Virtual xotirani boshqarish.
OS tarkibiga virtual xotiraga ishlov beruvchi
dastur kiritiladi. Virtual xotira - bu taxmin(tasavvur) qilinadigan xotira. Virtal xotira
hajmi real fizik xotira hajmidan kо‘p bо‘ladi. Bunday usulni tanlab olish sabablari
birinchidan xotiraning har bir manzilni tanlash bо‘lsa, ikkinchidan real operativ
xotiraning tan narxi bir muncha qimmatligidandir. Shuni eslatib о‘tish kerakki,
albatta prosessor virtual xotiraga ishlov berishda real fizik xotiraga ishlov berishga
nisbatan kо‘proq vaqt sarflaydi. Virtual xotira varaqma-varaq tashkil qilinadi. Har
bir varaqda aniqlangan xotiraning ma’lumot birligi uchun о‘z manzili mavjud
bо‘ladi. Bu manzillar ketma-ketligi ularning kо‘rinishi va yozilishi har bir varaq
uchun bir xil bо‘ladi. Virtual xotiraning real adresi hisoblanganda varaqdagi manzil
qiymatiga varaq koeffisienti qо‘shiladi. Shu sababli manzillar chalkashligi oldi
olinadi. YA’ni, agarda biz bir necha nomdagi kо‘chani qarasak har bir kо‘chada 13-
uy mavjud bо‘lsa, har bir 13- uy manzili turli bо‘ladi, chunki kо‘chalar nomi turli.
Do'stlaringiz bilan baham: |