Fast ATA-2 yoki Enhanced IDE (EIDE)
interfeysi
840
Mbaytgacha disk sig’imini va 16 Mbayt/s gacha almashish tezligini ta’minlaydi.
EIDE ga 4 tagacha yig’uvchilar, shu jumladan CD ROM ham, QMLY ham ulanishi
mumkin. BIOS ning eski versiyalarida EIDE ni qo’llash uchun maxsus drayver
kerak.
ATA va ATA-2 bilan bir qatorda murakkabroq diskli Small Computer System
Interface interfeyslarining uchta versiyasi: SCSI-1, SCSI-2 va SCSI-3 keng
ishlatilmoqda. Ularning afzalliklari: ma’lumotlarni uzatishning yuqori tezligi (Fast
Wide SCSI-2 interfeysi va yaqin vaqtda qutilayotgan SCSI-3 interfeysi 40 Mbayt/s
gacha tezlikni ta’minlaydi ), ulanadigan yig’uvchilarning ko’p soni (7 donagacha)
va maksimal sig’imi; ularning kamchiliklari: narxi balandligi (ATA dan taxminan
5—10 marta qimmatroq), o’rnatish va sozlash murakkabligi. SCSI-1 interfeysi 8
bitli shinaga ega; SCSI-2 va SCSI-3 — 16-bitli va kuchli mashina-serverlarda va
ishchi stanciyalarida ishlatishga mo’ljallangan.
34
Do'stlaringiz bilan baham: |