterga ko’rsatilgan shaklda, ko’chirib o’tkaza oladi hamda 
ularning hohlagan kombinatsiyasini yarata oladi. Undan tashqari mulьtimedia 
texnologiyasidan foydalanuvchi o’zi dizayn bilan shug’ullana olishiga imkon beradi, 
shuningdek statik (harakatsiz) va dinamik (harakatlanuvchi) tasvirlarni yaratishi 


296 
hamda o’z ijodiy ishining natijalarini aloqa kanallari orqali tashqi muxitga tarqatishi 
mumkin. Mulьtimedia tizimlarining jadallik bilan rivojlanishiga shaxsiy 
kompьyuterlarning imkoniyatlarini kengayganligi va texnik, dasturiy vositalarining 
rivojlanishi sabab bo’ldi. Oxirgi yillarda kompьyuterning tezligi va xotira 
qurilmalarning sig’imi keskin oshdi, shuningdek grafik imkoniyatlari kengayib, 
tashqi xotira qurilmalarining texnik ko’rsatgichlari yaxshilandi. Mulьtimedia 
texnologiyalarining rivojlanishiga videotexnika yo’nalishi, lazer disklar, shuningdek 
yozish texnikasining hamda tovush va tasvirni xosil qilish texnologiyalarining 
rivojlanishi katta xissa qo’shdi. Axborotlarni xotirada ixcham (zich) joylash va 
saqlash maqsadida tez va samarali o’zgartirish usullarini yaratilishi ham muhim 
ahamiyat kasb etdi.
Mulьtimedia vositalari- bu apparat va dasturlar to’plami bo’lib, u insonga o’zi 
uchun tabiiy bo’lgan turli-tuman muhitlarni: tovush, video, grafika, matnlar, 
animatsiya va boshqalarni ishlatgan holda kompьyuter bilan muloqot qilish 
imkonini beradi.
Tasvirlarni ko’rish va ular bilan ishlash uchun mo’ljallangan dasturiy 
vositalarga Adobe Photoshop, Corel Photo-Paint, Paint Shop Pro, Microsoft Picture 
It!, Visualizer Photo Studio, Pixel image editor, PixBuilder Photo Editor, Fo2Pix 
ArtMaster lar kiradi.
Ixtisoslashtirilgan dasturlarga mulьtimedia ilovalarini yaratuvchi dasturiy 
vositalar kiradi. Bu toifadagi dasturlarga grafik muharrir, videotasvir muharriri, 
tovushli axborotni xosil qilish va muharrirlash vositalari kiradi.
Mulьtimedia
2
Mulьtimedia dasturiy vositalari 
Text 
Text Microsoft Word, Corel 
WordPerfect, Tex, Latex 
Graphics (i.e., vectors)
Corel Draw, Adobe Illustrator, 
Macromedia 
Fireworks, 
Adobe 
ImageReady, Macromedia Flash 
Image (i.e., bitmap)
Adobe Photoshop, Jasc Paint Shop 
Pro, Macromedia Fireworks
2
Bent B.Andresen and Katja van den Brink. Multimedia in Education.UNESCO Institute for Information 
Technologis in Education. 2013.ISBN 978-5-7777-0556-3.p.3 


297 
Audio
Sony Sound Edit Pro, Sony Sound 
Forge for Windows, Sony Acid, 
Cakewalk products 
Synthetic Video (animation) 
AutoDesk AutoCAD, Discreet 3D 
Studio (MAX), Virtus 3D Website 
Builder, Macromedia Flash, Electric 
Image Amorphium Pro, Alias Maya 
Captured Video 
Adobe Premiere, Avid, Media 100 
products, Ulead Media Studio Pro, 
Microsoft MovieMaker, Apple iMovie
Authoring Systems for All Media
Macromedia 
Director, 
Macromedia 
Dreamweaver, 
Click2learn Toolbook, Microsoft Front 
Page, Adobe Page Mill, Microsoft 
PowerPoint with Producer
Mulьtimedia tizimlarini paydo bo’lishi axborot texnologiyalarini rivojlanishiga 
va ilm-fanda, taьlimda, savdoda (biznesda) tibbiyotda keng ko’lamda tadbiq 
etilishiga turtki bo’ldi.

Download 3,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish