konstitutsional xususiyatlarga
e'tiborni qaratdilar.
V - XIX asrda italyan shifokor-psixiatri va kriminalist Chezare Lombrozo
(1836-1909) insonning jinoiy axloqini uning anatomik qurilishi bilan bog’laydigan
biosotsiologik nazariyani taklif qildilar. Quyidagilarga diqqat bilan qaragan e'tibor
ob'yekti bo`lib hisoblanadi: bosh suyagi, miya, burun, quloq, sochning rangi,
tatuirovka, xusnixat, terining ta'sirchanligi, jinoyatchining psixik xususiyatlari.
Antropometrik usuldan foydalanib, tadqiqotchi “tug’ma jinoiy tur”ning taxminan 37
tavsifnomasini ajratdi, ularning ichida: juda katta pastki jag’, yalpaygan burun,
siyrak soqol, quloqning o`sib ketgan solinchog’i Ch. Lombrozoning nazariyasi
garchi tarixga ilmiy fikr bo`lib kirgan bo`lsa-da, biroq keyinroq ilmiy asossiz deb
tan olindi.
Ushbu yo`nalishning boshqa yorqin vakili bo`lib, temperament (va axloq)
turlari, shuningdek, insonning somatik qurilishi tiplari orasidagi aloqani asoslagan
amerikalik shifokor va psixolog Uilyam Sheldon (1898-1984) chiqdi. Tana
tuzilishining uchta yetakchi turi: endomorfli, mezomorfli, ektomorfli –
temperamentning uchta tipi bilan korrelyatsiyalanadi: vistserstoniya, somatotoniya,
serebrotoniya. Ularning uyg’unlashuvini aniq psixotip belgilarni beradi. Masalan,
somatotoniya uchun qoniqishga ehtiyoj, energiyalilik, hukmronlik va hokimlikka
intilish, xatarga, tajovuzkorlikka, ta'sirlanmaslikka moyillik kabi chiziqlar
xarakterli. Aksincha, serebrotoniyada vazminlik, ta'sirchanlik, sotsiofobiya,
yolg’izlikka moyillik kuzatiladi.
Biologik nazariyalar orasida alohida o`rinni tabiiy tanlov va naslchilik
qonunlariga asoslangan bo’lib, bu Charlz Darvin tomonidan taklif qilingan
evolyutsion yondoshuvni egallaydi. Evolyutsion yondoshuv tarafdorlari bu
yondoshuv tanqidchilari hayvonlar axloqining qonunlarini inson psixologiyasiga
o`tkazishni asossiz deb hisoblagan. Bir vaqtda insoniy axloqning turlicha
aspektlarini nasliy dasturlarning turli ko`rinishlari sifatida ko`rib chiqadilar.
22
Darvin g’oyalarini riojlantiruvchi Konrad Lorentsning (1903-1989) etologik
yondoshuvi inson axloqining turli fenomenlarini, masalan, tajovuzkorlikni,
avvalambor, yashash uchun kurashning tug’ma instinkti deb tushuntiradi.
«Ko`rinishi ko`pincha o`lim instinkti ko`rinishlari bilan o`xshash tajovuzkorlik – bu
xuddi boshqa instinktlar kabi bo`lib, bu ham ular kabi hayot va turni saqlab qolishga
xizmat qiladi». Ushbu instinkt evolyutsiya davomida biologik jihatdan maqsadga
muvofiq sifatda rivojlandi.
Tadqiqotchilarning fikriga ko`ra tajovuzning kuchi tajovuzkor axloqni
uloqtirib yuboruvchi yiqilib qolgan tajovuzkor energiya va kuchning maxsus
rag’bati miqdoriga bog’liq. Odamlarda hayvonlardan farqli ravishda o`z shaxsiy turi
vakillariga nisbatan zo`ravonlik keng tarqalgan.
Tajovuzkorlik barcha oliy mavjudotlar uchun instinktiv ravishda shartlangan
tug’ma xususiyat hisoblanishini tasdiqlab va ko`plab ishonchli misollarda buni
isbotlab K. Lorents quyidagi xulosaga keladi: «Bizda ichki tur tajovuzini insoniyatga
madaniy-tarixiy va texnik rivojlanishning zamonaviy sharoitida bir muncha jiddiy
xavf deb hisoblashga jiddiy asos bor». Inson axloqi biologik determinantining
zamonaviy tadqiqotlari bir necha sohalarda: biologiya, tibbiyot, kriminologiya,
fiziologiya va ayniqsa genetikada faol amalga oshirilmoqda.
Psixogenetika rivojlanishining boshlanishi XIX asrning mashhur olimlari
Frensis Gal`ton (1822-1911) va Gregor Mendel (1822-1884) nomi bilan bog’liq.
1865 yili ular psixogenetika yoki yevgenika sohasida dastlabki tadqiqotlarining
natijalarini nashr qildilar. Keyingi yillarda F.Galton egizakli va statistik usuldan ilk
bor foydalangan holda individual farqlarni tizimli o`rganishni olib bordi. Uning
ishlari aqlning nasliy determinanti bo`yicha ko`plab tadqiqotlarni boshlab berdi.
Shaxsiy tavsifnomalar va axloq hiyla kam darajada o`rganildi.
Dunyoning ko`pgina davlatlarida olib borilgan ekstraversiya va neyrotizm
tadqiqotlari ko`p bo`lmagan istisnolardan biri hisoblanadi. Masalan, Amerika,
Avstraliya va Yevropada (1992) shved olimi Nensi Peterson tomonidan qabul
qilingan ko`ndalang kesim usulida 15 ming qarindosh juftliklarni o`rganish ikki
asosiy xulosaga kelish imkonini berdi:
23
neyrotizm va ekstraversiya xususiyatlari barcha ontogenez davomida
genetik shartlanganlik bilan xarakterlanadi;
yosh kattalashish bilan nasllilik ko`rsatkichi pasayadi (ayniqsa,
neyrotizm holatida).
Modomiki, neyrotizm va ekstraversiya inson axloqining turli ko`rinishlariga
ta'sir ko`rsatarkan, demak og`ishgan xulqni genetik shartlangan deb hisoblash
mumkin.
G.Ayzenk fikrlariga ko’ra, mahkumlarning individual-tipologik xususiyatlari
bilan aloqani o`zganib, xulosa qildiki, ekstravertlar introvertlarga qaraganda jinoyat
qilishga moyildirlar, uning fikricha, biologik jihatdan determinant. Boshqa
tadqiqotchilar kimyoviy bog’liqlik va yuqori ta'sirchalik va stressni boshdan
kechirishga pasaygan qobiliyat kabi tavsifnomalar o`rtasidagi mustahkam aloqani
ta'kidlaydilar.
Biokriminologiya doirasida deviant (jinoiy) axloq va odamning nasliy
xususiyatlari o`rtasidagi aloqani o`rnatishga bo`lgan maqsadga yo`naltirilgan
urinishlar qilindi. Ushbu aloqaning isbotlaridan biri XX asr 60-yillarining o`rtalarida
U. Pirs olib borgan genetik tadqiqotlar natijasi hisoblanadi. Uning tadqiqotlari
erkaklarda ortiqcha 7-xromosomaning mavjudligi ularning jinoiy axloqqa
(maxkumlar orasida bunday anomaliya odatdagidan 15 marta ko`p namoyon
bo`ladi) moyilligi borligini aniqlaydi degan xulosaga olib keldi. Bir vaqtning o`zida
ushbu yondoshuv tanqidchilari ortiqcha 7-xromosoma tashuvchi deviantlik
xromosomalar anomaliyasining oqibati emas, balki u bilan bog’liq bo`lgan baland
bo`y, tez yetilish, past intellekt kabi individual xususiyatlar bo`lishi ham mumkin.
Axloqning hali aniqlanmagan qandaydir aniq ko`rinishiga javob beruvchi
genga qaramay, nasliylik va axloq o`rtasidagi korrelyatsiyani ko`pchilik
mutaxassislar tan olmoqdalar. Og`ishgan xulqning boshqa biologik determinanti
orasida garmonlar ta'siri (shu jumladan, testosteron) ni aytishadi.
Dabbs va Morris (1990) 4 ming nafar urush veteranlari misolida testosteron
darajasi va jamiyatga qarshi axloqqa moyillik o`rtasida aloqaning mavjudligi
haqidagi xulosaga kelishdi.
24
Deviant axloqning boshqa biologik omillari quyidagilar bo`lishi mumkin.
Bosh miyaning lat yeyishi (ayniqsa, peshona qismi), miyaning organik kasalliklari,
asab tizimining muayyan xususiyatlari, ma'lumki, asab tizimlari xususiyati inson
temperamenti uning psixik hayotini dinamik tashkil etuvchilarni aniqlaydi. Nyu-
York longityud tadqiqoti shuni ma’lium qiladiki, bolalar hayotining birinchi yilini
hayotning birinchi oylarida yetakchi rolni prenatal sharoit va tug’ilishning
xususiyatlari kabi omillar muhim degan xulosa qilishga imkon berdi.
Dinamik tavsifnomalar (ya'ni temperament) muhitida genetik berilgan
individuallik taxminan 9-oydan boshlab namoyon bo`ladi. Bola axloqining
dinamikasini ifodalovchi 9 ta komponentga ajratildi: faollik; fiziologik
reaktsiyalarning ritmliligi; paydo bo`lgan raqobatlarga javob tariqasida yaqinlashish
yoki uzoqlashish reaktsiyasi; yangi vaziyatga moslashuv; har qanday belgining
hissiy reaktsiyaga jadalligi; reaktivlik ostonasi; ustunlik qiluvchi kayfiyat;
chalg’iganlik; e'tiborni saqlashda qat'iylik va davomlilik. “Og’ir temperament
sindromi” ajratildi. Uning belgilari quyidagilar hisoblanadi: past ritmlilik, salbiy
kayfiyatga ega bo`lish, zaif reaktsiya, yomon moslashuv va reaktsiyalarning yuqori
jadalligi. Bu sindrom hayotning birinchi yillarida mustahkam ekan.
A.Torgersenning egizakli tadqiqoti ma'lumotlari bo`yicha 6 yoshda og’ir
temperamentning beshta komponentlaridan uchtasi yuqori genetik tashkil etuvchiga
ega:
zaif reaktsiya,
reaktsiyalarning yuqori jadalligi,
past ritmlilik.
Bir vaqtda yomon moslashuv, ayniqsa, umumoilaviy muhitda belgilanadi,
salbiy kayfiyat esa – individual muhitda (garchi nasllilik ham qayd qilinsa-da)
yuzaga keladi.
Umuman olganda zamonaviy bilimlarda aytilishicha, og`ishgan xulqning aniq
shakli emas, deviantlikning shakllanish ehtiromini kuchaytiruvchi muayyan
individual-tipologik xususiyatlar, masalan, impulsivlik yoki sardorlikka intilish
25
nasldan naslga o`tadi. Faqat biologik omillar nuqtai nazaridan axloqiy deviatsiyani
tushuntirishga urinish ko`pincha muvaffaqiyatsizlikka uchraydi.
K.Lyuis hamkasabalari bilan bolalarning xavfli axloqi omillarini o`rganib,
garchi asab tizimlarining buzilishi yetarlicha tez-tez uchrasa-da, bolaning zo`ravon
axloqi ota tomonidan onaga nisbatan zo`ravonlik harakati yoki onaning psixik
kasalligi kabi mikroijtimoiy sharoitlar bilan ancha zich bog’liq ekani haqidagi
xulosaga keldilar. Qandaydir biologik shaxsiy tavsifnomalarning mavjudligi istisno
emas, masalan, ko`tarinki hissiy raqobatlantirish yoki deviant axloqqa moyillik va
biologik bog’liqlik o`rtasidagi zich aloqa ko`rinishini yaratuvchi ustunlikka intilish.
Ichki biologik jarayonlar og`ishgan xulqning shakllanishida ma'lum bir rol`
o`ynaydi. Ular har qanday muhitli ta'sirda bizning reaktsiyalarimiz kuchi va
xarakterini belgilaydi. Og`ishgan xulqning biologik asosini tasdiqlovchi dalillar
mavjudligiga qaramay, ular faqat muayyan ijtimoiy muhit kontekstiga ta'sir qiladi.
Shu bilan birga, ijtimoiy sharoitlar o`z-o`zidan organizmda, masalan, asab tizimi
reaktivligi yoki gormonal fonni aniqlagancha to`liq biologik o`zgarishni uyg’otishi
mumkin.
Umuman olganda shaxsning og`ishgan xulqi shaxslar munosabati tizimi
orqali sinuvchi ijtimoiy va biologik omillarning murakkab o`zaro harakati natijasi
hisoblanadi. Ushbu yo‘nalish asoschilari R.Mey va I.Yalom hisoblanadi. Bu
nazariya dinamik xarakterda bo’lib, unda terapiya mijozning universal
ekzistensial notinchligiga qarama-qarshi ravishda olib boriladi. Bu terapevtik
yo‘nalishning asosiy mohiyati “inson sub’ektivligi uning hayotiy tajribasi
natijasidir” degan fikrga tayanadi. Bu yo‘nalishning asosiy vazifasi - insonga
hayotning fundamental savollariga javob topishga ko‘maklashishdan iborat.
D.Bujental ekzistensial yondashuvning nazariyotchisi sifatida quyidagi
fikrlarni bildiradi:
1)
inson qismlarning birlashmasi emas, balki yaxlitlikdir;
2)
shaxs - odam sifatida shaxsiy insoniy muammolarni mujassam etadi;
3)
inson anglashga va aqlan biror xatti-harakatni amalga oshirishga qodirdir;
4)
inson doimo tanlash imkoniyatiga ega;
26
5)
inson xulq-atvori doimo intensionaldir, ya’ni sababga ega va u doimo ongli
ravishda qaror qabul qila oladi.
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda ekzistensial terapiyaning asosiy
negizini quyidagilar deb hisoblash mumkin:
A.
Psixoterapevtik jarayonda to’liq ishtirok etishni ta’minlash. Bunda
mijoz bu jarayonga qiziqishi, chuqur kirishishi, o‘zi va o‘z hayotiga e’tiborli
bo‘lishi lozim. Shunda sub’ektivlikning chuqur mohiyati namoyon bo’ladi.
B.
Mijozni o‘ziga nisbatan mavjud bo’lgan chuqur qiziqishlariga
yo‘naltirish. Ba’zan bunday qiziqish susaygan bo‘lib, shu tufayli mijoz
terapiyaga muhtojlik sezadi.
V. Mijozning o‘z qiziqishini izohlashi sub’ektiv kechinmalarga diqqatining
qaratilishida muammoni hal yetish imkoniyatini kengaytiradi. Bu jarayonda
o‘ziga to‘liq e’tibor qaratiladi, ayniqsa, tana sezgilari, emotsiyalar, fikrlar
alohida e’tiborga olinadi.
G. Qarshilikning paydo bo‘lish ehtimoli. Bu vaziyat inson “Men va tashqi
olam” tuzilmasini shakllantirgani tufayli o‘z ichki imkoniyatlariga kirib
borishining chegaralanganligida aks etadi.
D.
Ekzistensial psixoterapiya jarayoni “Men va tashqi olam” tizimini,
idrokning shaxsiy tuzilmasini o‘zgartiruvchi ichki o‘zini o‘zi anglash
jarayonidan tashkil topadi;
E.
Psixoterapiyaning samarasi shaxs hayotiy hislarining kengaygani va
yashash qobiliyatining oshganligida aks etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |