1.3 Mehnat darsining maqsadi va vazifalari , interfaol metodarni qollash
Hunarni asrobon nedkumdir oxir, Olib tuproqqamu ketgumdur oxir.
A.Navoiy.
Mustaqil har tamonlama kamolga yetgan barkamol inson uchun zarur bo’lgan mahnaviyat qirralari iymon, ehtiqod, vatanparvarlik, insonga cheksiz muhabbat do’stlik, sadoqatlik, mehnatsevarlik, milliy g’urur kabi fazilatlarini shakllantirish zarur.
Buyuk allomalarimiz tomonidan yaratilgan og’zaki va yozma ijodiyot avloddan-avlodga o’tib kelayotgan iymon-ehtiqod sirlarining nazariy va amaliy jihatlari haqidagi bilimlar bilan yoshlarni qurollantirish lozim.
O’zbekiston Respublikasi Oliy majlis 1997 yil 29 avgustda qabul qilingan “Tahlim to’g’risida”gi yangi qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” tahlim sohasidagi siyosatimizni belgilab berdi. Uzluksiz tahlimni tashkil etishni rivojlantirish printsiplari uzluksiz tahlimni isloh qilish, uzluksiz tahlim tizimi va turlari masalalarini qamrab olgan. Prezidentimiz I.A Karimov tahkidlaganidek “Har bir insonning ayniqsa endigina hayotga qadam qo’yib kelayotgan yoshlarning ongiga shunday fikrni singdirish kerakki, ular o’rtaga qo’yilgan maqsadga erishishi o’zlariga bog’liq ekanligini, yahni bu narsalar ularning sobit qadam, g’ayrat, shijoatlariga, to’la-to’kis fidokorligi va cheksiz mehnatsevarliklariga bog’liq ekanligini anglab yetishlari kerak”.
Mehnatni sharaflash mehnat ahlining qadr-qiymatini uning mashaqqati uchun astoydil kurashish, o’sib kamol topayotgan yosh avlodga tahlim-tarbiya
berish jarayonida mehnatga munosabatlarini shakllantirish zarur bo’lib, yosh avlod jamiyatimiz taraqqiyotida o’z bilimi: mehnat, kasb-hunarlari bilan hissa qo’shishlari pedagog tarbiyachilarning oldida turgan eng muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Kichik sinf o’quvchilarini qo’l mehnatiga o’rgatishning asosiy maqsadi, boshlang’ich mehnat elementlari bosqichlarini yahni bajariladigan ishlarning oddiy elementlari (qog’ozlarni buklash, qirqish, yelimlash, geometrik figuralarni yasash, applikatsiya ishlari)ni yasash bilan boshlaydilar.
Undan tashqari qo’l mehnatiga o’rgatishda “Tikish va bichish”, “Pazandachilik”, “Plastilin bilan ishlash”, “ Qog’oz va karton bilan ishlash”, “Applikattsiya va mozayka ishlari” turlari bilan bosqichma-bosqich tanishib boradilar. Har bitta bo’lim o’quvchilarni hayotga mustaqil qilib tarbiyalashda muhim o’rin egallaydi.
Yaratilgan mehnat natijalari o’ziga va yon atrofdagilariga foydasi tegishini ko’rgan o’quvchi mehnatni asrab-avaylashga va mehnat
kishilarining mehnat natijalarini ham hurmat-izzat qilishga o’rganadi.
Topshirilgan ishga mahsuliyat hissini va mehnatdagi intizomni tarbiyalash, o’qitishni ishlab chiqarish bilan birga olib borilishi salomatlik va yosh uchun foydali, jamiyat uchun kerakli mehnat izchilligini amalga oshiradi.
Boshlang’ich maktablarda mehnat tahlimi va tarbiyasining asosiy vazifalari o’quvchilarni mehnatga tayyorlash, o’qitish va umumtahlim maktablarining boshlang’ich sinflarida kasb tanlash izchilligini takomillashtirish, davlat tahlim standartlari talabi bo’yicha tarbiyalash hamda o’quvchilarni kasb-hunar egasi bo’lib yetkazishda nazariy va amaliy bilim berishlardan tashkil topgan.
Mehnat madaniyatini tarkib topishi uchun darslarda doimo bolalarning ehtiborini asbob va materiallarni saqlash qoidasi hamda joylashtirish tartibiga, ish joyini to’g’ri jihozlashga, materiallardan tejamkorlik bilan foydalanish usullariga, ish harakatlarining mehyori va sifatiga, ish ko’rsatkichini tahminlovchi tadbirlarga, ishlov berishda olinggan aniqlik va tozalikka rioya qilishga va nihoyat narsani chiroyli qilib bezashga talab qilib borish kerak.
Kerakli material va asboblari bilan yetarli tahminlanmaganlik ham mehnat madaniyatini shakllanishiga salbiy tahsir etadi. Bahzan o’quvchilarning tayyorlanmaganliklari va uyushmaganliklari tufayli o’qituvchining ko’p vaqti bekorga sarf bo’ladi: biri qaychisini, ikkinchisi qog’ozini olib kelmasdan mashgulotlarga katnashish ish qilayotgan o’rtog’ini narsa so’rab chalg’itadi. SHuning uchun o’qituvchi dars boshlashdan oldin guruh sardorlari yordamida o’quvchilar o’rtasidagi o’zaro do’stona yordamga tayanib o’z vaqtida choralar ko’rish lozim. Biroq har qanday holatda ham o’quvchini uyga junatmaslik yoki jazo berish tartibida o’quvchini ishsiz qoldirmaslik kerak.
Mehnat tahlimiga ijodiy tashabbussiz yondashish mehnatning aqliy rivojlanish omiliga aylantirmaydi. Bilimlarni qo’llashni talab qilmaydigan, tafakkurni faollashtirmaydigan mehnat faoliyati aqliy qobiliyatlarni o’stirmaydi.
Mehnat tahlimi u yoki bu mehnat jarayonida belgilangan tartibda va harakatlar izchilligiga rioya qilish kerakligini muntazam tushuntirib borish bilan birga bo’ladigan ko’p marta mashq qilishlar natijasida tarkib topadi.
Ilmiy-texnik tafakkurning borgan sari yoshlarning fan-texnikaning jo’shqin rivojlanishida faol ishtirok etishlari faqat tahlim mazmunini emas, balki o’qitish jarayoning usuli va tashkil etilishini, o’qitishga qiziqishini, ijodiy qobiliyatini, egallagan bilimlarini amalda qo’llay bilishni rivojlantirish aqsadlarida yanada takomillashtirishni ham talab qiladi. Bu esa maktab
zimmasiga yoshlarda ijodga ehtiyoj uyg’otish, ijodiy qobiliyatlar, har qanday faoliyatga ijodiy yondashish asoslarini tarkib toptirishga, ijodiy masalalarni mustaqil hal etishga o’rgatish vazifasini yuklaydi.
Mehnat tahlimiga o’rgatishning ahamiyati mehnat malakalarini egallash imkoniyatini berish bilan cheklanmaydi, balki bu malakalar hamma uchun kerakligini ehtirof qilish kerak. Ko’pgina ilmiy kengashlar, agarda ularda qatnashgan kishilar turmush ishlarini bajarishni: ovqat pishirish, kiyim yamash, ozodalikni saqlash va shu kabilarni bilmaganlarida shunchalik muvaffaqiyatga erishmagan bo’lardilar.
Mehnat tahlimiga o’rgatishda ham zamonaviy pedagogika ishlarini to’g’ri tashkil etish va uning usullariga qo’yadigan umumiy talablariga muvofiq tarzda amalga oshirish kerak. O’qitish metodlari – bu o’qituvchi va o’quvchilarning usullari bo’lib, bular yordamida o’qituvchi o’quvchilarni bilim, ko’nikma va malakalarini egallashlariga erishiladi. O’qituvchi o’z tajribasida o’qitishning xilma-xil usullaridan foydalanishi mumkin. O’qituvchining intilishi, hatti-harakati darsda o’quvchilarning diqqat- ehtiborlari susaymasligiga, fikrlarning jamlangan bo’lishiga, ularning chambarchasliklariga yo’llangan bo’lishi kerak. O’qituvchi darsning har bir daqiqasini qadrlab, o’quvchilarni ham shunga o’rgatish kerak. Har bir o’qituvchiga o’z uslubi, o’z usulining o’ziga xosligigi ega bo’lish huquqi berilgan. Biroq shuni aytish mumkinki, bularning barchasiga mustahkam bilim, bir qarashda hammaga ravshan bo’lgan haqiqatlarni egallab olganlaridagina erishish mumkin.
O’z faoliyatini o’qituvchilik mehnatiga baxsh etmoqchi bo’lgan o’qituvchilar mana shu hammaga mahlum haqiqatni o’zlashtirishdan boshlashlari kerak. Ular darslarda suhbat, gapirib berish, amaliy mashg’ulotlar kabilardan foydalanib o’zlashtirganini tekshirish, yangi mavzuni tushuntirish va o’tilganini mustahkamlashni eng boshidan o’rganishlari lozim. Faqat barchaga mahlum haqiqatlar o’zlashtirgandan keyingina va sinfning imkoniyatlarini nazarda tutib, yangisini qo’llash mumkin.
Mehnat tahlimi bilimlarini egallash, o’zlashtirish, amalda qo’llash va o’quvchilarni rivojlantirish faol jarayonining muvaffaqiyati asosan o’qituvchining bilimi hamda ishga ijodiy yondashishiga bog’liq.
Mexnat tahlimini amaliy mexnat faoliyati bilan birlashtirish va ukuvchilarning ilmiy bilimlarini chukur uzlashtirishini tahminlashda tahlimning turli usullaridan foydalaniladi. Nazariy materialni tushuntirish chogida ukituvchi ukuvchilarning bilimlari va tajribasiga suyanadi. Ukuvchilar tomonidan bajariladigan barcha mexnatga oid xarakatlar nazariy bilimlarni bilishga tayanadi.
Kur-kurona taxminiy yul bilan egallangan kunikma va malaka tor mahnoda bulib, puxta bula olmaydi. Amaliy topshiriklarni tanlash mexnat tayyorgarligini nazariy va amaliy saviyasini kutarish vazifalariga buysundirilishi kerak. Ukuvchilarga berigan topshiriklar ularni ijodiy izlantirish, tahlim olish va adabiyotlar bilan ishlash malakasini shakllantirishi lozim.
Boshlangich sinflarda ish materiallarining mazmuni, xajmi va usullari ukuvchilarning tayyorgarlik boskichiga mos kelishi zarur. Ukuv materiallarini ukuvchilarga yetkazib berishda fakat soddalashtirish yuli bilan borish maksadga muvofik bulmaydi. Bunday yul bilan borish ukuvchilarning akliy rivojlanishi tahminlay olmaydi. Xar bir mavzuni urganishda soddadan murakkabga karab borish maksadga muvofikdir.
Ko’pgina o’qituvchilar o’qitishning turli metod va usullarini qo’llab shunungdek, sinfdan tashqari ishlarni qiziqarli tashkil etib, yaxshi o’zlashtirish natijalariga erishmoqdalar va bilimga muhabbat hamda qiziqishlarini sindirmoqdalar. Bunday o’qituvchilar qo’l mehnatini o’rgatishda o’quvchilarga turmush sohasidagi bilim va ko’nikmalarni singdirish bilan birga, ularda ijodiy qobiliyatlarni va bilishga qiziqishini, mustaqil faollikni o’stirishga yordam bermoqdalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |