Buyruqli processor. Buyruqli processor (BP) foydalanuvchining SHK bilan
о‘zaro ishini amalga oshiradi. U DOS fayli hisoblanadi va Command. COM
nomiga ega.
О‘zaro ishlash buyruqlar yordami bilan amalga oshiriladi. Buyruqlar ikki
tipda bо‘ladi: ichki va tashqi. Ichki buyruqlar BP ning о‘zining tarkibiga kiradi va
DOS yuklangandan keyin tezkor xotirada joylashadi (rezidentli buyruqlar). Tashqi
buyruqlar MS DOS tarkibiga kiruvchi.EXE va.COM tipidagi fayllardir.
BP ning asosiy vazifalarilari quyidagilardir:
1. Klaviaturadan yoki buyruqli fayldan kiritilgan buyruqlarni qabul qilish va tahlil
qilish.
2. COMMAND. COM faylida mavjud bо‘lgan DOS ichki buyruqlarini bajarish.
3. MS DOS ning tashqi buyruqlarini yuklash va bajarish; DOS imkoniyatlarini
kengaytiruvchi dasturlar (utilita) va.SOM va.EXE tipidagi amaliy dasturlar.