Internet ma‟lumotlari:
23. www.ziyo.net
24.
www.thinsan.com
25.www. uforum.uz
26.
www.literature.uz
90
Nutq madaniyati va ish yuritish uslubi
Reja:
6. Rasmiy nutq uslubi haqida.
7. Ish yuritish tarixi.
8. Ish yuritish hujjatlari tili.
9. Ish yuritish hujjatlari uslubi.
10.
Ish yuritish hujjatlarining turlari.
Tayanch tushunchalar:
ish yuritish, ―ish yuritish‖ fani, fanning maqsadi, fanning vazifalari, davlat tili,
«Davlat tili haqida»gi Qonun, ish yuritish hujjati
Bugun mamlakatimizda ma‘naviyـma‘rifiy islohotlar davlat siyosatining
ustuvor yo‗nalishi deb e‘lon qilinib, bu borada ko‗lamli ishlar amalga
oshirilmoqda. Ta‘kidlash joizki, milliy ma‘naviyatni ona tilidan ayri holda tasavvur
etib ham bo‗lmaydi. Chunki xalqning ruhiyati, tabiati, butun borlig‗i uning tilida
aks etadi. Shuning uchun ham insonning ma‘naviy kamolotida ona tilining o‗rni
beqiyosdir.
Har bir kishi kundalik so‗zlashuv tilidan tashqari, rasmiy – ish yuritish tilini
ham bilishi kerak. Chunki oddiy ishchimi, dehqonmi, tadbirkormi yoki ziyolimi,
baribir hech bo‗lmaganda ariza, tilxat, ishonchnoma yozishiga to‗g‗ri keladi. U
yoki bu darajadagi korxona, muassasa va barcha tashkilot rahbarlarining
faoliyatlarini esa ish yuritish qog‗ozlarisiz tasavvur etib bo‗lmaydi. Shuning uchun
ham «Davlat tili haqida»gi qonunimizning o‗zak moddalari (8ـ14ـmoddalar) da ish
yuritishning tilga aloqador jihatlari qoidalashtirilgan.
«Ish yuritish» fanini oliygohlarda o‗qitilishdan maqsad va vazifalar shuki,
talabalarni ish yuritish hujjatlarini to‗liq va bexato yozish hamda to‗ldirishga
o‗rgatishdan iboratdir. Ijodkor talabalarni ish yuritish fanining nazariy va amaliy
uslublari bilan tanishtirish hamda ularga ish yuritish qoidalarini chuqur o‗rgatishni,
ish yuritish masalalari va uslublari, ularning turli ko‗rinishlarini, ish yuritish
qoidalarini to‗liq o‗rgatishni asosiy maqsad qilib oladi.
Barchaga ma‘lumki, har qanday hujjat muayyan axborotni u yoki bu tarzda
ifodalash uchun xizmat qiladi, demak, har qanday hujjatdagi birlamchi va asosiy
unsur bu − tildir. Albatta, bunda til qonun-qoidalariga rioya qilish kerak.
O‗zbekiston Respublikasining «Davlat tili haqida»gi Qonuni o‗zbek tilining
siyosiyـijtimoiy maqomini ta‘minlaydi va uning rivojlanishi uchun keng
imkoniyatlar yaratadi. Xususan, ushbu qonunning 8ـ9ـ10ـmoddalarida hujjatlarning
davlat tilida tayyorlanishi, boshqaruv organlari, muassasa, korxona va
tashkilotlarda ish davlat tilida yuritilishi ta‘kidlangan. Shu maqsadda talabalarning
o‗zbek tilini milliyـma‘naviy qadriyat sifatida puxta egallashi, o‗z fikrini yozma
shaklda to‗g‗ri ifodalay olishi, nutqiy savodxonlikka erishish, hujjat matnlarini
tuzish ko‗nikmalarini shakllantrish asosiy vazifalardan biri hisoblanadi. Ushbu
maqsadda til me‘yorlari, matn qurilishi, hujjat turlari va ularning tarkibiy qismlari,
to‗g‗ri hujjatlashtirish yo‗llari kabi masalalar yuzasidan ma‘lum bilimlargi ega
91
bo‗lish kerak bo‗ladi. Buning uchun «Til va nutq», «Yozma nutq savodxonligi»,
«Adabiy til me‘yorlari», «Nutqning uslubiy shakllari», «Matn turlari va tarkibi»,
«Hujjat turlari va ish yuritish asoslari» kabi qo‗shimcha mavzularda nazariy
bilimlarni oshirish, nutqiy savodxonlik bo‗yicha amaliy ko‗nikmalarni
mustahkamlash asosiy masalalardan biridir.
Ish yuritishning bevosita asosini hujjatlar tashkil qiladi. Mazmunan, hajman
va shaklan xilmaـxil bo‗lgan hujjatlar kattaـyu kichik mehnat jamoalarining,
umuman, kishilik jamiyatining uzluksiz faoliyatini tartibga solib turadi. Zero,
hujjatlar kechagina paydo bo‗lgan narsa emas. Kishilik jamiyati shakllanishi
bilanoq o‗zaro munosabatlardagi muayyan muhim holatlarni muntazam va qat‘iy
qayd etib borishga ehtiyoj sezganlar. Ana shu ehtiyojga javob sifatida, tabiiyki, ilk,
ibtidoiy hujjatlar yuzaga kelgan.
Bobilning miloddan avvalgi 1792-1750-yillardagi shohi Hammurapining
adolatpesha qonunlar majmui, undan ham qadimroq Shoh Ur-nammu (mil.avv.
2112-2094-yillarning qonunlari) va boshqa manbalarning mavjudligi hujjatlar deb
ataladigan tartibot vositalarining nechog‗lik olis va murakkab tarixga ega
ekanligini ko‗rsatadi. Albatta, kishilik jamityaining taraqqiyoti ijtimoiy iqtisodiy
tuzumlarning almashinib borishi, aniqrog‗i, kishilar o‗rtasida ijtimoiy-iqtisodiy va
siyosiy munosabatlaring takomillashib borishi barobarida hujjatlar ham takomil
topib borgan. Bugungi kunda fanga tariximizning turli davrlarida Urxun-Enasoy,
so‗g‗d, Eski uyg‗ur, arab va boshqa yozuvlarda ish yuritish olib borilganligi yozma
manbalardan ma‘lum. Sharqda X–XIX asrlarda yorliq, farmon, noma, bitimlar,
arznoma, qarznomalar, vasiqa, tilxat yoki mazmunan shunga yaqin hujjatlar keng
tarqalgan.
Yorliqlar mazmunan xilmaـxil bo‗lgan: xabar, tavsif, farmoyish, bildirish,
tasdiqlash va hokazolar.
To‗xtamishxonning 1393-yilda polyak qiroli Yagayloga yo‗llagan yorlig‗i,
Temur Qutlug‗ning 1397-yildagi yorlig‗i, Boburning otasi Umarshayx Mirzoning
marg‗ilonlik Mirsaidaxmad ismli shaxsga 1469-yilda bergan yorlig‗i, Toshkent
hokimi Yunusxo‗janing 1797-yil 2-iyunda Peterburgga Rossiya podshosiga o‗z
elchilari orqali yuborgan yorlig‗i va boshqalarni misol keltirib o‗tish mumkin.
Mazkur davr yorliqlarida o‗ziga xos lisoniy qolip shakllangan, yorliqlar matni
jihatidan an‘anaviy tarkibiy qismlarga ega bo‗lgan. Masalan, eslab o‗tilgan
yorliqlarning birinchisi, − «To‗xtamish so‗zum Yag‗aylaga» deb, ikkinchisi
«Temur Qutlug‗ so‗zum» deb, uchinchisi esa «Sulton Umarshayx Bahodir
so‗zum» deb boshlangan. Bayonda ham muayyan qolip bor. Shuningdek, albatta,
yorliq raqam qilingan. Sana va joyi ko‗rsatilgan.
XIX asr Qo‗qon xonligida keng tarqalgan hujjatlardan biri - «patta»lardir.
Pattada ma‘lum kishiga muayyan miqdordagi pul, mahsulot, urug‗, don yoki
boshqa narsalarni berish lozimligi haqidagi ma‘lumot bo‗lgan. Patta matnlarida
ham o‗ziga xos doimiy tarkib va muayyan nutqiy qolip turg‗unlashgan. Umuman,
o‗tmish hujjatlaridagi muayyan turg‗un tarkib va nutqiy qolip o‗zbek hujjatchiligi
uzoq tarixiy tajriba va tadrijiy takomil mahsuli ekanligining dalilidir.
Markaziy Osiyo hududidan topilgan qadimgi madaniy obidalar, turli moddiy
jismlarga bitilgan ma‘lumotnomalar ajdodlarimizning qadimdan o‗ziga xos
92
hujjatchilik an‘analariga rioya qilganliklaridan dalolat beradi. O‗rta asrlarda ish
yuritish huquqiy maqomga ega bo‗ldi, davlat mahkamasida munshaot tizimi
shakllandi. Va qator hujjat turlari paydo bo‗ldi.
O‗zbek tilining rasmiy idoraviy til sifatida qo‗llanishi qoraxhoniylar
hukmronligi davrida boshlandi. 20ـasrdan so‗ng o‗zbek xonlari va amirlari
saroylarida yozilgan turli xil hujjatlar o‗ziga xos mazmuni, muayyan tartibi va
nutqiy qolipi bilan ajralib turadi. Sho‗ro hukmronligi davrida o‗zbek va rus
tillarida ish yuritish huquqi qonunlashtirilgan bo‗lsaـda amalda o‗zbek tilining
ijtimoiy mavqei past edi. O‗zbekiston mustaqillikka erishgach, o‗zbek tilining
davlat tili sifatidagi rasman ish yuritish maqomi mustahkamlandi.
O‗zbek hujjatchiligini shakllantirish va takomillashtirishdagi eng muhim
masalalaridan biri – bu ish yuritishning tili va uslubi masalasi. Hujjat tayyorlash va
rasmiylashtirishda, eng avvalo, o‗zbek tilining barcha asosiy qonunlarini ma‘lum
darajada tasavvur etish zarur. Har bir rahbar, boshqaruv muassasalarining
xodimlari, umuman, faoliyati ish qog‗ozlarini tuzish bilan bog‗liq bo‗lgan har bir
kishi o‗zbek tilining imlosini, tinish belgilari va uslubiy qoidalarini puxta
egallagan bo‗lishlari kerak. Busiz bugungi taraqqiyotimiz talabalariga javob
beradigan aniq, lo‗nda va teran mantiqli hujjatchilikni yaratib bo‗lmaydi.
Hisobـkitoblarga qaraganda, boshqaruv sohasidagi xizmatchilar o‗z ish
vaqtlarining 80 foizini hujjatlashtirish ishiga sarflar ekan. Ish yuritish o‗zbek tilida
olib borilar ekan, agar mazkur xodimlar o‗zbek tili qonuniyatlaridan yaxshi
xabardor bo‗lmasalar, bu ishda ijobiy natijaga erishish qiyin.
Hujjat nomlarini o‗zbek tilining o‗z imkoniyatlari asosida shakllantirib borish
hujjatchilikdagi so‗z va iboralarini o‗zbekcha muqobilini izlab topish va
amaliyotga kiritish bugungi kunning eng dolzarb talabidir.
Hujjatlar rasmiy munosabatlarni ifodalovchi va qayd etuvchi rasmiy yozma
vositalar sifatida axborotni xolis aks ettirmog‗i lozim. Shuning uchun hujjatlar
tilida so‗z va so‗z shakllarini qo‗llashda muayyan chegaralanishlar mavjud. Hujjat
matni aniqlik, ixchamlik, lo‗ndalik, mazmuni to‗liqlik kabi talablarga javob berishi
lozim. Bunday talablarga javob bera olmaydigan hujjat chinakam hujjat emas.
Bunday hujjat ish yuritish jarayoniga xalaqit beradi, uning samaradorligini keskin
pasaytiradi. Hujjatlarning mohiyati va maqsadiga muvofiq ravishda ularda so‗roq
va undov gaplar deyarli qo‗llanmaydi. Asosan, darak va buyruq gaplar ishlatiladi.
Hujjatlar matnini tuzishda turg‗unlashgan, qoliplashgan so‗z birikmalaridan
ko‗proq foydalanish lozim. Hujjatlar matni birinchi shaxs yoki uchinchi shaxs
tilidan yoziladi. Yakka rahbar nomidan yoziladigan farmoyish hujjatlari «buyruq,
farmoyish va ko‗rsatmalar» birinchi shaxs tilidan bo‗ladi. Shuningdek, ayrim
shaxslar tomonidan yoziladigan hujjatlar (ariza, tushuntirish xati) kabi ham
birinchi shaxs birlik sonida yoziladi. Boshqa hujjatlar esa yo I shaxs ko‗plik
sonida, yoki III shaxs birlik sonida rasmiylashtiriladi.
Har qanday hujjat, eng avvalo, axborot tashuvchi vositadir. Shunday ekan,
hujjatning axborot sig‗imini kengaytirish, undagi fikrning teran mantig‗ini
ta‘minlash muhimdir. Ammo bunda me‘yorga qat‘iy va izchil amal qilmoq lozim.
Hujjatdagi fikrni aniq, lo‗nda bayon qilishda xat boshi ya‘ni abzasning ahamiyati
katta. Har bir yangi alohida fikr xat boshi bilan ajratilishi, bir xat boshidan ikkinchi
93
xat boshidagi matn 4-5 jumladan oshmasligi maqsadga muvofiqdir. Hujjatchilikda
imlo va tinish belgilari masalasiga alohida e‘tibor qilish kerak. Savodli yozilgan
hujjatgina o‗z vazifasini mukammal bajarish mumkin. Hujjatning nomini yozishda
bizda har xillik mavjud. Xususan, ba‘zan kichik xarf bilan, ba‘zan bosh harf bilan
yoziladi. Hujjatning nomi bo‗lgani uchun uni bosh harf bilan yozgan ma‘qul. Biroq
hujjatning nomi bo‗lgani uchun undan so‗ng nuqta qo‗yish joiz emas. Xuddi
sarlavhalardagi kabi.
Boshqaruv jarayonining murakkabligi va serqirraligiga qarab, hujjatlar ham
xilmaـxil va juda ko‗p bo‗ladi. Hujjatlarning maqsadi, yo‗nalishi hajmi, shakli va
boshqa bir qator sifatlari ham turlicha bo‗ladi. Shunday ekan, hujjatlar tiliga
bo‗lgan umumiy talablar bilan bir qatorda har bir turkum hujjatlar tuzish ishiga
qo‗yiladigan ko‗pgina lisoniy talablar ham mavjud. Ma‘lum turdagi hujjat, albatta,
o‗ziga xos lisoniy xususiyat va sifatlar bilan belgilanadi. Bu xususiyat va sifatlarni
har taraflama to‗liq bilmasdan turib, mukammal hujjatchilikni yaratish haqida gap
ham bo‗lishi mumkin emas.
Shuning uchun bu o‗rinda hujjatlar tasnifi masalasi alohida ahamiyat kasb
etadi. Ish yuritish hujjatlari, ichki va tashqi hujjatlarga hamda sodda va murakkab
hujjatlarga bo‗linadi. Hujjatlar tegishlilik jihatiga qarab, xizmat yoki rasmiy
hujjatlar va shaxsiy hujjatlarga ajratiladi.
Hujjatshunoslikdagi an‘anaga ko‗ra, ish yuritishdagi hujjatlar, eng avvalo,
yaratilish o‗rniga ko‗ra ikki xil bo‗ladi.
Ichki hujjatlar: bunday hujjatlar ayni muassasaning o‗zida tuziladigan va shu
muassasa ichida foydalaniladigan hujjatlardir.
Tashqi hujjatlar: bunday hujjatlar muayyan muassasaga boshqa tashkilot yoki
ayrim shaxslardan keladigan hujjatlarga aytiladi.
Hujjatlar mazmuniga ko‗ra ikki turli bo‗ladi:
1. Sodda hujjatlar birgina masalani o‗z ichiga oladi.
2. Murakkab hujjatlar ikki yoki undan ortiq masalani o‗z ichiga oladi.
Hujjatlarning tayyorlanish xususiyati va darajasi ham benihoya muhimdir. Bu
jihatiga ko‗ra hujjatlar quyidagicha tasniflanadi:
Qoralama;
Asl nusxa;
Nusxa;
Ikkinchi nusxa (dublikat);
Ko‗chirma.
Deyarli hamma hujjatlar dastlab qoralama nusxada tayyorlanadi, bu hujjat
muallifi, ya‘ni tayyorlovchining qo‗lyozma dastlabgi nusxasidir.
Bu nusxa tuzatilib, qayta ko‗chirilishi mumkin. Aytish kerakki, qoralama
hujjat huquqiy kuchga ega emas. Hozirgi kunda hujjatlar quyidagicha tasniflangan:
Tashkiliy hujjatlar;
Farmoyish hujjatlar;
Ma‘lumotـaxborot hujjatlari;
Xizmat yozishmalari.
Hujjatlar tegishlilik jihatiga ko‗ra, xizmat yoki rasmiy hujjatlar va shaxsiy
hujjatlarga ajratiladi. Xizmat hujjatlari tayyorlanishiga ko‗ra muassasa yoki
94
mansabdor shaxslarga tegishli bo‗lsa, shaxsiy hujjatlar yakka shaxslar tomonidan
yozilib, ularning xizmat faoliyatlaridan tashqaridagi yoki jamoat ishlarni bajarish
bilan bog‗liq masalalarga tegishli bo‗ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |