O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi m. Atadjanov, D. A. Sаliеvа xulqi og’ishgan bolalar psixologiyasi


-MAVZU: SHAXS OG`ISHGAN XULQINING PSIXOLOGIK



Download 4,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet99/284
Sana04.02.2022
Hajmi4,54 Mb.
#429680
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   284
Bog'liq
fayl 2074 20211106

 
10-MAVZU: SHAXS OG`ISHGAN XULQINING PSIXOLOGIK 
KORREKSIYASI. 
Reja: 
1.Ijobiy sababalarni rag`batlantirish. 
2. Xissiy holatlarni korreksiyalash usullari.
3. O’z-o’zini boshqarish usullari. Kognitiv usul.
4.Istalmagan axloqni so’ndirish usuli. 
5. Ijobiy axloqni shakllantirish usullari. 


234 
Tayanch tushunchalar:
rag‘batlantirish, xissiy holatlarni korrektsiyalash 
usullari, o‘z-o‘zini boshqarish, kognitiv usul. 
 
 
1.Ijobiy sababalarni rag`batlantirish
. Psixolog tadqiqotchilarning ishlari 
bilan tanishish shuni ko’rsatadiki, potoxarakterologik xususiyatlarni bartaraf qilish 
uchun maxsus psixokorreksion ishlar rejasini tuzib chiqish lozim. Bunda, 
aksentuatsiyaning har bir tipi uchun eng kuchli shikastlovchi psixogen ta’siri 
ajratiladi. O’smir shu turdagi ta’sirni nazarda tutuvchi vaziyatlarga tashlanadi. 
Aksentuatsiyalashgan o’smir bilan olib boriluvchi ushbu yunalishdagi 
psixokorreksion tadbirni analiz qilgan E.G.Eydemiller va V.V.Yustiskiy 3 ta asosiy 
maqsadni ajratgan. 
1.O’smir uchun murakkab, qiyin bo’lgan vaziyatni tanishga o’rgatish. 
Masalan, gipertim tip uchun bunday vaziyat, o’zining energiyasini ushlab turish, 
lobillatib-emosional ahamiyatli shaxslar tomonidan inkor etilishi istiroid tip shaxs 
sifatida yaqinlariga nisbatan e’tiborni yetishmasligi va hokazo. 
2.
O’smir uchun qiyin bo’lgan vaziyatlarni obektivlashtirishi ularni xuddi 
tashqaridan kuzatayotgandek qarashga o’rgatish, o’smirni bunday vaziyatlarni 
analiz qilishni shaxsiy xatolar asosidagi tajribadan maxsuldor foydalanishni 
o’rgatish. 
3.
O’smir uchun murakkab bo’lgan vaziyatlarda xulqning mumkin qismlarni 
diapazonini kengaytirish, avtorlarni aniqlashiga, xulq-atvorni standartligi, 
steriotipligi shaxsga mos kelmaydigan talablar quyilayotganligida yorqin ko’zga 
tashlanadi. Bu maqsadlarni faqat oddiy verbal darajada emas, balki real xulq-atvor 
darajasida amalga oshirish lozim. Misol qilib guruhiy o’yinlardan ayrim syujetlarni 
keltiramiz. O’smirlarga qiyin bo’lgan bir qancha vaziyatlar taklif etiladi. Masalan: 
Sen biror o’tirishga tayyorgarlik ko’rmoqdasan. Shimingni dazmollading, biror 
narsa yeb olmoqchisan. Ichishga hech qanday-xohishing yo’qligi, shu vaqt 
tanishging kelib qoladi uni cho’ntagida shisha bor. Uni juda ichkisi kelayapdi va 
faqat sen bilan, u seni sabab va bahonalarni ishga solib ichishga rozi qilmoqchi.


235 
«Tanishing» rolini psixoterapevt o’ynaydi. U «kayfiyatini ko’tarishi uchun 
ichishni taklif qiladi, o’smir bosh tortsa, u «hayron» bo’lib, yana ichishga taklif 
qiladi. Eng kuchli argumentlar «Qiz bolamisan?», «Oddiy narsadan muammo 
qilma», «Qo’rqma», «Vaqtimni olma», «Do’stmisan oldingi safar nimagadir 
ichganding», «Meni kayfiyatim yomon, do’stlik qil!». Bosh qahramon o’yinini bir 
qancha o’smirlar o’ynagandan so’ng, o’yin natijasi muhokama qilinadi. Doskaga 
yoki katta qog’oz varag’iga «Tanishing» barcha argumentlarni yozib chiqilib, kimga 
qaysi argument eng ta’sirchan bo’lganligi muhokama qilinadi. 
Bizning fikrimizcha bunday psixokorreksion tadbir metodikasi maxsus tashkil 
qilingan psixoterapiya guruhlarida ham qiyin vaziyat kundalik maktab hayotidan 
olinganda ham qo’llanishi mumkin. Bu metodikaning kuchi o’smir xulq-atvorini 
o’zi o’zgartirmoqchi bo’lgandagina mas’uldordir.
Aksentuatsiyali o’smirlar bilan ishlashning yana biri yo’li uning 
aksentuusiyasi tipiga bog’liq xolatlar u uchun eng optimal sharoitlarni yaratish. Ular 
uchun chuqur individual mashg’ulotlar talab etuvchi, intellektual yoki jismoniy 
ishlarining ma’lum tipiga jalb etish foydali (matematik to’garak, kompyuterga 
programma va o’yin tuzish va hokazo). 
Me`yoridan og’gan xulq-atvor profilaktikasi psixolog, - o’qituvchi ota-
onaning birgalikdagi ishidir. Profilaktikaning asosiy maqsadi potoxarakterologik 
sharoitlarga nisbatan nerv sistemasi tizimi chidamliligini tarbiyalashdir. Bunga bir 
qator tadbirlar sistemasi orqali erishish mumkin. Bularga to’g’ri tashkil etilgan aqliy 
mehnat va dam olish, nerv sistemasi tizimining asosiy jarayonlarini mashqlantirish 
kiradi. Aksentuatsiyasi bor o’smirlar bilan ishlashda o’quvchiga shaxsiy yondoshish 
zarur. Uni psixikasini himoya qilish asrash prinsiplariga asoslanishi lozim. Bu 
borada istiqbol maqsadini nazarda tutish lozim, ya’ni o’smirni shaxsiy 
xususiyatlarini mukamallashtirish yo’llarini belgilash hamda bunda eng sodda 
vazifalardan boshlab, sekin- asta murakkablariga undash kerak. 
Me`yordan og’gan xulq-atvorni bartaraf etishni o’smirni o’ziga, 
tengdoshlariga, ota-onasiga, o’qituvchilariga bo’lgan munosabatlar sistemasini - 
tizimni qayta ko’rmasdan amalga oshirib bo’lmaydi. Bola hamda ota-ona bilan 


236 
suhbatlashib, munosabatlardagi diformatsiya sabablarini aniqlash mumkin. 
Ko’pincha bu silab-siypalab, erkalab tarbiyalash oqibati bo’lib, boladagi egoistik 
belgilarni korreksiyasini taqozo etadi. 
O’smirlarga jinsiy tarbiya berish psixologiyasi o’ta murakkab va mas’uliyatli 
hamdir. 10-11 yoshdan boshlab to 17-18 yoshga qadar bolalarni ko’pincha pubertat 
(lotincha pubertos so’zi - yetuklik, voyaga yetish, tayyor, degan ma’noni anglatadi 
va voyaga yetgan yoshdagi bolalar deb atashadi). Bu yoshda o’smirning xulq-atvori 
ham muayyan darajada ta’sir ko’rsatadigan jinsiy rivojlanish boshlanadi. Intensiv 
ravishda davom etadi va poyoniga yetadi. Bola organizmining qayta tuzilishida 
jinsiy sohadagi hamda endokrin apparatida sodir bo’ladigan o’zgarishlar yetakchi 
rol o’ynaydi. Biroq, ushbu o’zgarishlarning ahamiyatini, ba’zi bir mutaxassislar 
aytgani singari, o’sish yoshining asosiy jarayoni sifatida qarab uning ahamiyatini 
haddan tashqari oshirib yubormaslik kerak. Bu yoshdagi bolaga bo’lgan eng asosiy 
munosabat o’sib kelayotgan kishining sotsializatsiya qilinishi, ya’ni uni ijtimoiy 
hayotda faol ravishda jalb etilishi hisoblanadi. Chunki bu yoshda bola tevarak-
atrofda sodir bo’layotgan voqea-hodisalarga va o’z-o’ziga nisbatan, o’zida ijtimoiy 
xulq-atvor ko’nikmalarini shaklana borishiga nisbatan go’daklarga qaraganda ancha 
yengilroq munosabatda bo’ladi. 
Jinsiy voyaga yetish jarayoniga kelganda shuni aytish kerakki, u 
organizmning butun bir yaxlit tipdagi o’zgarishi, uning organlari va tizimlari 
anchagina qismining qayta tuzilishi bilan hamda, eng muhimi, bolaning nerv 
sistemasi va psixikasi bilan bog’liq bo’ladi. Jinsiy rivojlanish turli o’smirlarda 
turlicha sodir bo’ladi, bu jihatdan o’smirlar bir-birlaridan ancha sezilarli darajada 
farq qiladilar. Masalan, ba’zi bir bolalarda pubertat deb atalmish o’sish davri 10-11 
yoshidan boshlanadi va 13-14 yoshda yakunlanadi, boshqa bir xil bolalarda esa 
bunday xolat 16 va 18 yoshlar orasida sodir bo’ladi. Ayrim holatlarda o’g’il 
bolalarning sezilarli darajada jinsiy organlarining o’sishi 9,5 yoshdan 14,5 
yoshgacha kuzatilsa, boshqa bir xil bolalarda bunday jarayon 1 yoshdan 17 
yoshgacha davom etadi. 


237 
L.Aynimaning bu borada o’tkazgan tadqiqotlarida farqlari ko’pincha
bolalarning xulq-atvorida ham o’z aksini topadi. Shu narsaga sira shubxa qilmasa 
bo’ladiki, bolalarning erta yoki kech voyaga yetishi ularning xulq-atvorida ham o’z 
ifodasini topadi. Xatto ayrim bolalarda bu ularning xulq-atvoriga ancha sezilarli 
darajada ta’sir ko’rsatadi. Ayni mana shu farqlar ko’pincha bolalarning xulq-
atvorida ham o’z aksini topadi. Shu narsaga sira shubha qilmasa bo’ladiki, 
bolalarning erta yoki kech voyaga yetishi ularning xulq-atvorida ham o’z ifodasini 
topadi, xatto ayrim bolalarda bu xol ularning xulq-atvoriga ancha sezilarli darajada 
ta’sir ko’rsatadi.
Kichik yoshdagi o’g’il bolalarning o’z olami bo’lib, uning nazarida obru bilan 
muvaffaqiyat unga har doim hamroh bo’ladi. Uningcha hayotida eng asosiy 
instrumentiga ko’ra uning sermahsul gavdasi hisoblanadi. Bunday bolalar o’z 
tengdoshlaridan faqat pubertat davridagina emas, umuman barcha sohalarda 
ulg’ayib ketgan o’g’il bolalar o’z tengdoshlari ichida ajralib turadilar va ularga 
yetakchilik qiladilar. (Aslida ham muskullari rivojlangan o’g’il bolalar o’rta hisobda 
olganda boshqa bolalardan oldin yetiladilar va ularda pubertat o’sish ham 
boshqalardan ilgari boshlanadi). Aksincha, jismoniy jihatdan sekin rivojlangan 
ozg’in bolalarda pubertat davr o’rta hisobda olganda bir oz kechroq boshlanadi. 
O’z atrofidagi tengdoshlari muvaffaqiyatli ravishda rivojlanayotganligini 
ko’rgan bunday sekin o’sayotgan bola gohida ich-ichidan kuyinib jismoniy jihatdan 
o’ta o’z tengdoshlariga yetib olishiga ishonmay gumonsiray boshlaydi va men ham 
chinakkam erkak kishi bo’lib yetisharmikanman, deb o’ylay boshlaydi. Jinsiy 
masalalar bilan bog’liq bo’lgan bunday tashvish va bezovtalik ko’p holatlarda faqat 
beihtiyor ravishda namoyon bo’ladi hamda ancha murakkab va chuqur sabablar 
orqali zuxur etiladi 
Vrachlar ishtiroki bilan 10-17 yoshdagi o’g’il bolalarning jinsiy rivojlanishi 
darajasi o’rganib chiqilgan. Jinsiy rivojlanishga baho quyish vaqtida bu sohada keng 
tarqatgan metodikadan foydalanilgan. Ushbu metodikaga binoan katta yoshli erkak 
kishining jinsiy rivojlanishi 18 balli tizim sistema bilan baholanadi. Quyida mazkur 


238 
yosh guruhda bo’lgan bolalar va o’smirlarni tadqiq etib o’rganishning foizlar bilan 
ifoda etilgan natijalari keltirilgan. 

Download 4,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   284




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish