O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi m. Atadjanov, D. A. Sаliеvа xulqi og’ishgan bolalar psixologiyasi


Mavzu yuzasidan nazorat savollari va topshiriqlar



Download 4,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/284
Sana04.02.2022
Hajmi4,54 Mb.
#429680
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   284
Bog'liq
fayl 2074 20211106

Mavzu yuzasidan nazorat savollari va topshiriqlar. 
1.
Shaxsning qonunga zid axloqi bilan bog’liq asosiy tushunchalarni ochib 
bering. 
2.
Delinkvent axloq va qonunbuzarlar tipining asosiy shakllarini sanab bering. 
3.
Delinkvent axloqning ichki va tashqi sharoitlarini sanang.
4.
Shaxsning antiijtimoiy buzilishi haqida ma`lumot bering. 
5.
Antiijtimoiy hamda sotsiopatik shaxsni solishtiring 
6.
Qonunga qarshi motivatsiyaning shakllanish qanday holatlarga bog’liq? 
7-MAVZU: TOBE AXLOQ. 
Reja: 
1.Shaxs tobe axloqining tavsifnomasi.
2.Shaxs tobe axloqining omillari.
3.Tobe axloqning tavsifnomasi,
4.Shaxs muhtoj axloqning omillari: hammuhtojlik fenomeni, kimyoviy tobelik,
ozuqaga tobelik.
 
Tayanch tushunchalar:
tobe axloqining, hammuhtojlik fenomeni, kimyoviy 
tobelik, ozuqaga tobelik.

1. Shaxs tobe axloqining tavsifnomasi. 
“Shaxsning og`ishgan xulqi” o`ta 
murakkab va ko`p obrazli kategoriyasi ichida tobe axloq yoki bog’lanib qolgan deb 
nomlanuvchi guruhga ajratiladi. Shaxsning tobe axloqi o`zida jiddiy ijtimoiy 


162 
muammoni aks ettiradi, chunki aniq ko`rinib turgan shaklda ishga layoqatini 
yo`qotish, atrofdagilar bilan janjallar, jinoyat sodir etish kabi salbiy oqibatlarga ega 
bo`lishi mumkin. Bundan tashqari, bu deviatsiyaning u yoki bu tarzda istalgan oilaga 
tegishli bo`lgan bir muncha keng tarqalgan turi. 
Azal-azaldan tobe axloqning turli shakllarini piyonistalik, ortiqcha yeyish, 
azart o`yinlar va boshqa ishqibozlikni nazarda tutgancha zararli yoki yakson etuvchi 
odatlar deb ataganlar. Zamonaviy tibbiy adabiyotlarda patologik odatlar degan 
atama keng ishlatilad. Bog’lanib qolish tushunchasi tibbiyotdan o`zlashtirilgan, 
hozirgi vaqtda nisbatan yangi va ommaviy atama hisoblanadi.
Tobelik atamasi ostida keng ma'noda “kimgadir yoki lazzat olish yoxud 
moslashish maqsadida nimagadir suyanishga intilish” tushuniladi. Shartli ravishda 
me`yoriy va o`ta bog’lanib qolgan tobelik haqida gapirish mumkin. Barcha odamlar 
havo, suv, ovqat kabi hayotiy muhim ob'ektlarga “me`yoriy” tobelikni his qiladilar.
Ko`pchilik odamlar ota-onalari, do`stlari, turmush o`rtoqlariga sog’lom bog’lanib 
qolishni sezadilar. Ba'zi holatlarda tobelikka me`yoriy munosabatning buzilishi 
kuzatiladi. Masalan, shaxsning autik, shizoid, antiijtimoiy buzilishi boshqa 
odamlarga fojiali tarzda yetarlicha ko`ngil qo`ymaslik oqibatida yuzaga keladi.
O`ta tobelikka moyillik, aksincha, muammoli simbiotik munosabat yoki tobe 
axloqni tug’diradi. Kelgusida “bog’lanib qolish” atamasidan foydalanganda biz 
nimagadir o`ta bog’lanib qolishni nazarda tutamiz. Shunday qilib, tobe axloq, shaxs 
tomonidan nimanidir yoki kimnidir suiiste'mol qilish bilan zich bog’liq bo`lganiday, 
uning ehtiyojlarini buzilishi bilan bog’liq. Maxsus adabiyotlarda ko`rib 
chiqilayotgan reallikning yana bir nomi qo`llanadi –bu addiktiv axloq. Ingliz tilidan 
tarjima qilganda addiktion moyillik, halokatli odat. Agar bu tushunchaning tarixiy 
ildiziga murojaat qilsak, unda lotincha addictus – qarzi tufayli bog’langan shaxs
(qarzi uchun qullikka hukm qilingan). Boshqacha aytganda, bu odam qandaydir 
yengib bo`lmas hukmronlikdan chuqur qullik bog’lanib qolishga tushgan.
“Addiktiv axloq” atamasining ba'zi afzalligi uning baynalminal 
transkriptsiyada, shuningdek, “addikta” yoki “addiktiv shaxs” kabi o`xshash 
odadmlar bilan shaxsning o`xshashlik imkoniyatidadir.


163 
Bog’lanib qolgan (addiktiv) axloq shaxs deviant axloqining turi sifatida, o`z 
navbatida, addiktsiya ob'ekti bo`yicha ayniqsa, differentsiyalanadigan ko`plab 
turchalarga ega. Nazariy jihatdan (ma'lum bir sharoitlarda) bu har qanday ob'ekt yoki 
faollik shakllari bo`lishi mumkin kimyoviy moddalar, pul, ish, o`yinlar, jismoniy 
mashqlar yoki jinsiy munosabatlar bo’lishi mumkin.
Real hayotda tobelikning shunday ob'ektlari tarqalgan:
1) psixofaol (qonuniy va noqonuniy giyohvand) moddalar;
2) spirtli ichimliklar (ko`pchilik tasniflarda birinchi guruhchaga taalluqli);
3) taom;
4) o`yinlar;
5) jinsiy aloqa;
6) din va diniy ibodatlar. 
Sanab o`tilgan ob'ektlarga muvofiq tobe axloqning quyidagi shakllari 
ajratiladi:
– kimyoviy bog’liqlik (chekish, toksikomaniya, giyohga muxtojlik, dorilarga 
muxtojlik, ichkilikka bog’liqlik); 
– ovqatlanish axloqining buzilishi (ko`p yeyish, ochlik, taomdan voz 
kechish); 
– gembling – o`yinga tobelik (kompyuterga bog’lanib qolish, azart o`yinlar); 
– jinsiy addiktsiyalar (zoofiliya, fetishizm, pigmalionizm, transvestizm, 
eksbitsionizm, vuayerizm, nekrofiliya, sadomazoxizm (glossariyga qarang)); 
– diniy destruktiv axloq (diniy fanatlik, sektaga tortilish). 
Hayot o`zgarishi bo`yicha odamlarda tobe axloqning yangi shakllari paydo 
bo`ladi, masalan, bugungi kunda kompyuterga bog’liqlik juda tez tarqalmoqda. Ayni 
shu damda ba'zi shakllar deviantlik yorliqini yo`qotmoqda. Bizning nazarimizda, 
zamonaviy ijtimoiy vaziyatda gomoseksuallikni deviantlikka tegishli deyish kerak 
emas, garchi, shubhasiz, u marginal axloq darajasida qoladi (me`yorning oxirgi 
chegarasini egallovchi va odamlarda qabul qilmaslikni uyg’otgancha). Tobe axloqqa 
faollikning real zarar keltirmaydigan kundalik shaklini, masalan, kofe ichish yoki 
shirinlik yeyish odatini qo`shib qo`yishdan saqlanish lozim. 


164 
Modomiki, biz faqat og`ishgan xulq shakllarini ko`rib chiqarkanmiz, 
axloqning deviantlikning barcha umumiy belgilariga javob berishini diqqat bilan 
kuzatish maqsadga muvofiqdir. Masalan, istalgan jinsiy axloq me`yor chegarasida 
joylashadi, agar u:
1) o`zaro kelishuvga asoslansa;
2) voyaga yetmagan bolalardan foydalanish bilan bog’liq bo`lmasa;
3) tirik odamga yo`naltirilgan;
4) deviantlikning umumiy belgilariga javob bermaydi.
Unda jinsiy axloqning barcha turlari o`qda joylashishi mumkin: 

qonun bilan ta'qiqlangan jinoiy jinsiy harakatlar (jinsiy zo`ravonlik, 
fog’ishabozlik, bolalardan foydalanish, yomon yo`lga kirish); 

jinsiy deviatsiya (hayvonlar bilan jinsiy aloqa, sadomazoxizm, fetish-
seksuallik va h.k.); 

marginal axloq (promiskuitet, nudizm, gomoseksualizm); 

umumqabul qilingan jinsiy axloq (katta odamlarning o`zaro xohish 
bo`yicha geterojinsiy axloqi). 
Demak, muhtoj (addiktiv) axloq – bu nimanidir suiiste'mol qilish yoki 
kimnidir o`z-o`zini boshqarish yoki moslashuv maqsadida bog’lanuvchi shaxs 
og`ishgan xulqining shakllaridan biri. 

Download 4,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   284




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish