O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi m. M. Azlarova yengil sanoat texnologiyasi


 Charm-attorlik buyumlar konstruksiyasining rivojlanish tarixi



Download 2,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet152/190
Sana31.12.2021
Hajmi2,58 Mb.
#231099
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   190
Bog'liq
585-Текст статьи-1350-1-10-20191228

10.3. Charm-attorlik buyumlar konstruksiyasining rivojlanish tarixi 
Charm-attorlik  buyumlariga  kiradigan  xurjun  juda  qadim  zamonlarda  paydo 
bo‗lgan, bunga afsonalar, arxeologik qazilmalar guvohlik beradi. 
Yeng  sodda  xalta  vazifasini  bir  parcha  teridan,  mo‗ynadan  yoki  matodan 
qilingan  tugun  bajargan.  Xalta,  xurjunlarning  asosiy  vazifasi  r  o‗zg‗or  buyumlarini, 
oziq-ovqatlarni saqlash va k o‗tarib ot-ulovga ortib yurish bo‗lgan. Ularning tuzilishi 
texnika rivojlanishiga bog‗liq. 
Texnika  rivojlangan  sari,  charm-attorlik  buyumlarini  ishlab  chiqarish 
mukammallashib, turli xil konstruksiyadagi buyumlar hosil bo‗la boshlagan. 
Tog‗li  Oltoyda  o‗tkazilgan  qazilmalarda  eramizdan  oldingi  V  asrda  ishlangan 
ikki  bo‗lak  suvsar  mo‗ynasidan  tikilgan  qop  va  juda  murakkab  konstruksiyadagi 
xaltalar topilgan. Masalan, bittasi yaxlit teri bo‗lagidan tashkil topgan bo‗lib, chetlari 
qayirib, ziyi bo‗yicha tikiladi va ikkita cho‗ntak hosil qiladi. Cho‗ntaklarning hajmi 
pona  shaklidagi  qistirma  paylar  yordamida  tikilib  kengaytirilgan.  Xaltaning    o‗rtasi 
ingichka  tasmalar  bilan  yog‗och  kaltakka  biriktirilgan.  Xaltaning  ushlagichi  charm 
tasmadan  qilingan  bo‗lib,  bir  tomonining  cheti  uch  bo‗lakka  bo‗lingan,  ikkinchi 
bo‗lagi yog‗och kaltakning ikki chetiga, o‗rta bo‗lagi yog‗och kaltakning  o‗rtasidagi 
quloqchaga  biriktirilgan.  Xaltada  kumush  ko‗zgu,  kichik  ko‗zacha,  yassi 
to‗rtburchakli  xaltacha  va  boshqa  narsalar  bo‗lgan.  To‗rtburchakli  xaltacha  zamsha 
bo‗lagidan  tayyorlangan  bo‗lib,  ziylariga  juda  go‗zal  shaklda  charmdan  yasalgan 
mag‗iz,  o‗rtasida esa o‗ta murakkab konstruksiyada bezalgan cho‗ntak tikilgan edi. 
O‘sha  qazilmada  qalin  charmdan  yasalgan,  e‘tiborga  loyiq  konstruksiyadagi, 
ichki  cho‗ntak  va  cho‗ntakni  yopuvchi  tashqi  yopqich  (klapin)  li  yumshoq  yupqa 
charm xalta topilgan.  
Cho‗ntak  xaltaga  nisbatan  katta  bo‗lib,  uning  yuqori  ozod  qismi  taxlanib, 
xaltaga  solib  qo‗yilgan.  Cho‗ntakdan  foydalanish  uchun  yopqichni  k  o‗tarib  turib 
taxlangan  cho‗ntakni  chiqarib  olish  kerak.  Xalta  qoplonning  mo‗ynasi  va  har  xil 


141 
 
ko‗rinishdagio‗rdak hamda g‗ozlarning rasmi (shakli) tushirilgan, oltin suvi yuritilgan 
mis bo‗laklari bilan pardozlangan edi. Bulardan tashqari har xil shakldagi hamyonlar 
ham topilgan. 
Qadimiy  Novgorod  shahri  qazilmalarida  (XI—XV  asrlar)  ham  turli  charm 
buyumlar  topilgan.  Ko‗proq  turli  ko‗rinishdagi  hamyonlar  bo‗lib,  ularning 
konstruksiyasi  sodda,  ya‘ni  ikki  bo‗lak  charmdan,  past  qismi  yarim  doira  shaklida, 
yuqori qismida teshikchalar bo‗lib, unda charm tasma o‗tkazib tortganda yopiladigan 
qilib ishlangan. 
Hamyonlar,  asosan,  biriktirma  va  ag‗darma  choklar  yordamida  tikilgan. 
Hamyonlarning  ichki  detallari  to‗qima  materiallardan  bo‗lgan.  Shuningdek, 
Novgorod shahri qazilmalarida turli shakldagi kattao‗lchamdagi xaltalar va yaxlit bir 
bo‗lak  yoki  ikki  bo‗lak  charmdan  biriktirma  hamda  ag‗darma  chok  bilan  tikilgan 
qo‗lqoplar topilgan. 
Uzoq  Shimol  va  Uzoq  Sharq  xalqlari  charm-attorlik 
buyumlarini, asosan, bug‗u, it va nerpa terilaridan qilishgan, 
Ayrim  hollarda  baliq  terisini  butun  holda,  tayyor  buyum 
sifatida shilib olishgan. 
Charm,  gilam  va  to‗qima  materiallar  bilan  dong 
taratgan  O‘rta  Osiyo  mamlakatlarida  xaltalarni  gilam  va 
boshqa  matolardan,  hamyonlarni  charmdan  tayyorlashgan. 
Hamma  O‘rta  Osiyo  xalqlari  bir  xil  konstruksiyadagi 
xurjunlardan  foydalanishgan.  Bu  xurjunlar  ochiq,  ayrim  hollarda  arqon  yoki  tasma 
bilan  berkitiladigan  bo‗lgan.  Mayda    tangalar  uchun  maxsus    ko‗zacha  shaklidagi  
hamyonlarni ishlatishgan.  Bu hamyonlarning bo‗g‗izi tor bo‗lib, tangalarni qo‗l bilan 
olib bo‗lmasdi, ularni faqat silkitib qo‗l kaftiga tushirib olish mumkin edi. 
Tojikistonda  hamma  buyumlar,  hattoki  xurjunlar  ham  charmdan  bo‗lgan. 
Narsalarni  k  o‗tarib  yurish  va  saqlab  turish  uchun  qo‗zichoqlarning  terisini  butun 
holda shilib olib, tagini tikib qop va xaltalar tayyorlashgan. 


142 
 
Kavkaz  va  Kavkaz  orti  xalqlaridan  ham  teridan  tayyorlangan,  usti  ochiq  yoki 
yopiq  xurjunlar  va  musallas,  yog‗,  pishloq  solishga  mo‗ljaljangan  meshlar  ko‗p 
tarqalgan edi. 
Qadimiy  davrlardan  beri  juda  ko‗p  xalqlarda  kamarga  bog‗langan  hamyonlar 
ishlatilib  kelingan.  Hozirgi  davrda  uning  turli  xil  takomillashgan  konstruksiyalari 
qo‗llanilmoqda, 
Xaltalar oldiniga yaxlit bir bo‗lak materialdan bo‗lib, og‗zini ip yoki tasma bilan 
tortib,  yopib  qo‗yilgan.  Keyinchalik  qor,  suv,  chang  kirmasligi  uchun  xaltalarning 
yuqori  qismiga  yopqich(klapan)  tikiladigan  bo‗lgan.  Xaltalarning  hajmini 
kattalashtirish maqsadida yon tomoniga pona (past tomoni keng) shaklidagi qistirma 
tikib qo‗yilgan. 
Yumshoq  materiallardan  tayyorlangan  xaltalarning  mustahkamligini  oshirish 
uchun matodan qilingan astar tikilar edi, keyinchalik bar xil narsalarni saqlash hamda 
foydalanish oson bo‗lishi uchun xaltaning ichini devor bilan bo‗lib, ichiga cho‗ntak 
qo‗yiladigan bo‗ldi. 
XIII  asrga  kelib  osib  yuriladigan  va  qo‗lda  k  o‗tarib  yuradigan  xaltalar  paydo 
bo‗ldi.  Ularning  shakli  kvadrat  va  to‗g‗ri  to‗rtburchakli  bo‗lib,  ushlagichlari 
(tutqichlari) tikilgan tasmalardan iborat bo‗lgan. Qimmatbaho xaltalarni  shoyi, oltin 
va kumush iplar bilan tikib, tag qismini har xil qo‗ng‗iroqchalar bilan bezashgan. 
XV  asrgacha  xaltalarni,  asosan,  savdogarlar  va  mahsulot    almashuvchilar 
ishlatishgan.  Kamar,  hamyon  ularning  libosini  ajralmas  qismi  bo‗lgan.  Xuddi 
shunday  xaltalarni  va  hamyonlarni  o‗rta  asr  davrida  rus  savdogarlari  ham  tutishgan. 
XV  asrga  kelib  xaltalarning  libosdagi  o‗rni  o‗zgardi.  Bu  davrga  kelib  xalta 
jamiyatning barcha tabaqalari ishlatadigan buyumga aylandi. 
Erkak  va  ayollar  uchun  alohida  xaltalar  ishlab  chiqarila  boshlandi.  Ayollar 
yupqa  charm  yoki  matodan,  shoyi  va  metall  iplar  bilan  tikilgan,  uzun  tasma  yoki 
zanjir  bilan  kamarga  osilgan,  erkaklar  esa  qo‗pol  charmdan,  tekis  devorli,  chetlari 
qirqilgan kalta charm ilmoq bilan kamarga biriktirilgan xaltalarni tutganlar. 


143 
 
XVII  asrga  kelib  erkaklar  va  ayollarning  kiyimlarida  cho‗ntaklar  paydo  bo‗ldi 
hamda shuning natijasida erkaklar kamarga bog‗lab yuradigan xalta va hamyonlarni 
ishlatmaydigan bo‗lishdi. 
Bu  bilan  xaltalar  butunlay  yo‗qolib  ketgani  yo‗q.  Ayollarning  xaltalari  XVIII 
asrga kelib haqiqiy san‘at asariga aylandi. 
Xaltalarning  konstruksiyasi  hozirgi  qiyofada  XIX  asrning  oxiri  va  XX  asrning 
boshida paydo bo‗lgan. 
Kimyo  fani,  texnikani  rivojlanishi  va  keng  assortimentdagi  tabiiy,  sun‘iy  va 
sintetik materiallar charm-attorlik buyumlarining konstruksiyasiga katta ta‘sir qildi. 
 

Download 2,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   190




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish