O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi m. E. Mamarajabov, sh sh. Adinayev, R. A. Razzokov kompyuter ta’minoti



Download 3,68 Mb.
Pdf ko'rish
bet185/212
Sana22.04.2022
Hajmi3,68 Mb.
#573878
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   212
Bog'liq
kompyuter taminoti

 
 
 
28-§. C++ dasturlash tili va uning imkoniyatlari 
C++ dasturlash tili
C tiliga asoslangan. C esa o`z navbatida B va BCPL 
tillaridan kelib chiqqan. BCPL 1967 yilda Martin Richards tomonidan tuzilgan va 
operatsion sistemalarni yozish uchun mo`ljallangan edi. 
 
Ken Thompsono`zining B tilida BCPL ning ko`p hossalarini kiritgan va B da 
UNIX operatsionsistemasining birinchi versiyalarini yozgan. BCPL ham, B ham 
tipsiz til bo`lgan. Yani o`garuvchilarning ma'lum bir tipi bo`lmagan - har bir 
o`zgaruvchi kompyuter hotirasida faqat bir bayt yeregallagan. O`zgaruvchini qanday 
sifatda ishlatish esa, yani butun sonmi, kasrli sonmi yoki harfdekmi, dasturchi 
vazifasi bo`lgan. C tilini Dennis Ritchie B dan keltirib chiqardi va uni 1972 yili ilk 
bor Bell Laboratories da, DEC PDP-11 kompyuterida qo`lladi. C o`zidan oldingi B 
va BCPL tillarining juda ko`p muhim tomonlarini o`z ichiga olish bilan bir qatorda 


283 
o`zgaruvchilarni tiplashtirdi va bir qator boshqa yangiliklarni kiritdi. Boshlanishda 
C asosan UNIX sistemalarida keng tarqaldi. Hozirda operatsion sistemalarning 
asosiy qismi C/C++ da yozilmoqda. C mashina arhitekturasiga bog'langan tildir. 
Lekin yahshi rejalashtirish orqali dasturlarni turli kompyuter platformalarida 
ishlaydigan qilsa bo`ladi.
1983 yilda, C tili keng tarqalganligi sababli, uni standartlash harakati 
boshlandi. Buning uchun Amerika Milliy Standartlar Komiteti (ANSI) qoshida 
X3J11 tehnik komitet tuzildi. Va 1989 yilda ushbu standart qabul qilindi. Standartni 
dunyo bo`yicha keng tarqatish maqsadida 1990 yilda ANSI va Dunyo Standartlar 
Tashkiloti (ISO) hamkorlikda C ning ANSI/ISO 9899:1990 standartini qabul 
qilishdi. Shu sababli C da yozilgan dasturlar kam miqdordagi o`zgarishlar yoki 
umuman o`zgarishlarsiz juda ko`p kompyuter platformalarida ishlaydi. C++ 1980 
yillar boshida Bjarne Stroustrup tomonidan C ga asoslangan tarzda tuzildi. C++ juda 
ko`p qo`shimchalarni o`z ichiga olgan, lekin eng asosiysi u ob'ektlar bilan 
dasturlashga imkon beradi. Dasturlarni tez va sifatli yozish hozirgi kunda katta 
ahamiyat kasb etmoda. Buni ta'minlash uchun ob'ektli dasturlash g'oyasi ilgari 
surildi. Huddi 70-chi yillar boshida strukturali dasturlash kabi, programmalarni 
hayotdagi jismlarni modellashtiruvchi ob'ektlat orqali tuzish dasturlash sohasida 
inqilob qildi. C++ dan tashqari boshqa ko`p ob'ektli dasturlshga yo`naltirilgan tillar 
paydo bo`ldi. Shulardan eng ko`zga tashlanadigani Xerox ning Palo Altoda 
joylashgan ilmiy-qidiruv markazida (PARC) tuzilgan Smalltalk dasturlash tilidir. 
Smalltalk da hamma narsa ob'ektlarga asoslangan. C++ esa gibrid tildir. Unda C ga 
o`hshab strukturali dasturlash yoki yangicha, ob'ektlar bilan dasturlash mumkin. 
Yangicha deyishimiz ham nisbiydir. Ob'ektli dasturlash falsafasi paydo bo`lganiga 
ham yigirma yildan oshayapti. C++ funksiya va ob'ektlarning juda boy 
kutubhonasiga ega. Yani C++ da dasturlashni o`rganish ikki qismga bo`linadi. 
Birinchisi bu C++ ni o`zini o`rganish, ikkinchisi esa C++ ning standart 
kutubhonasidagi tayyor ob'ekt/funksiyalarni qo`llashni o`rganishdir.
C++ ni kompyutergas o`rnatish 
Dastlab biz C++ ni litsenziyali diskini sotib olamiz yoki uni internetdan 
ko’chirib olsak ham bo’ladi. Biz quyida C++ ning “Dev-Cpp 5.11” versiyasini 


284 
o’rnatamiz. (Ushbu versiya foydalanish uchun qulay va bepuldir. Dev-Cpp 5.11 
internetdan izlab ko`chirib olib o`rnatishingiz mumkin) 
Dasturni kompyuterga o`rnatish uchun Dev-Cpp 5.11ga sichqonchaning chap 
tugmasini ikki marta bosamiz 
Bizga kerakli tilni tanlaymiz 
Foydalanish shartlarini qabul qilib (принимаю) tugmachasini bosamiz 
Aynan C++ ning Dev-Cpp 5.11 versiyasi mutlaqo bepul bo`lib hech qanday 
to`lov, litsenziya va aktivatsiya talab qilmaydi. Bu dastur asosan talabalar va C++ 
ni mustaqil o’rganuvchilar uchun ishlab chiqilgan.


285 
Keying oynadan o’zimizga kerakli komponentlarni tanlab далее tugmachasini 
bosamiz 
Dastur o’rnatilishi kerak bo’lgan papkani tanlaymiz va установить 
tugmachasini bosamiz 


286 
Готово tugmasini bosib dasturimizni ishga tushurish uchun boshlang`ich 
sozlanmalarni sozlab olamiz 
Sozlanmalarni sozlab bo’lgach bizda dastur oynasi hosil bo’ladi. Bu oynadan C++
dasturlash kodlarini kiritib dastur tuzishimiz mumkin 


287 
C++ algoritmik tilining alifbosi quyidagilardan iborat: 
1. katta va kichik lotin harflari; 
2. 0 dan 9 gacha raqamlari; 
3. maxsus belgilar (+,-,*,/,=,>,<,{,},[,],') ni o'z ichiga oladi. 
C++ tilida so'z deb bir nechta belgilar ketma – ketligi tushuniladi. Xizmatchi 
so'z deb C++ tilidagi standart nom tushuniladi. Bu nom maxsus ma'noni anglatadi 
va uni ma'lumotlarga berib bo'lmaydi. Masalan: int, float, for, while va hokazo. 
C++ tilida ma'lumotlarning elementlari bo'lib o'zgaruvchilar, o'zgarmaslar, 
izohlar xizmat qiladi. 
O'zgaruvchi. Xotiraning nomlangan qismi bolib, o'zida ma'lum bir toifadagi 
qiymatlarni saqlaydi. O'zgaruvchining nomi va qiymati bo'ladi. O'zgaruvchining 
nomi orqali qiymat saqlanayotgan xotira qismiga murojaat qilinadi. Dastur ishlashi 
jarayonida o'zgaruvchining qiymatini o'zgartirish mumkin. Har qanday 
o'zgaruvchini ishlatishdan oldin, uni e'lon qilish lozim. 
Quyida butun sonlardan foydalanish uchun b, haqiqiy sonlardan foydalanish 
uchun h o'zgaruvchisi e'lon qilingan: 
int b; 
float h; 


288 
O'zgarmaslar (const) 
Hisoblash jarayonida qiymatini o'zgartirmaydigan kattaliklarga aytiladi. 
float const g = 9.81; 
Izohlar. Dasturning ma'lum qismini tavsiflash uchun ishlatiladi va bu qatorda 
hech qanday amal bajarilmaydi, ya'ni dasturning biror qismini yaxshiroq 
tushuntirish uchun xizmat qiladi. Izoh "/*" va "*/" simvollari orasida beriladi. 
/* Bu yerga izoh yoziladi. */ 
Bundan tashqari bir satrli izohlardan ham foydalanish mumkin. Buning uchun 
izoh boshiga "//" belgisi qo'yiladi. 
Operator. Tilning yakunlangan jumlasi hisoblanadi va ma'lumolar taxlilining 
tugallangan bosqichini ifodalaydi. Operatorlar nuqtali vergul “;” bilan ajratiladi. 
Ya'ni “;” operatorning tugallanganligini bildiradi. C++ da operatorlar progammada 
keltirilgan ketma - ketlikda bajariladi. 
Identifikator. 
Dasturchi 
tomonidan 
dastur 
elementlari 
(funksiya, 
o'zgaruvchilar, o'zgarmaslar …) uchun ixtiyoriy tanlangan nom. Identifikator 
tanlaganda quyidagilarga ahamiyat berish kerak: 
Identifikator lotin harflaridan boshlanishi shart; 
Ikkinchi simvoldan boshlab raqamlardan foydalanish mumkin; 
C++ da katta kichik harflar farq qiladi. Ya'ni quyidagilarning har biri alohida 
identifikator hisoblanadi: KATTA, katta, KaTTa, kAttA, Katta, KattA, ... 
Probel C++ da so'zlarni ajratish uchun ishlatilad i. Shuning uchun identifikatorda 
probeldan foydalanib bo'lmaydi; 
Xizmatchi (int, float, for, while kabi) so'zlardan identifikator sifatida foydalanib 
bo'lmaydi; 
C++ tilining kalit so'zlariga quyidagilar kiradi: 
asm, auto, break, case, catch, char, class, const, continue, default, delete, do, 
double,else, enum, explicit, extern, float, for, friend, goto, if, inline, int, long, 
mutable, new, operator, private, protected, public, register, return, short, signed, 
sizeof, static, struct, swith, template, this, throw, try, typedef, typename, union, 
unsigned, virtual, void, volatile, while. 
Protsessor registrlarini belgilash uchun quyidagi so'zlar ishlariladi: 


289 
_AH, _AL, _AX, _EAX, _BH, _BL, _BX, _EBX, _CL, _CH, _CX, _ECX, _DH, 
_DL, _DX, _EDX, _CS, _ESP, _EBP, _FS, _GS, _DI, _EDI, _SI, _ESI, _BP, 
_SP,_DS, _ES, _SS, _FLAGS. 
Eslatma. Identifikator tanlashda birinchi belgi sifatida "_" belgisidan 
foydalanmaslik tavsiya etiladi. 
C++ da dastur funksiya yoki funksiyalardan tashkil topadi. Agar dastur bir 
nechta funksiyadan iborat bo'lsa, bir funksiyaning nomi main bo'lishi shart. 
Dastur aynan main funksiyasining birinchi operatoridan boshlab bajariladi. 
Funksiyaning aniqlashishi quyidagicha bo'ladi: 
qaytariluvchi_qiymat_toifas i funksiya_nomi ( [parametrlar] ) 

funksiya tanasini tashkil qiluvchi operatorlar 

Qoida bo'yicha funksiya qandaydir bir qiymatni hisoblash uchun ishlatiladi. 
Shuning uchun funksiya nomi oldidan, funksiya qaytaradigan qiymat toifasi 
yoziladi. Agar funksiya hech qanday qiymat qaytarmaydigan bo'lsa, void toifasi 
yoziladi. Agar funksiya qaytaradigan qiymat toifasi yozilmagan bo'lsa, int ( butun ) 
toifali qiymat qaytariladi deb qabul qilinadi. 
C++da oddiy matnni ekranga chiqaruvchi dasturni ko'rib chiqamiz 
Misol: Matnni ekranga chiqaruvchi dastur 

Download 3,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish