Xotira va uning ishlash imkoniyatlari Qadim zamonlardan boshlab insonlar hisoblash ishlarini yangilashtirishga
harakat qilishgan. Ular dastlab qurilmasi sifatida qo`l barmoqlaridan
foydalanishgan. Keyinchalik hisoblash yog`osh tayoqchalari orqali bajarilgan.
Taniqli ingliz olimi Ch. Bebbidj tomonidan yaratilgan mexanik arifmometr XIX
asrning yana bir kashfiyoti bo`ldi. Bu mashina murakkab masalalarni yechadigan
matematik mashinalarning paydo bo`lishiga asos bo`ldi. XX asrning 30-40 yillariga
kelib uchta muhim texnik yangilik elektromagnit relis ikkilik – o’nlik sanoq
sistemalarida ma`lumotlarni kodlash: ma`lumotlarni saqlashga mo`ljallangan suniy
xotira yaratildi. Bu esa o`z navbatida avalgi hisoblash mashinalaridan tubdan farq
qiluvchi elektron hisoblash mashinalari (Kompyuter) ni yaratish imkonini berdi.