O‘ QUV MASHG‘ULOTINING TEXNOLOGIK XARITASI
Bosqichlar,
vaqt
|
Faoliyat
|
O’qituvchi
|
O’quvchilar
|
III bosqich. O’quv mashg’ulotiga kirish
(15 min)
|
1.1 O’quvchilarning davomati va darsga tayyorgarligi aniqlanadi.
1.2. Darsning mavzusi, rejasi maqsadi tushuntiriladi (1-ilova)
1.3. Guruhning darsga tayorgarlik darajasi tezkor- so’rov metodi yordamida aniqlanadi .
|
Tinglaydilar
Tinglaydilar , yozib oladilar
Savollarga ja-vob beradilar.
|
I I bosqich.
(55 min)
|
2.1.Uyga berilgan mavzuni savollar berish yo’li bilan so’rab baholaydi.
Yangi mavzuni bayon etadi. : Dizel dvigatelining ish sikllarini o’quvchilarga o’rgatish.
Tayanch so’z va iboralar bilan ishlanadi.
2.2.Aqliy hujum metodi orqali o’quvchilar faollashtiriladi.
2.Kl 2.3. BBB jadvalini to’ldirish orqali o’quvchilar bilimi mustahkamlanadi.
|
Tinglaydilar, yozib
Oladilar.
Tinglaydilar kuzatadilar, yozib oladilar
BBB jadvalini to’ldiradilar
|
|
|
III Yakuniy
bosqich
(10 min)
|
3.1.Faol o’quvchilarni baholash mezonlari orqali rag’batlantiradi.
|
Eshitadilar
|
3.2. O’tilgan mavzu bo’yicha talabalarga topshiriq beriladi.
|
Eshitadilar
Yozib
oladilar
|
Avtomobil tuzilishi fan o’qituvchisi: Sultanov A. ____________
10-mavzu: Krivoship – shatun mexanizmini umumiy tuzilishi.
Reja:
1. Krivoship – shatun mexanizmini dvigatelda ko'llanilishining zarurati va uning vazifasi.
2. KSHMning joylashuv bo'yicha turlari.
3. KSHMning tuzilishi, tashkil etuvchi detallari.
4. KSHMning ishlash usuli.
Krivoship-shatunli mexanizm porshenning ilgarilama-qaytma xarakatini tirsakli valning aylanma xarakatiga o'zgartirib beradi.
Krivoship-shatunli mexanizm quyidagi detallardan tashkil topgan:
Silindrlar bloki, silindrlar blokining golovkasi, silindr gilzalari, porshen va porshen xalqalari, porshen barmoqlari, shatunlar, tirsakli val va uning podshipniklari (vkladishlari), maxovik va dvigatel karteri.
Silindrlar bloki. Dvigatelda ish siklining barcha jarayonlari silindr ichida sodir bo'ladi. Silindrlar bloki dvigatelning asosiy bazis detali bo'lib u tuzilish jihatidan nisbatan murakkab xisoblanadi. Shuning uchun silindrlar blokini tayyorlash nisbatan qimmatga tushadi. Silindrlar blokini ishlash muddatini oshirish maqsadida yuk avtomobili va ayrim yengil avtomobili dvigatellarida uni gilzali qilib tayyorlanadi. Silindr yuzalari, yeyilish natijasida, yaroqsiz holatga kelsa gilzalarni 2 almashtirish bilan silindrlar blokini 3 qaytadan tiklanadi. Ba'zi dvigatellarda (GAZ – 24, GAZ – 53 A, ZIL – 130) silindrlar gilzasining ichki yuqori qismiga yupka devorli kalta gilza 1 tigizlab (presslab) o'rnatiladi. Bunday gilzalar yeyilishga chidamli, zanglamaydigan legirli (xrom, nikel, molibden, mis) cho'yandan tayyorlanadi.
ZiL, MAZ, KamAZ avtomobillari dvigatellarining silindrlar bloki oddiy cho'yandan, VAZ, TIKO, Damas, Neksiya (oldingi modeli S1) avtomobillari dvigatellarida gilzasiz bloklar (1-rasm, b) qo'llanilgan bo'lib ular yuqori sifatli legirlangan cho'yandan tayyorlangan. GAZ-3102, GAZ-53A, Neksiya (keyingi modeli S2) avtomobillari dvigatelida aluminiyli kotishmadan tayyorlangan silindrlar bloki qo'llanilib, ularga sifatli cho'yan gilza o'rnatilgan.
Silindrlar bloki golovkasi.
Deyarli barcha karburatorli, injektorli dvigatellarda silindrlar bloki golovkasi aluminiyli qotishmadan tayyorlanadi. Bunday golovkalar yengil va issiqlikni yaxshi o'tkazuvchan bo'ladi. Bunday xususiyat dvigatelning siqish darajasini, quvvatini yonilg'i tejamligini oshirish imkoniyatini beradi. Dizel dvigatellarida silindrlar bloki golovkasi legirlangan cho'yandan tayyorlanadi. Silindrlar golovkasining ichki qismi kavaksimon bo'lib, sovituvchi suyuqlik uchun suv g'ilofi xisoblanadi. Sovituvchi suyuqlik suv g'ilofida aylanib turishi kerak. Shuning uchun silindrlar golovkasini silindrlar bloki bilan zich tutashtirish maqsadida ular orasiga po'lat asbestli qistirma (prokladki) qo'yiladi va shpilka bilan maxkamlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |