O‘ QUV MASHG‘ULOTINING TEXNOLOGIK XARITASI
Bosqichlar,
vaqt
|
Faoliyat
|
O’qituvchi
|
O’quvchilar
|
III bosqich. O’quv mashg’ulotiga kirish
(15 min)
|
1.1 O’quvchilarning davomati va darsga tayyorgarligi aniqlanadi.
1.2. Darsning mavzusi, rejasi maqsadi tushuntiriladi (1-ilova)
1.3. Guruhning darsga tayorgarlik darajasi tezkor- so’rov metodi yordamida aniqlanadi .
|
Tinglaydilar
Tinglaydilar , yozib oladilar
Savollarga ja-vob beradilar.
|
I I bosqich.
(55 min)
|
2.1.Uyga berilgan mavzuni savollar berish yo’li bilan so’rab baholaydi.
Yangi mavzuni bayon etadi. Ko’p tsilindrli dvigatellarning ishlash tartibi haqida tushuncha berish.
Tayanch so’z va iboralar bilan ishlanadi.
2.2.Aqliy hujum metodi orqali o’quvchilar faollashtiriladi.
2.Kl 2.3. BBB jadvalini to’ldirish orqali o’quvchilar bilimi mustahkamlanadi.
|
Tinglaydilar, yozib
Oladilar.
Tinglaydilar kuzatadilar, yozib oladilar
BBB jadvalini to’ldiradilar
|
|
|
III Yakuniy
bosqich
(10 min)
|
3.1.Faol o’quvchilarni baholash mezonlari orqali rag’batlantiradi.
|
Eshitadilar
|
3.2. O’tilgan mavzu bo’yicha talabalarga topshiriq beriladi.
|
Eshitadilar
Yozib
oladilar
|
Avtomobil tuzilishi fan o’qituvchisi: Sultanov A. ____________
7-mavzu: To'rt taktli korbyuratorli dvigatelning ish sikli.
Reja:
1. Dvigatelning ishlash tsikli nima. 2. To'rt taktli porshenli ichki yonuv dvigatellarining ish sikli.
3. To’rt takt necha ish tsikliga teng.
To'rt taktli korbyuratorli dvigatelning ish sikli.
Zamonaviy avtomobillarga o'rnatiladigan karburatorli dvigatellar asosan to'rt taktli sikl bo'yicha ishlaydi. Porshenli ichki yonuv to'rt taktli dvigatellarda ish sikli porshenning to'rtta yurishida, ya'ni tirsakli val ikki marta aylanganda sodir bo'ladi va sikl qaytadan takrorlanadi. Silindrda sodir bo'layotgan jarayonga ko'ra to'rt taktning har biri quyidagicha nomlanadi; 1) kiritish takti; 2) siqish takti; 3) kengayish takti (ish yo'li) ; 4) chiqarish takti.
Shu jarayonlarni to'rt taktli sikl bo'yicha ishlaydigan bir silindrli dvigatel misolida ko'rib chiqamiz.
Birinchi takt – kiritish. Bu takt silindrni yonuvchi aralashma bilan to'ldirish uchun zarur. Yonilg'i aralashmasi silindrga kiritish klapani 1 (2-rasm) ochilgan paytda, porshen 4 yuqorigi chekka nuqta(yu.ch.n) dan pastki chekka nuqta(p.ch.n)ga tomon xarakatlanishida porshen yuqorisida xosil bo'lgan bo'shlikka kiradi. Porshen yu.ch.n.dan p.ch.n.ga yetganda silindr 5 yonilg'i aralashmasi bilan to'ladi, kiritish klapani 1 yopiladi. Xosil bo'lgan aralashma ish aralashmasi deyiladi. Kiritish taktining oxirida bosim 70…90 kPa (0,7…0,9 kgk/sm ), ish aralashmasining xarorati 340…380 K (70…110 S).
Ikkinchi takt – siqish ish aralashmasining ichki energiyasini ko'paytirib, uni yonishga tayyorlaydi. Ish aralashmasi porshen p. ch. n. dan yu.ch. n ga tomon siljigan paytda siqiladi. Bu holda kiritish hamda chiqarish klapanlari 1 va 3 yopiq bo'ladi. Siqish takti oxirida aralashmaning bosimi 1200…1700 kPa (12…17 kgk/sm), xarorati esa 570…670 K (300…400 S).
Siqish taktining oxirida elektr svecha 2 elektrodlari orasida elektr uchquni paydo bo'ladi, uning ta'sirida silindrda siqilgan ish aralashmasi alangalanadi.
Uchinchi takt – ish yo'li yoki yonish va kengayish takti. Bu taktda ish aralashmasining yonishdan xosil bo'lgan issiqlik energiyasi foydali mexanik energiyaga aylantiriladi. Bunda ikkala klapan ham yopiq holatda bo'ladi. Takt boshlanishida silindr ichidagi alangalangan gazlar yonib ko'p mikdorda issiqlik chiqaradi. Shu daqiqada yongan gazlarning bosimi 3500-5000 kPa (35…50 kgk/sm ). Xarorati esa 2270… 2670 K (2000…2400 S) gacha ko'tariladi. Shu bosim ta'sirida porshen yu.ch.n. dan p.ch. n. ga tomon xarakatlanadi, ya'ni ish yo'li takti bajariladi. Bu taktning oxirida silindrdagi gaz bosimi 400…500 kPa (4,0…5,0 kgk/sm ) gacha, xarorati esa 1300…1500 K (1030…1830 S) gacha kamayadi.
Turtinchi takt – chiqarish. Silindrni ishlatilgan gazlardan tozalash takti. Chiqarish klapani 3 ochilganda porshen 4 yuqoriga xarakatlanib, yongan maxsulotlar atmosferaga siqib chiqariladi. Bu taktning oxirida silindr ichida qolgan gazlarning bosimi 110…120 kPa (1,1…1,2 kgk/sm ), xarorati 770…1100 K (500…830 S).
Keyinchalik esa silindrdagi taktlar yuqorida bayon etilgan tartibda takrorlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |