30
adres kengligini 1 Mbayt kattalik bilan chegaralaydi. 8086, 8088 MP bilan
ishlatiladi.
PC/AT bus shinasi — 8 MGs gacha ishchi taktli chastotada ishlovchi 16-
razryadli qiymatlar shinasi va 24-razryadli adreslar shinasidir, lekin 16 MGs taktli
chastotali MP ishlatilishi mumkin, chunki shina nazoratchisi chastotani teng ikkiga
bo’lishi mumkin; texnikaviyli uzulishlar uchun 7 ta liniyaga va 4 ta DMA
kanaliga ega. 80286 MP bilan ishlatiladi.
ISA (Industry Standard Architecture) shinasi —
8 MGs ishchi taktli chastotali,
16-razryadli qiymatlar shinasi va 24-razryadli
adreslar shinasidir, lekin 50 MGs
taktli chastotali MP ishlatilishi mumkin (bo’lish koefficienti ko’paytirilgan); PC/XT
va PC/AT shinalariga nisbatan texnikaviyli uzulishlar liniyalarining soni 7 tadan 15
tagacha va DMA xotirasiga bevosita murojaat qilish kanallarining soni 7 tadan 11
tagacha ko’paytirilgan. 24-razryadli adreslar shinasi hisobiga adres kengligi 1
Mbaytdan 16 Mbaytgacha ko’paydi. Qiymatlar shinasining nazariy o’tkazish
qobiliyati 16 Mbayt/s ga tent, lekin haqiqatda u pastroq, uning bir qator ishlatish
xossalariga bog’liq ravishda 4—5 Mbayt/s atrofida. 32-razryadli yuqori tezlikli MP
lar paydo bo’lishi bilan ISA shinasi SHK tezkorligini oshirishda jiddiy to’siq bo’lib
qoldi.
EISA
( Extended ISA )
shinasi —
32-razryadli qiymatlar shinasi va 32-
razryadli adreslar shinasidir, 1989-yilda yaratilgan. Shinaning adres kengligi 4
Gbayt, o’tkazish qobiliyati 33 Mbayt/s, shu bilan birga MP-kesh-TX kanali bo’yicha
almashish tezligi xotira mikrosxemasining
parametrlari bilan aniqlanadi,
kengaytirish raz’yomlari soni ko’paytirilgan: nazorat jihatdan 15 tagacha qurilma
ulanishi mumkin (amalda 10 tagacha). Uzilishlar tizimi yaxshilangan, tizimni
avtomatik konfiguraciyani va
DMA ni boshqarishni taninlaydi; ISA shinasi bilan
to’liq mos keladi (ISA ni ulash uchun raz’yom bor), shina hisoblash tizimlarining
ko’p processorli arxitekturasini qo’llab-quvvatlaydi. EISA shinasi juda qimmatdir
va tezkor SHK larda, tarmoqli serverlarda va ishchi-stanciyalarda qo’llaniladi.
MSA
( Micro Channel Architecture )
shinasi
— 32-razryadli shina, 1987 yilda
IBM firmasi tomonidan PS/2 mashinalari uchun yaratilgan, o’tkazish qobiliyati 76
31
Mbayt/s, ishchi chastotasi 10—20 MGc. O’zining tavsiflari bo’yicha EISA shinasiga
yaqinroq, lekin ISA bilan ham, EISA bilan ham mos kelmaydi. PS/2 EHM birinchi
navbatda yaxshi ishlab chiqilgan amaliy dasturlarning yo’kligi
tufayli keng
tarqalmaganligi sababli, MSA shinasi ham keng ishlatilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: