Punktuatsion me‟yor. Bu me‘yor yozma nutqqa xos bo‗lib, yozuvda tinish
belgilarining qo‗llanish qoidalarini belgilab beradi.
Ma‘lumki, tinish belgilari yozma nutqning aniq, ifodali, to‗g‗ri tuzilishiga
yordam beradi. Tinish belgilarining noto‗g‗ri qo‗llanishi nafaqat jumlaning
sintaktik tuzilishiga, balki uning mazmuniga ham ta‘sir ko‗rsatadi. Shu sababli
yozma nutqning maqsadga muvofiq tarzda tuzilishida tinish belgilari muhim
ahamiyatga ega. Qiyoslang: Yigitlar, yetib kelishdi // Yigitlar yetib kelishdi.
Birinchi holatda yigitlar so‗zidan so‗ng vergulning qo‗yilishi natijasida bu
so‗z undalmaga aylanib, gap bir tarkibli murakkablashgan sodda gap shakliga ega
bo‗ladi. Agar gapdan vergul olib tashlansa, yigitlar so‗zi ega vazifasida qo‗llanadi
hamda gap ikki tarkibli sodda gap tuzilishiga ega bo‗ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |