Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi
. Ma’lumotlar bazasi deb jadval
tuzilmalarga tushirilgan ma’lumotlarning katta tо‘plamlariga aytiladi. Ma’lumotlar
bazasini boshqarish tizimining asosiy vazifalari quyidagilar:
• ma’lumotlar bazasini bо‘sh (tо‘latilmagan) tuzilmasini yaratish;
• uni tо‘ldirish vositalarini yoki boshqa bazaning jadvallaridan ma’lumotlar
importini taqdim etish;
• ma’lumotlarga yo’llash, ulardan foydalanishni osonlashtirish imkonini ta’minlash,
shuningdek, izlash va filtrlash (saralash, tozalash) vositalarini taqdim etish.
Ma’lumotlar bazalarini boshqarishning kо‘pgina tizimlari ma’lumotlarni tahlil
qilish va ularga ishlov berish uchun qо‘shimcha imkoniyatlar yaratadi. Natijada,
ma’lumotlar asosida ma’lumot bazalarining yangi jadvallarini yaratish mumkin.
Tarmoq texnologiyalarining yoyilishi munosabati bilan ma’lumotlar bazasini
boshqarish tizimlaridan butun jahon kompyuter tarmog‘ining serverlarida
joylashgan uzoqlashtirilgan va taqsimlangan resurslar bilan ishlash imkoniyatiga
ega bо‘lish ham talab qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |