O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi m. M. Azlarova yengil sanoat texnologiyasi



Download 2,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet111/190
Sana31.12.2021
Hajmi2,58 Mb.
#231099
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   190
Bog'liq
585-Текст статьи-1350-1-10-20191228

6.4.  Gazlamalarni to‘shash usullari 
Gazlamalarni  to‘shash  -  bichish  tsexining  asosiy  operatsiyalaridan  biri 
hisoblanadi.  Gazlama  hisob  kartasiga  asosan    qo‗lda  yoki  mashinada  to‗shaladi.  
To‗shama  qavatlari    avval  to‗shamaga  mo‗ljallab  qirqib  olingan  bo‗lishi  mumkin 
yoki  gazlama  to‗pidan  to‗shaladi.  To‗shamaning  balandligi,  ya‘ni  qavatlar  soni 
gazlama turiga bog‗liq va quyidagicha tavsiya etiladi: 

  Kostyumbop gazlamalar - 28-30 qavat; 

  Drap gazlamasi - 18-24 qavat; 

  Ipak va astarlik gazlamalar - 50-60 qavat; 

  Ip gazlamalar - 100-120 qavat. 
Gazlamalarni to‗shash jarayonida quyidagi texnik shartlarga rioya qilish kerak: 
1. Gazlama qavatlari milklari to‗shamaning bir tomoniga to‗g‗ri kelishi kerak. 
2. To‗shama qavatlarni bir tekisda, tortmay to‗shalishi kerak. 
3. To‗shama  oxirida  va  gazlama  uchlari  tutashgan  joylarda  gazlama  uning 
uzunasiga aniq perpendikulyar qirqilishi kerak. 
4. Tukli  gazlamalarni  to‗shalganda  barcha  qavatdagi  tuklar  bir  tomonga 
yo‗nalgan bo‗lishi kerak. 
5. Gazlama  gullari  ma‘lum  tomonga  qaragan,  katak  va  yo‗l-yo‗l  gazlamalar 
to‗shalayotganda barcha qavatlarda  gazlama  gulini  bir tomonga  yo‗naltirib  to‗shash 
kerak. 
6. Artikullari  bir  xil  gazlamalar  birga    to‗shalganda  oldin  bitta  artikuldagi 
gazlama, keyin boshka artikuldagi gazlama to‗shaladi. 
Gazlamalar asosan ikkita usulda to‗shaladi: 

   o‗ngini- o‗ngiga qaratib yalang qavat; 

   o‗ngini  pastga  qaratib  yalang  qavat  (nuqsonli  gazlamalarni  bukib  to‗shash 
mumkin). 


85 
 
 o‗ngini  o‗ngiga  qaratib  yalang  qavat  to‗shash  usuli  simmetrik  juft  detallardan 
iborat kiyimlarni bichishda ishlatiladi. Simmetrik detallari yo‗q kiyimlarni  bichishda 
gazlamani  o‗ngini  pastga  qatatib  to‗shash  maqul.  Bu  usulda  to‗shamaning  bir 
qavatidan  kiyim  barcha  detallari  bichib  olinadi,  bo‗rlamada  to‗liq  komplekt  andaza 
joylashtiriladi.  o‗ngini  pastga  qaratib  to‗shalganda  juft  detallarni  joylashtirishda 
bittasi chap tomon uchun, ikkinchisio‗ng tomon uchun bichiladigan bo‗lishi kerak.  
 o‗ngini  o‗ngiga  qaratib  to‗shalganda  to‗shama  ustki  qavatiga  yarim  komplekt 
andoza  joylashtiriladi,  chunki  to‗shamaning    ikki  ko‗shni  qavatidan  bitta  buyum 
chiqadi. Shuning uchun to‗shama qavatlari juft bo‗lishi zarur. Gazlama o‗ngini pastga 
qaratib  to‗shalganda  to‗shama  qavatlari  juft  yoki  toq  bo‗lishi  mumkin.  o‗ngini 
o‗ngiga  qaratib  to‗shalganda  andozalar  zichroq  joylashtiriladi,  andozalar  orasidagi 
chiqindi  miqdori  kamayadi,  bo‗rlama  bajarilishi  uchun  vaqt  ham    tejaladi.  o‗ngini 
o‗ngiga qaratib to‗shalganda juft detallar aniqroq chiqadi,chunki ular birga bichiladi. 
o‗ngini  o‗ngiga  qaratib  to‗shash  usuli  afzalroq  bo‗lgani  uchun  korxonalarda 
gazlamalar to‗shashni shu usuli keng qo‗lanadi. 
Gazlamani  qo‗lda  yoki  mashina  yordamida  to‗shash  mumkin.  Enli  gazlamalar 
qo‗lda to‗shaladigan bo‗lsa, ularni ikki kishi to‗shaydi. Buning uchun avval gazlama 
to‗pi  maxsus  moslamalarga  o‗rnatiladi.  Gazlama  uchining  ikki  burchagida  ushlab, 
stol ustidan tortib, cheklovchi chiziqlargacha yetkaziladi. Gazlama uchini cheklovchi 
chizg‗ich bilan bostirib qo‗yiladi. 
To‗shama  qavati  tekislanadi,  gazlama  milki  to‗g‗rilanadi,  qavat  oxiri  maxsus 
keskich  yordamida  qirqiladi.  Ensiz  gazlamalarni  bitta  ishchi  to‗shash  mumkin. 
Gazlamalarni  to‗shash  ko‗p  kuch  talab  qiladi.  Bundan  tashqari  ishchilar  gazlamani 
qavatlarini  xar  xil  kuch  bilan  tortishadi,  bu  esa  to‗shama  qavatlarini  notekis 
cho‗zilishiga sabab bo‗ladi va bichiqlar sifatiga ta‘sir etadi. 
To‗shamalarni  to‗shashda  to‗shovchilar  ishini  osonlashtirish  uchun  to‗shash 
mashinalari ishlatiladi. 
Mexanzatsiyalashtirilgan to‗shash kompleksi MNK  seksiyali to‗shamlarni xam 
bajaradi. Seksiyali to‗shash usulini afzalligi shunda-ki, bitta to‗pdagi gazlama  to‗liq 
to‗shaladi,  bunda  to‗pdagi  gazlama  bo‗laklarga  qirqilmaydi,  bu  esa  gazlamani 


86 
 
tejashga  imkon  beradi.  Hozirgi  vaqtda  seksiyali  to‗shash  asosan  ich  kiyim  va 
qo‗shimcha  gazlamalarni  to‗shashda qo‗llaniladi. 
Yarim  avtomatik  va  avtomatik  ishlaydigan  mashnalardan  foydalanib, 
mexanizatsiyalashtirilgan  to‗shash  eng  unumli  va  ishlov  berish  uchun  qulay 
hisoblanadi.  Avtomatlashtirilgan  to‗shash  mashinalari  Germaniya,  SShA,  Yaponiya, 
Fransiya  va  boshqa  davlatlarda  ishlab  chiqilmoqda.  Ularning  to‗shash  tezligi 
gazlamaning  cho‗zilishi  va  to‗shamaning  uzunligiga  qarab  moslanadi.  Ular 
quyidagilar  bilan ta‘minlangan: 

 
gazlama to‗plarini k o‗tarish va yuklash qurilmalari; 

 
to‗shash karetkasini avtomatik k o‗tarish mexanizmi; 

  gazlama milkini tekislash va ch o‗zmasdan bir tekisda to‗shash qurilmasi; 

 
to‗shama oxirida gazlama qavatini avtomatik qirqish qurilmasi; 

 
to‗shash jarayonida gazlama enini va qavatlar sonini hisoblash qurilmasi; 

 
to‗shamaning kerak joyida mashinani to‗xtatish qurilmasi.
29
 
Keyin  to‗shama  tamg‗alanadi.  Bunda  to‗shamaning  ustki  qavatidagi  har  bir 
detalning  ichiga  to‗shama  tartib  raqami,  buyumo‗lchami  va  bo‗yi,  buyum  modeli 
yozilgan belgi qo‗yiladi. Tamg‗ani qo‗yidagicha bajarish mumkin: 
1. Bo‗r bilan; 
2. Oson yuviladigan bo‗yoq bilan tamg‗a yordamida; 
3. Qog‗oz yoki gazlama laxtagini yopishtirish bilan yoki ip bilan biriktirish. 
 

Download 2,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   190




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish